17-mavzu. Agrar munosabatlar va renta nazariyasi


Erdan foydalanish huquqi – bu o’rnatilgan urf-odatlar yoki qonuniy tartibda undan foydalanishni bildiradi



Yüklə 20,31 Kb.
səhifə2/4
tarix07.01.2024
ölçüsü20,31 Kb.
#201440
1   2   3   4
17-тема

Erdan foydalanish huquqi – bu o’rnatilgan urf-odatlar yoki qonuniy tartibda undan foydalanishni bildiradi. Erdan foydalanuvchi er egasi bo’lishi shart emas. Real xo’jalik hayotida erga egalik qilish va erdan foydalanishni ko’pincha har xil jismoniy va huquqiy shaxslar, xususan hozir bizda asosan dehqon va fermer xo’jaliklari amalga oshiradi.
Xulosa qilib aytganda, qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishida ham to’rt omil – er, kapital, tadbirkorlik qobiliyati va ishchi kuchi qatnashib, bunda er muhim ishlab chiqarish vositasi sifatida ishtirok etadi. Ammo biz avval aytganimizdek, ishlab chikarish jarayonida hamma ishlab chiqarish vositalarini, jumladan, erni harakatga keltirib, undan unumli foydalanadigan, uning iqtisodiy unumdorligini oshiradigan omil - inson omili, yani tadbirkorlik qobiliyati va ishchi kuchidir.
Agrar munosabatlarni o’rganishda ham ishchi kuchining, jonli mehnatning faol rolь o’ynashini, uning hamma moddiy vositalarga jon ato etib, harakatga keltiruvchi rolini tushunmaslik go’yo kapital foyda yoki foiz, er esa renta yaratadi, degan ko’pgina xato fikr-mulohazalarga, yolĝon tasavvurlarga olib keladi. Bu masalalarni to’ĝri tushunishda renta munosabatlarini o’rganish muhim rolь o’ynaydi.
Er rentasi er egaligini iqtisodiy jihatdan amalga oshirish (realizaciya qilish)ning shaklidir. Er rentasining bir qancha tarixiy ko’rinishlari mavjud. Masalan, uch shakldagi: barshchina (ishlab berish), obrok (natural soliq) va pul soliĝi shakllaridagi feodal rentalari shular jumlasidandir. Hozirgi paytda turli mamlakatlarda mavjud renta vujudga kelish sabablari va shart-sharoitlariga qarab quyidagi turlarga ajratiladi: absolyut er rentasi, differencial (tabaqalashgan) renta I va II, monopol renta, qazilma boyliklar, qurilishlar joylashgan erlardan olinadigan renta.
Rentaning mohiyatini tushunishdagi asosiy qiyinchilik tadbirkorlar o’rtasida qayta taqsimlanmaydigan qo’shimcha sof daromadning vujudga kelishi shart-sharoit va sabablarini ochib berilishi hisoblanadi. Bunday holat vujudga kelishining sabablaridan biri samarali xo’jalik yuritish uchun yaroqli bo’lgan erlarning cheklanganligi va qayta tiklab bo’lmasligida o’z ifodasini topadi. Ikkinchi sababi – erga yoki boshqa tabiiy resursga mulkchilik obekti yoki xo’jalik yuritish obekti sifatidagi monopoliyaning mavjudligi hisoblanadi. Uchinchi sababi esa, ko’p mamlakatlarda qishloq xo’jaligidagi kapital uzviy (organik) tuzilishi, yani doimiy va o’zgaruvchi kapital o’rtasidagi nisbatning pastligi hisoblanadi.
Er uchastkalarining unumdorligi va joylashgan joyidagi farqlar natijasida vujudga keladigan qo’shimcha daromad (qiymat)ning bir qismi renta shaklini oladi hamda u differencial renta deb ataladi.
Qishloq xo’jaligida eng muhim ishlab chiqarish vositasi – erning miqdori va sifatini tabiatning o’zi cheklab qo’ygan, uni inson ko’paytirishga qodir emas.
SHuning uchun qishloq xo’jalik ishlab chiqarishini faqat yaxshi unumdor er uchastkalarida to’plash mumkin emas. Agar ishlab chiqarilgan mahsulot to’lovga qodir talab bilan taminlangan bo’lsa, erning mahsuldorligi yoki joylashuvi jihatidan yomon sharoit qishloq xo’jalik tovarlariga narx shakllanishini tartibga soluvchi ijtimoiy normal sharoit hisoblanadi. Natijada o’rtacha yoki yaxshi erlarda xo’jalik yurituvchi ishlab chiqaruvchilar qo’shimcha mahsulot va binobarin foyda oladilar.
Demak, differencial renta hosil bo’lishining tabiiy sharti miqdori cheklangan erning sifati (unumdorligi) dagi farqlardir, uning ijtimoiy-iqtisodiy sababi esa foydalaniladigan erlarda iqtisodiy jihatdan alohidalashgan tarzda mustaqil xo’jalik yuritishdir.
Differencial renta o’zining kelib chiqish sharoitlarga qarab differencial renta I va differencial renta II ga bo’linadi.

Yüklə 20,31 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin