16. O’quv amaliyot mashg’ulotining o’qitish texnologiyasi


Veterinariya meditsinasi yo’nalishi 11-21 guruhi ishlab chiqarish ta’limi ustasi



Yüklə 1,85 Mb.
səhifə3/5
tarix10.03.2023
ölçüsü1,85 Mb.
#87242
1   2   3   4   5
ped yuklama

Veterinariya meditsinasi yo’nalishi 11-21 guruhi ishlab chiqarish ta’limi ustasi
Karimboyev Hamdamning ,,Veterinariya akusherligi ishi’’ o’quv amaliyotidan
,,Naslli erkak buqalar’’ mavzusi boyicha
didaktik materiallar to’plami



Aberdin-angus qoramol zoti — Shotlandiyada yetishtirilgan sergoʻsht zot Aberdin-angus qoramol zoti. AQSH, Yangi Zelandiya, Buyuk Britaniya, Argentina va boshqa mamlakatlarda boqiladi. Bu zot qora tusli, shoxs, tanasi silindrsimon, oyoqlari kalta, baquvvat. Sigirlarining tirik vazni 500-550 kg, buqalariniki 750-800 kg, baʼzan 1000 kg ga boradi. 15-16 oylik axtalangan buqachalari 450-460 kg goʻsht qiladi. Boʻrdoqi qilib soʻyilganda 60% goʻsht beradi. Oʻzbekistonda Aberdin-angus qoramol zotini jaydari qoramol zotlari bilan chatishtirish ishlari 60-yillardan boshlangan. 

XIII asrda toshqin natijasida katta ko'l hosil bo'lib, u Friziyani ikki qismga ajratdi. Yagona chorvachilik populyatsiyasi ham bo'linib, ikkita nasl shakllana boshladi: Frizian va Golshteyn. Tarixiy jarayonlar natijasida har ikkala populyatsiya yana aralashdi. Bugungi kunda Golshteyn va Frizlar "Golshteyn-Friz qoramollari zoti" umumiy nomi ostida birlashmoqdalar. Ammo biroz farq bor. Frizlar kichikroq. Golshteynning vazni 800 kg, frizlar 650 kg.





Shvits qoramol zoti - sut goʻsht olish uchun boqiladigan zot. Shveysariyaning togʻli hududlarida Sharqdan qadimda keltirilgan kalta shoxli zotlarni uzoq tanlash yoʻli bilan chiqarilgan. Tusi qoʻngʻir. Shvits qoramol zotining sutgoʻsht, sut, goʻshtsut yoʻnalishidagi xillari bor, sutgoʻsht beradigan xili tanasining yirikligi, yagʻrindorligi bilan ajralib turadi. Goʻshtsut yoʻnalishidagi turining yelinlari kichik, tanasi ixcham. Issiq iqlimli hududlar sharoitiga tez moslashadi. Buqalarining oʻrtacha vazni 800–1000 kg, sigirlariniki 600–700 kg. Sut sogʻimi 6000–6500 kg, yogʻliligi 4,0—4,1%. Sersut sigirlar 16 t gacha sut beradi. Goʻshtdorligi yuqori, soʻyim chiqimi 60%. Shvits qoramol zoti koʻplab mamlakatlarda, jumladan, Fransiya, Italiya, AQSH, Kanada, Shimoliy va Janubiy Amerika mamlakatlarida va Afrikada keng tarqalgan.




Yüklə 1,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin