Differencial renta I erning tabiiy unumdorligi bilan boĝliq bo’lgan, sanoat markazlariga, bozorlarga va aloqa yo’llariga yaqin joylashgan serunum er uchastkalarida vujudga keladi. Differencial renta II xo’jaliklarni intensiv rivojlantirish, erning hosildorligini oshirish uchun qo’shimcha xarajatlar sarf qilish bilan, yani qishloq xo’jaligida kimyoviy o’ĝitlarni qo’llash, erlarning meliorativ holatini yaxshilash, qishloq xo’jaligini mexanizaciyalash va elektrlashtirish darajasi bilan boĝliq holda vujudga keladi. Absolyut renta. Ko’pgina mamlakatlarda qishloq xo’jaligida erga xususiy mulkchilik monopoliyasi sharoitida ishlab chiqarishni olib borishga to’ĝri keladi. Hozirgi davrda erga xususiy mulkchilik bilan bir qatorda boshqa mulkchilik shakllari ham mavjud. Masalan, davlat mulki, vaqf (machit, cherkov) mulklari va boshkalar. Erga bo’lgan bu mulkchilik (shaklidan katiy nazar) monopoliyasi ijaraga beriladigan barcha er uchastkalarining sifatidan qat`i nazar, er egalariga absolyut renta deb atalgan rentani olishga imkon beradi. Absolyut er rentasining vujudga kelish mexanizmi shundan iboratki, er egalari erni ishlovchi ijarachilarga foydalanish uchun ijaraga beradilar va ulardan erdan foydalanganlik uchun to’lovlar oladilar. Mana shu to’lov absolyut er rentasi deb nom olgan. Agar er ijaraga berilganda shu erda turli xil inshootlar, binolar qurilgan bo’lsa, ularning ijara haqi alohida hisoblanadi.
Renta nazariyasiga ko’ra qishloq xo’jaligida rentaning yana bir turi – monopol renta ham mavjud bo’ladi. Boshqa erda uchramaydigan tabiiy sharoit, ba`zan noyob qishloq xo’jalik mahsulotlari (uzumning alohida navlarini, citrus ekinlari, choy va hokazolarning alohida turlarini) etishtirish uchun imkoniyat yaratadi. Bunday tovarlar monopol narxlar bilan sotiladi. Bu narxlarning yuqori bo’lishi ko’pincha to’lovga qodir talab darajasi bilan belgilanadi. Natijada monopol narxlar shunday mahsulotlarning individual qiymatidan ancha yuqori bo’lishi mumkin. Bu esa er egalariga monopol renta olish imkonini beradi.
Faqat qishloq xo’jaligida emas, balki undirma sanoatda ham qo’shimcha daromad olinadi. Malumki foydali qazilma konlari joylashuvi (va demak, ishlash uchun qulayligi) jihatidan ham, konning boyligi jihatidan ham bir-biridan farq qiladi. Xuddi qishloq xo’jaligidagi singari, o’rta va yaxshi konlardagi korxonalar qo’shimcha foyda oladilar, u ham differencial rentaga aylanadi.