16. O’quv amaliyot mashg’ulotining o’qitish texnologiyasi



Yüklə 1,85 Mb.
səhifə5/5
tarix10.03.2023
ölçüsü1,85 Mb.
#87242
1   2   3   4   5
ped yuklama

Gereford qoramol zoti - goʻsht uchun boqiladigan zot. 18-asrning 2-yarmida Angliyaning Gereford (Xerefordshir) grafligida mahalliy zotlardan tanlash va saralash yoʻli bilan yetishtirilgan. Rangi toʻq qizil, boshi oq, boʻynining usti, koʻkrak osti, qornining pastki qismi, oyogʻi va dumida oq belgilari bor, gavda tuzilishi goʻshtdor mollar tuzilishiga xos. Yangi tugʻilgan buzoqlarining vazni 30—33 kg, 18 oyligida 400—450 kg. Sigirlarining vazni 550—600 kg, ayrimlariniki 750 kg, buqalari 850—1000 kg, ayrimlari 1100 kg gacha. Har bir sigiri oʻrtacha 1200—1400 kg yogʻli (4%) sut beradi. Boʻrdoqiga boqilganda 65—68% goʻsht-yogʻ qiladi. Goʻshti yumshoq va mazali. G. q. z. tez yetiladi, yem-xashak tanlamaydi, sharoitga nisbatan chidamli, yaylovlarda boqishga moslashgan. Buyuk Britaniya, AQSH, Kanada, Avstraliya, Yangi Zelandiya, Rossiya va Qozogʻistonda keng tarqalgan. Qozogʻistonda qozoqi va qalmiq qoramol zotlarini G.q.z. bilan chatishtirib oqbosh qozoqi qoramol zoti yaratilgan. Oʻzbekistonga G.q.z. buqalari 1963 yilda keltirilgan va "Zomin-1" naslchilik xoʻjaligida mahalliy zotlarni yaxshilashda foydalanilgan, chatishtirish natijasida mahsuldorligi yuqori duragaylar olingan.


Bushuyev qoramol zoti — suti uchun boqiladigan zot. Oʻzbekistonning Mirzachoʻl (Sirdaryo viloyati) zonasida yetishtirilgan sersut va sermahsul qoramol. Bu zotni yaratishni M. M. Bushuyev jaydari (zebusimon) sigirlarni golland zotining buqasi bilan, soʻngra uni shvits zoti bilan murakkab chatishtirish orqali boshlab bergan (1903—18). Bushuyev qoramol zoti z. mollarining tusi oq, quloq va tumshuq atrofi qora yoki qizil, sigirlarining vazni 320–432 kg, buqalariniki 700–750 kg, yagʻrinidan oʻlchanganda balandligi 114—122 sm, tana uz. 139—159 sm, pocha aylanasi 15—17 sm, 300 kunlik sogʻim davrida 2400– 2600 kg, ayrimlari 3000 kg gacha sut beradi. Sutyogʻliligi 3,9—4,1%. 1948— 67 yillarda Oʻzbekiston chorvachilik ilmiy tadqiqot institutida zotni takomillashtirish ishlari davom ettirildi. 1967-yilda Mirzachoʻl zonasi uchun rayonlashtirilgan zot sifatida tasdiqlangan. Sirdaryo, Fargʻona, Samarqand, Surxondaryo viloyatlari xoʻjaliklarida koʻp boqiladi.




Sharole — goʻshti uchun boqiladigan qoramol zoti. 18-asrda Fransiyaning Sharole viloyatida mahalliy zotlarni yaxshilash bilan yaratilgan. Sharole zotli qoramollar yirik, tanasi uzun, tusi sargʻish mallarang, oʻta goʻshtdor, buzoqlari yirik tugʻiladi. Buqalarining oʻrtacha vazni 1400–1500 kg, sigirlariniki 800–1000 kg. Jahondagi 70 dan ortiq mamlakatlarda tarqalgan. Mahalliy zotlarning goʻsht mahsuldorlik sifatlarini yaxshilashda foydalaniladi.
Oʻzbekistonga Sharole zotli buqalar birinchi bor 1970—1971 yillarda olib kelingan. Respublika naslchilik stansyasida muzlatib saklangan urugʻlari qoraola zotli sigirlarni urugʻlantirishda ishlatilgan. Fargʻona viloyatining Buvayda xoʻjaliklararo boʻrdoqichilik korxonasida qoraola zotli kam mahsul sigirlarni Sharole zoti bilan chatishtirishdan olingan birinchi avlodlari vazni 5—6 oyligidayoq 250–260 kg ga yetgan. Sanoat usulida chatishtirishda istiqbolli zotlardan hisoblanadi.
Yüklə 1,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin