Saqlanib qolish
Tijorat firmalari, shuningdek, axborot tizimlari va texnologiyalarga ham kapital qo‘yadilar, chunki ular biznes yuritishdagi birinchi zaruriy predmetlardir. Ba’zan ushbu “dastlabki (birlamchi) zaruriy predmetlar” sanoat darajasida o‘zgartirishlarga olib boradilar.
Masalan, Sitibank 17977 yilda mijozlarni xizmat ko‘rsatishning yanada yuqori darajasi orqali jalb qilish uchun Nyu-York shtatiga dastlabki bankomatlarni kiritgandan keyin uning raqobatchilari Citibankdan qolishmaslik uchun o‘z mijozlariga bankomatlar taqdim etishga shoshildilar. Bugun Qo‘shma Shtatlarning deyarli hamma banklarida regional bankomatlar va USIK kabi bankomatlarning milliy va halqaro tarmoqlari bilan ta’minlangan. Bankomatlarning jismoniy shaxslar uchun bank xizmatlari ko‘rsatishi va ko‘rsatilgan bank xizmatlarining protsessing markazda saqlanib turishi ta’minlangan.
Hisobotlarni, shuningdek, raqamli hisobotlarni ham qo‘shgan holda saqlash uchun kompaniyalar va ularning xodimlari uchun huquqiy majburiyatlar yaratadigan ko‘pgina federal va davlat nizomlari mavjud. Masalan, zaharli moddalar ustidan nazorat qilish haqidagi qonun (17976) Amerika ishchilarining 75000 dan ortiq zaharli kimyoviy moddalar ta’sirida tushib qolmasliklarini tartibga soladi va firma xodimlarining mubtalo bo‘lmaganliklari haqidagi hisobotlarni 30 yil davomida saqlashni talab qiladi. Sarbanes-Oxley Act (Sarbeyns-Oksli) qonuni (2002) jamoatchilik firmalari va ularning auditorlari mas’uliyatini yaxshilashga mo‘ljallangan bo‘lib, besh yil davomida nazorat-ishchi hujjatlar va hisobotlarni barcha elektron xatlarni ham qo‘shgan holda saqlash uchun ochiq aksionerlik kompaniyalarni taftish qiluvchi ishonchli maslahat-taftish firmalarini talab qiladi. World Street islohati Dodd-Frank va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish haqidagi qonun (20170) bank ishini tartibga solishni kuchaytirishga mo‘ljallangan bo‘lib, firma hamma hisobotlarni o‘n yil davomida saqlashini talab qiladi. Federal va sog‘liqni saqlash, moliyaviy xizmatlar, ta’lim va maxfiylikni saqlash borasidagi davlat qonunchiligidagi boshqa ko‘plab qismlar Amerika kompaniyalariga salmoqli axborot kechikish va hisobdorlikka talablarni yuklaydilar. Firmalar bu talablarga javob berish xususiyatini ta’minlash uchun axborot tizimlari va texnologiyalariga murojat qilmoqdalar.
Hozircha biz axborot tizimlari va texnologiyalaridan terminlarga ta’rif bermasdan foydalandik. Axborot texnologiyalari (AT) firmalarda, biznesda o‘z maqsadiga erishish uchun foydalaniladigan barcha texnik va dastur ta’minotidan tashkil topadi. Bunga nafaqat kompyuterlar, eslab qoluvchi qurilmalar va ko‘chma mobil qurilmalar, balki dastur ta’minoti masalan: windows tizimi operatsiyalari yoki Linuxu kabi ko‘p minglab kompyuter dasturlari kiradi.
AXBOROT TIZIMLARI NIMA?
Axborot tizimlarini bir – biriga bog‘langan texnik komponentlar yig‘indisi deb ta’riflash mumkin. Ular jarayoni, xotirani yig‘adi (yoki tiklaydi) va qaror qabul qilishda, tashkilotni boshqarishda yordam beradigan axborotlarni tarqatadi. Axborot tizimlari nazorat, qaror qabul qilish ko‘magi, muvofiqlashtirish bilan birga menedjerlar va ishchilarga muammolarni tahlil qilishda, yangi mahsulot yaratishda yordam beradi.
Axborot tizimlari atrof muxitidagi yoki tashkilot doirasidagi odamlar, joylar, narsalar haqidagi axborotni o‘z ichiga oladi.
Axborot deganda biz odamlar uchun foydali va ahamiyatga ega tarzda shakllangan ma’lumotlarni tushunamiz ma’lumotlar esa odamlar tushunishi va foydalanishi uchun dalillar, voqealar shaklida beriladi.
Misol, axborot va ma’lumotlar zidligi supermarket kassasi, har bir mahsulotni ta’riflaydigan, kupgina mollar kodini skaner qiladi. Bunday ma’lumotlar yig‘ilib, tahlil qilinib, kerakli axborot yetkazilishi mumkin. Masalan: do‘konda nechta shisha kir yuvish vositasi sotiladi? Umumiy miqdori qancha? Qaysi brenddagi kir yuvish vositasi u magazinda yaxshiroq sotiladi? Sotilgan kir yuvish vositalarining umumiy soni, yuvish vositasining shu brendiga sarflangan pul miqdori va hakazo.
Axborot tizimida uchta axborot ishlab chiqaruvchi yo‘nalish bo‘lib, tashkilotlar ular asosida qaror qabul qilishadi: nazorat bo‘yicha operatsiyalar, muammolar tahlili va yangi mahsulot yoki xizmatlar yaratish. (17.3 rasm).
Dostları ilə paylaş: |