16. O‘zbekiston Respublikasi Byudjet kodeksi, mazmuni va ahamiyati


O’zbekiston Respublikasi Byudjet Kodeksi 2013 yil 26 dekabrda qabul qilingan bo’lib, 9 ta bo’lim, 28 ta bob, 192 moddadan iborat. Ushbu Kodeks



Yüklə 19,73 Kb.
səhifə2/3
tarix23.10.2022
ölçüsü19,73 Kb.
#65941
1   2   3
DAVLAT MOLIYASI SARDOR

O’zbekiston Respublikasi Byudjet Kodeksi 2013 yil 26 dekabrda qabul qilingan bo’lib, 9 ta bo’lim, 28 ta bob, 192 moddadan iborat. Ushbu Kodeks:

  • O’zbekiston Respublikasining byudjet tizimi tuzilishi va uni boshqarish asoslarini;

  • O’zbekiston Respublikasining davlat byudjetini tuzish prinsiplari va uning tuzilmasini;

  • davlat byudjetini tuzish, ko’rib chiqish, qabul qilish va ijro etish tartibini;

  • davlat byudjeti va davlat maqsadli jamg’armalari daromadlarini shakllantirish va ularning xarajatlarini amalga oshirish prinsiplarini;

  • davlat byudjeti tuzilmasiga kiruvchi byudjetlar o’rtasidagi o’zaro munosabatlarni;

  • davlat byudjeti mablag’lari bilan operatsiyalarni amalga oshirish jarayonida hisobga olish, hisobot va nazorat qilish tartiblarini belgilab beradi.

Kodeksda byudjet tizimi va byudjet tuzilmasiga kiruvchi byudjetlar tarkibi, davlat byudjetining daromad va xarajatlari tarkibi, respublika va mahalliy byudjetlarning daromadlari va xarajatlari tarkibi va ularning byudjet bo’g’inlari o’rtasida taqsimlash tartiblari, byudjet jarayonini tashkil qilish tartiblari; byudjet taqchilligini moliyalashtirish manbalari, davlat maqsadli jamg’armalari, ularni tashkil qilish va ular mablag’laridan foydalanish tartibi kabilar belgilab berilgan.
Yangi Byudjet Kodeksi byudjet jarayonini xalqaro amaliyot tajribalaridan kelib chiqqan holda tartibga solish, byudjet amaliyotida mavjud bo’lgan ziddiyatlarni bartaraf etish, eskirgan tartib-qoidalarni bekor qilish, byudjet jarayonini tashkil etishdagi me‘yorlar, nizomlar va byudjet jarayoni ishtirokchilarining vakolatlarini tizimlashtirish maqsadida ishlab chiqildi.
Byudjet Kodeksining alohida boblarida byudjet tizimi, uning tamoyillari, byudjet tizimini boshqarish organlarining byudjet sohasidagi vakolatlari, byudjet tizimi tarkibiga kiruvchi byudjetlarning daromadlari va xarajatlari kabilar belgilab berilgan.
Umuman olganda Byudjet kodeksi 50 ga yaqin qonun hujjatlari va qonun osti hujjatlarini o’z ichiga oladi. Moliya-byudjet tizimida mazkur huquqiy hujjatning qabul qilinishi bilan O’zbekiston Respublikasi Mustaqil Davlatlar Hamdo’stligi davlatlari orasida o’z Byudjet kodeksiga ega bo’lgan davlatlar safiga qo’shildi (4.1-jadval).
Xalqaro tajribada Byudjet kodeksi – ma‘lum bir mamlakat byudjet tizimining asoslarini, uning tuzilishi, umumiy prinsiplarini, turli darajadagi byudjetlar va ularning vakolatlarini, byudjet jarayoni asoslari va byudjetlararo munosabatlarni, byudjet qonunchiligini buzganlik uchun javobgarlik choralarini belgilovchi qonun hujjati hisoblanadi. O’zbekistonda mazkur Kodeks mamlakatimizning mustaqillik davridagi qonunchilik faoliyatida qabul qilingan o’n oltinchi kodeks bo’lib, u ko’pqirrali moliyaviy munosabatlarni tartibga



Yüklə 19,73 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin