16.8. Dividendlar Yirik kompaniyalardagi dividendlarning ko‘plab jihatlari tafovutlar mavjud bo‘lsa ham kichik biznes uchun dolzarb sanaladi. Kichik kompaniyalar menejerlari dividend siyosatiga nisbatan Aksionerlar istaklarini bilishlari hamda bu talablarga divident siyosatini moslashtirishlari kerak. Bu haqiqatdan zarur, modomiki qoidaga ko‘ra, aksionerlar o‘z aksiyalarini sotishga va boshqa kompaniyalar aksiyalari bilan almashtirishga intilmasalar, dividend siyosati ancha jozibali bo‘ladi.
Kichik kompaniyalar ko‘pincha yirik kompaniyalarga qaraganda har bir aksionerga individual yondashadilar. Masalan, kompaniyalar uchun eng oddiy strategiya bir aksionerga pul shaklida dividend to‘lash va boshqasiga skrip dividend olish imkoniyatini taqdim qilishdir.
16.9. Kichik biznes sohasidagi ishchi kapital xususiyatlari Aytish mumkinki, kichik kompaniyalar yirik tashkilotlardan ishchi kapital tarkibiga ko‘ra farqlanadi. Mazkur tendensiyaning eng yorqin sababi – ko‘lam ta’siri afzalliklaridan foydalanish layoqati yo‘qligi va bozordagi cheklangan ta’sirdir.
Zahiralar Mazkur dalilni tasdiqlovchi statistika mavjudligigiga qaramasdan kichik biznes korxonalari yirik raqobatchilarga qaraganda ancha katta zahiralarni saqlaydilar.
Mazkur tendensiya quyidagi sabablar bilan tushuntiriladi:
zahiralarni saqlash sohasida ko‘lamni iqtisod qilish tamoyilining umumiy faoliyat tendensiyasi: o‘z tovar aylanmasini ikki marta oshirayotgan kompaniya saqlanayotgan zahiralarni ikki marta oshirishga ehtiyoj sezmaydi;
muddatida aniq kabi usullardan foydalanish imkoniyati yo‘qligi» (JIT), yetakazib beruvchilar agar xarid hajmi yuqori bo‘lmasa mazkur usulni qo‘llashga tayyor bo‘lmaydilar.
Debitor qarzdorlik Ko‘rinib turibdiki, kichik biznes vakillari yirik biznes vakillariga qaraganda katta nisbatda debitorlarni moliyalashtirishga majburdirlar. Uilson va Sammers(Wilsonand Summers 2002) ancha kichik kompaniyalar sotuvlarda raqobat kuchi natijasida yirik kompaniyalarga yutqazishini aniqlanadilar va bu ancha uzoq muddatdagi debitorlik qarzlariga ko‘nishga majbur qiladi.
Morrison (Morrison 2003) kredit operatsiyalarini boshqarish bo‘yicha tadqiqot markaziy tomonidan olingan ma’lumotlarga e’tibor qaratdi, unda ko‘rsatilicha kichik kompaniyalar debitorlik qarzlari to‘lovi o‘rtacha 19 kun ko‘p kutadilar. Bu shuni bildiradiki, ancha kichik kompaniyalar uchun sotishdan tushgan tushumdagi debitorlik qarzdorlik ulushi ancha yirik kompaniyalarga qaraganda 46% ga ko‘pdir.