17.6-rasm. Firmada turli bo‘g‘inlar
Biznes tashkilotlari uchta asosiy bo‘g‘indan tashkil topgan iyerarxiyalardir: oliy boshqaruv, o‘rta boshqaruv va operatsion boshqaruv. Axborot tizimlar ushbu uch bo‘g‘inning har biriga xizmat ko‘rsatadi. Olimlar va professional xodimlar aksariyat hollarda o‘rta boshqaruv bo‘g‘ini bilan ishlaydilar.
Ko‘pchilik tashkilotlarning biznes jarayonlari vazifalarga erishish maqsadida uzoq vaqt mobaynida ishlab chiqilgan rasmiy qoidalarni o‘z ichiga oladi. Bunday qoidalar xodimlarga schet faktura yozishdan tortib mijozlarning shikoyatlariga javob berishga qadar turli tartib-qoidalar yuzasidan ko‘rsatma beradi. Ushbu biznes jarayonlarining ayrimlari yozma shaklda bayon etilgan, boshqalari esa hamkasblar va mijozlarning telefon qo‘ng‘iroqlariga javob berish kabi rasman hujjatlashtirilmagan norasmiy biznes amaliyotidan tashkil topgandir. Axborot tizimlari ko‘pgina biznes jarayonlarini avtomatlashtiradi. Misol uchun, mijozning qay tarzda kredit olishi yoki mijozga qayt tarzda schet faktura berilishi aksariyat hollarda rasmiy biznes jarayonlari to‘plamini o‘z ichiga olgan axborot tizimlari tomonidan aniqlanadi.
Har bir tashkilot o‘ziga xos madaniyatga yoki farazlar, qadriyatlar va harakatlarni amalga oshirish usullarining asosiy to‘plamiga ega bo‘lib, u tashkilotning aksariyat ishtirokchilari tomonidan qabul qilingan.
Tahsil olayotgan universitetingiz yoki kollejingizda atrofga nazar tashlab, tashkiliy madaniyatning amaldagi holatini ko‘rishingiz mumkin. Universitet hayotining asosiy farazlariga ko‘ra professorlar talabalarga nisbatan ko‘proq bilimga egadirlar, talabalar kollejga bilim olish maqsadida qatnaydilar, va darslar muntazam jadvalga ko‘ra o‘qitiladi.
17.2-jadval. Asosiy biznes funksiyalari funksiyaning maqsadi
Funksiya
|
Xususiyati
|
Sotish va marketing
|
Tashkilotning mahsulotlari va xizmatlarini sotish
|
Tayyorlash va ishlab chiqarish
|
Mahsulotlarni ishlab chiqarish va xizmatlarni ko‘rsatish
|
Moliya va buxgalteriya hisobi
|
Tashkilotning moliyaviy aktivlarini
boshqarish va tashkilotning moliyaviy qaydlarini yuritish
|
Xodimlar bilan ishlash
|
Tashkilotning mehnat resurslarini jalb etish, rivojlantirish va saqlash; xodimlar to‘g‘risida qaydlarni yuritish
|
Tashkilot madaniyatining qismlari doimo uning axborot tizimida mujassamlashtirilganini ko‘rish mumkin. Misol uchun, UPS kompaniyasining ustivor maqsadi mijozlarga xizmat ko‘rsatish bo‘lib, uni kompaniyaning tashkiliy madaniyatining bir qirrasi sifatida kompaniyaning paketlarni yo‘nalishini kuzatish tizimlarida kuzatish mumkin. Keyingi bo‘limda ushbu tizimni batafsilroq tavsiflaymiz. Tashkilotdagi turli bo‘g‘inlar va ixtisosliklar turli manfaalatlar va qarashlarni vujudga keltiradi. Bunday qarashlar ko‘pincha kompaniyani boshqarish usullari hamda resurslar va mukofotlarni taqsimlash usullari borasida bir-biriga zid bo‘ladi. Ziddiyat tashkiliy siyosatning asosini tashkil qiladi. Axborot tizimlari barcha tashkilotlarning tabiiy qismi bo‘lmish turfa xil qarashlar, ziddiyatlar, murosa va kelishuvlarning ushbu qozonidan kelib chiqadi.
3-bobda tashkilotlarning ushbu xususiyatlari va ularning axborot tizimlarini rivojlanishidagi tutgan o‘rnini batafsilroq ko‘rib chiqamiz.
Dostları ilə paylaş: |