Simmental qoramol zoti (nem. Simmental — Zimmental vodiysi nomidan) — sutgoʻsht yoʻnalishidagi qoramol zoti. Shveysariyada mahalliy va 5-asrda keltirilgan Skandinaviya qoramollarini yaxshilash yoʻli bilan chiqarilgan. Yevropa mamlakatlarida keng tarqalgan Simmental qoramol zoti, asosan, mallaola, boshi va dumi uchi oq, yirik, tana tuzilishi mustahkam. Sigirlarining vazni 500–600 kg, buqalariniki 900– 1000 kg. Novvoslar boʻrdoqiga boqilganda tez semiradi, 12 oyligida 400– 420 kg, 18 oyligida 500–600 kg ga boradi. Yuqori sifatli goʻsht beradi. Soʻyim chiqimi 58—62%. Sigirlarning sut sogʻimi oʻrtacha 5000–6000 kg, yogʻlilikdarajasi 3,8—3,9%.3otning rekordchi sigirlari bir yilda 14—15 ming kg sut bergan. Simmental qoramol zoti. oʻzining mahsuldorligi va turli iqlim sharoitlariga moslashganligi tufayli koʻpgina mamlakatlarga keng „tarqalgan. Rossiya va Ukrainaga 19-asrning boshlarida olib kelingan. Oʻzbekistonga 1942—55 yillarda koʻplab keltirilgan va sof holda urchitilgan. 1970-yildan boshlab Simmental qoramol zoti. iqlimlashtirilgan boshqa zotlar bilan chatishtirilgan.
Qizilchoʻl qoramol zoti — suti uchun boqiladigan zot. 18-asr oxirlarida Ukrainaning Zaporojye viloyatida kulrang choʻl qoramollarini qizil ostfrisland, anglen, shortgorn, nemis qizil qoramol zoti va vilstermash zotlari bilan uzoq yillar chatishtirib chiqarilgan. 1941-yilgacha nemis qizil mollari nomi bilan yuritilgan. Qizilchoʻl qoramol zotining tana tuzilishi mustahkam, boʻyi oʻrtacha balandlikda, tusi qizil (koʻpchiligining boshi va tanasida oq qashqasi bor). Sigirlarining vazni 450 500 kg, buqalariniki 800 900 kg, buzoqlari 30–35 kg tugʻiladi, 6 oylik boʻlganda 160–190 kg. Sigirlari oʻrtacha 3000–4000 kg, sersutlari 10—12 ming kg gacha sut beradi, yogʻliligi 3,7—3,9%. Goʻsht mahsuldorligi qoniqarli. Novvoslarining oʻrtacha kundalik vazn oʻsishi 800—900 g, soʻyim chiqimi 55—57%. Jahondagi koʻpgina mintaqalar va mamlakatlarda tarqalgan va ularning hududiy xillari, buqa tizimlari va sigirlar oilalari yaratilgan, seleksiya ishlarida samarali foydalanilmoqda.
Oʻzbekistonga 1882-yilda olib kelingan va Toshkent viloyatidagi "Qoplonbek" xoʻjaligida urchitilgan, respublikaning iklim sharoitiga moslashgan podalar guruhlari shakllantirilgan. Naslchilik zdlari va naslchilik xoʻjaliklarida zot xususiyatlari takomillashtirilmoqda. Buxoro, Xorazm, Navoiy, Qashqadaryo, Surxondaryo, Qoraqalpogʻiston hamda Jizzax va Sirdaryo viloyatlarining choʻl hududlarida, Turkmanistonda boqiladi; Oʻzbekistonda rayonlashtirilgan zotlar orasida salmogʻi boʻyicha 2-oʻrinni egallaydi.