Kimyoviy muvozanat – toʻgʻri va teskari reaksiyalar tezligi tenglashgan holat. Mac, N2+3H2 p±2NH3 reaksiyasida azotning vodorod bilan birikish (toʻgʻri reaksiya) tezligi ammiakning azot va vodorodga parchalanish (teskari reaksiya) tezligiga teng . K.m. sodir boʻlganda reaksiya goʻyoki toʻxtab qolgandek koʻrinadi, aslida ikkala reaksiya ham davom etadi, biroq bu reaksiyalarning biri ikkinchisining natijasini yoʻqqa chiqaradi. Mohiyatiga koʻra, K.m. dinamik muvozanatdir. Oʻzgarmas muhit (kislotali yoki asosli) va sharoitda (temperatura, bosim) reaksiyaga kirishayotgan moddalar konsentratsiyasining oʻzgarmasligi K.m.ning muhim belgisidir. K.m.ni oʻrganish nazariy tadqiqotlar va turli amaliy masalalarni hal qilishda katta ahamiyatga ega. Barcha kimyoviy reaksiyalarni ikkiga qaytar va qaytmas reaksiyalarga bo’lish mumkin. Faqat bir yo’nalishda boradigan reaksiyalar qaytmas reaksiyalar deyiladi. Reaksiya natijasida ko’p miqdorda issiqlik ajralib chiqsa, gaz modda, cho’kma yoki oz dissotsilanadigan moddalar hosil bo’lsa, bunday reaksiyalar amalda qaytmas bo’ladi:
CH4 + 2O2 = CO2 + 2H2O + Q
Mg + 2HCl = MgCl2 + H2
AgNO3 + NaCl = AgCl + NaNO3
NaOH + HNO3 = NaNO3 + H2O
Bir vaqtning o’zida ikki qarama-qarshi yo’nalishda boradigan reaksiyalar qaytar reaksiyalar deyiladi. Misol:
N2 + 3H2 « 2NH3
Reaksiyaga kirishayotgan moddalarning konsentratsiyasi, temperatura va bosim (gazlardagi reaksiyalarda) o'zgarganda kimyoviy
muvozanatning siljish yo'nalishi umumiy qoida bilan aniqlanadi, bu
qoida siljuvchan muvozanat prinsipi yoki Le Shatelye prinsipi deyiladi:
agar muvozanatdagi sistemaga biror tashqi ta’sir o‘tkaziIsa
(konsentrasiya, temperatura, bosim o‘zgartirilsa) u ikki qarama-
qarshi reaksiyadan shu ta’sirni kamaytiradigan reaksiyaning
borishiga yordam beradi
Dostları ilə paylaş: |