16-Mavzu. Korrektsion pedagogika. Inklyuziv ta’lim (Inclusive education). R ej a


Modda ta’lim muassasasiga nogironligi bo‘lgan bolalar uchun maqbul sharoitlarni yaratib berish majburiyatini yuklamaydi



Yüklə 223,09 Kb.
səhifə5/9
tarix02.06.2023
ölçüsü223,09 Kb.
#122112
1   2   3   4   5   6   7   8   9
16-mavzu

Modda ta’lim muassasasiga nogironligi bo‘lgan bolalar uchun maqbul sharoitlarni yaratib berish majburiyatini yuklamaydi.
Bundan tashqari, 20-modda inklyuziv sharoitda ta’limni individual tartibda uyda yoki statsionar sharoitda tashkil etish tartibini belgilash uchun barcha vakolatlarni “ta'lim sohasidagi tegishli vakolatli davlat boshqaruvi organlari"ga berib, inklyuziv ta’lim olish huquqini cheklaydi.
9-moddada “Jismoniy yoki ruhiy rivojlanishida nuqsonlari bo‘lgan bolalar, shuningdek uzoq vaqt davolanishga muhtoj bolalar davlat ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalarida, umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida inklyuziv shaklda yoki uy sharoitlarida yakka tartibda ta’lim oladi” deyilgan. Ushbu moddada keltirilishiga ko‘ra, inklyuziv ta’lim ustuvor emas, balki hozirgi kunda mavjud ta’lim shakllaridan birigina xolos.
O‘zbekistondagi inklyuziv ta’lim tadqiqotchisi, yangi Zelandiyadagi Vaykato universiteti doktoranti Galina Namning ta’kidlashicha, nogironligi bo‘lgan bolalar uchun maxsus maktab-internatlarda yoki uyda emas, balki umumiy ta’lim muassasalarida ta’lim olish ustuvor bo‘lishi kerak.
“Bu barcha davlat ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalarining bir vaqtda yopilishini anglatmaydi, lekin bolalarning bu kabi maskanlarda va uyda o‘qishiga faqatgina alohida holatlarda rozilik berishimiz zarur. Ta’lim muassasasini tanlash huquqi bolalarning o‘zida va ularning ota-onasida/qonuniy vakillarida qolishi kerak”, deya ta’kidlaydi Galina Nam.
So‘zining davomida u bolalarning inklyuziv ta’lim olish huquqini kafolatlash uchun maktab-internatlarda yashayotgan va ta’lim olayotgan bolalarda deinstitutsionalizatsiya jarayonini amalga oshirish kerakligini ta’kidlaydi. Shu munosobat bilan barcha darajadagi mutasaddi tashkilotlar ushbu guruh tarkibidagi bolalarning deinstitutsionalizatsiya qilinishiga qaratilgan tizimli yondashuvlarni ishlab chiqishi va hayotga tatbiq qilishi kerak. Bu kabi yondashuv ularning jamiyatga qayta integratsiyalashuvini rejalashtirish va amalga oshirish, keyinchalik umumiy ta’lim muassasalariga yo‘naltirishni, institutsionalizatsiya jarayonining oldini olish, ushbu bolalar va ularning oilalari uchun qo‘llab-quvvatlash (psixologik, ijtimoiy, moliyaviy, rekreatsion va pedagogik) xizmatlarini yaratishni qamrab olishi darkor.
“Ta'lim to‘g‘risida"gi qonunning yangi loyihasi shunday ishlab chiqilganki, qonun chiqaruvchilar va unga amal qiluvchilar amaldagi mavjud tizim ustunlariga tayanishmoqchi. Boshqa so‘z bilan aytganda, „mutaxassislar“ o‘z tavsiyalari bilan nogironligi bo‘lgan bolalarning ta’lim olishning qay bir shaklida o‘qishlari qaroriga ta’sir o‘tkazadilar. Ammo O‘zbekistonning ijtimoiy va madaniy yo‘nalishdagi tajribasi shuni ko‘rsatadiki, institutsional vakolatga ega bo‘lgan psixologik-tibbiy-pedagogik komissiyalarning tavsiyalari institutsional kuchga ega bo‘lib, 
Yüklə 223,09 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin