O‘quvchilar inshosini tahlil qilish. Nutq o ‘stirish metodikasida o'quvchilar inshosi uchun baho me’yori muhim masala hisoblanadi. Tabiiyki, bunda yuqorida bayon etilgan asosiy talablarga rioya qilinadi.
O'quvchilar inshosini baholashda quyidagilar hisobga olinadi:
1 . Insho mavzusining yoritilishi (Mazmun mavzuga mosmi, ya’ni yetarli yoritilganmi, haqiqatga mos keladimi?).
2. Reja, kompozitsiya, izchillik (reja to'g'ri tuzilganmi, materialni bayon qilish tartibi rejaga mos keladimi, mazmunda takror yo'qmi, zarur o'rinlar tushib qolmaganmi, izchillik buzilmaganmi, asosiy fikr aniqmi, xulosa chiqarilganmi?).
3. Janri, uslubi (hikoya tarzidagi matnda tasviriy va muhokama elementlari bormi, uslubda xatoga yo'l qo'yilm.aganmi, insho mavzusi va vaziyatni yoritish vazifasini janr va uslub oqlay oladimi, badiiylik elementlari bormi?).
4. Insho hajmi (so'z, gap soni; lakonizm yoki ko'p so'zlilik).
5. Leksika (so'zlardan to'g'ri foydalanish. sinonim, antonim, frazeologizmlardan foydalanish).
6 . Sintaksis (gapning hajmi, sintaktik tuzilmalarning bir xil yoki har xilligi, murakkab tuzilmalar bormi?).
7. Imloviy va punktuatsion savodxonlik, xatolar xarakteri (qo'pol va juz’iy xatolar).
8 . Husnixat, tashqi tomondan shakllantirish (hoshiyaga, xatboshidan yozishga, sarlavhani to‘g‘ri joylashtirishga rioya qilish).
O'quvchilar inshosiga qo'yilgan bunday talablar uni baholashda real yondashishga imkon beradi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yhati. 1. Qosimova K., Matjonov S., G’ulomova X., Yo’ldosheva Sh., Sariyev Sh. Ona tili o’qitish metodikasi. -T.: Noshir, 2009. - 163 b.
2. G’ulomova X., Yo’ldosheva Sh., Mamatova G., Boqiyeva H. Husnixat va uni o'qitish metodikasi. -T.: TDPU, 2009. - 70 b.
3. Uzviylashtirilgan Davlat ta’lim standard. -T.: Yangi yo‘l poligraf service, 2017.- 42-46 b.
4. Uzviylashtirilgan o’quv dasturi. -T.: Yangi yo‘l poligraf service, 2017. - 46-68 b.