167. Mendeleyev - Klayperon tenglamasi va uning moxiyati.
Klapeyron-mendeleyev tenglamasi — berilgan t massali gazning holatini tavsiflaydigan bosim r, hajm Kva temperatura Torasidagi bogʻlanishni ifodalovchi holat tenglamasi: pV=BT, bunda V — berilgan gaz massasi uchun oʻzgarmas kattalik. Bu tenglamani 1834 yilda B. Klapeyron topgan. Tenglamalardagi V ning bir molga toʻgʻri keladigan qiymatini R bilan belgilansa, bir mol uchun pV—RT tenglama hosil boʻladi. Buni 1875 yilda D. I. Mendeleyev topgan. Shu sababli u K. — Klapeyron-mendeleyev tenglamasi deb ataladi.[1]
168. Tartib nomeri 52 bо'lgan atomning elektron formulasini uning valent elektronlarini yacheykaga joylashtiring, atomning normal va qо'zg'algan xolatdagi elektron formulasini, valentligini gurux, oilasi va valent elektronlarga tegishli 4 kvant sonlarini kursatining.
Tellur (Tellurium), Te — Mendeleyev davriy sistemasining VI guruhiga mansub kimyoviy element. atom massasi 127,60.Tellur oqishkulrang , metallday yaltiroq, moʻrt kristall modda; zichligi 6,25 g/sm³, suyuqlanish temperaturasi 450°, qaynash temperaturasi 990°. Tellur yarim oʻtkazgich xossasiga ega. Odatdagi sharoitda Tellurga havo xam, kislorod ham taʼsir etmaydi; lekin Tellur kislorodsa qizdirilganda zangori tusda yonib, TeO2 ga aylanadi. Tellur —2, Q4 va Q6 valentli. Tellur bilan galogenlar orasida odatdagi sharoitda (yod bilan suv ishtirokida) birikish reaksiyasi boradi. Tellur qizdirilganida metallar bilan reaksiyaga kirishib, telluridlar hosil boʻladi. 100— 160° da suv bilan reaksiyaga kirishib, vodorod va TeO2 xreil qiladi. Vodorod bilan bevosita birikmaydi; uning gidridi N2Te rux telluridga kislota taʼsir etishidan hrsil boʻladi
169. Kimyoviy muvozanat. Kaytar va qaytmas reaksiyalar muvozanatni siljishi. Le Shatelye prinsipi. Muvozanat konstantasi.