2) Elektrokimyoviy korroziya bu - metall va elektrolit xossasiga ega bo'lgan, korrozion muhit ta'sirida kichik galvanik elementlar hosil bo'lishi bilan bir necha bosqichda ro'y beradigan yemirilish jarayonlaridir. Bu korroziya asosan elektrolitlarning eritmasi bilan metall o'rtasida sodir bo'ladi.
II. Korroziyaga sabab bo'luvchi agressiv korrozion muhit turiga ko'ra: 1. Gaz korroziyasi - yuqori haroratda gazsimon moddalar ta'sirida metallarning yemirilishi.
2. Noelektrolitlar ta'siridagi korroziya - noelektrolit suyuqliklar ta'sirida korroziyalanish.
3. Atmosfera korroziyasi - havo atmosferasidagi gazlar va namlik ta'siridagi yemirilish.
4. Elektrolitlar ta'siridagi korroziya - elektrolit suyuqliklar ta'sirida korroziyalanish.
5. Biokorroziya - turli mikroorganizmlar ta'sirida metallarning yemrilish hodisasi.
6. Yer osti korroziyasi - yer ostida nam tuproq ta'sirida metallarning korroziyalanishi.
7. Daydi toklar ta'sirida korroziyalanish - metallarning (relslar, kabellar va hokazolar) yuqori kuchlanishli tok manbalaridan "chiqqan" toklar ta'sirida elektrokimyoviy yemirilish hodisasi.
III. Metallarning yemirilish sharoitlariga ko'ra: 1. Kontakt korroziyalanish - elektrolit muhitida o'zaro tegishib turgan ikki yoki undan ortiq metallar ishtirokida ro'y beradigan elektrokimyoviy yemirilish.
2. Yoriq (tirqish)li korroziyalanish - metall va nometall materiallarning orasidagi bo'shliqlarda yuzaga keladigan yemirilish jarayonlari.
3. Suyuqlikka qisman botib turgan metallar korroziyasi.
4. Suyuqlikka to’liqbotib turgan metallar korroziyasi. 5. Ishqalanish ta'siridagi korroziya - mashina va mexanizmlarda ishqalanish ta'sirida ro'y beruvchi kimyoviy va elektrokimyoviy yemirilish jarayonlari.
6. Doimiy yoki o'zgaruvchan mexanik kuch ta'sirida korroziyalanish(metallarning toliqish korroziyasi) - turli mexanik kuchlar ta'sirida metallarning yemirilishi tufayli sodir bo'luvchi yorilish (sinish) hodisalari.