17-mavzu. Global biznesda axborot tizimi


GLOBALIZATSIYA SINOVLARI VA IMKONIYATLARI: TENGLASHTIRILGAN DUNYO



Yüklə 1,41 Mb.
səhifə4/19
tarix16.03.2023
ölçüsü1,41 Mb.
#88102
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
17-mavzu. Global biznesda axborot tizimi

GLOBALIZATSIYA SINOVLARI VA IMKONIYATLARI: TENGLASHTIRILGAN DUNYO
Iqtisodiyot va ilmiy rivojlanish o‘rtasidagi farq. Butun jahon bozoriga xalqlarning madaniyatini olib keldi. Jahon iqisodiyotining paydo bo‘lishi , xalqlar a’ro bozorning kengaytirilishi jarayonida sodir bo‘ldi
Tomas Fridman 2005-yilda yozgan kitobida Iqtisodiy va global tarmoqlar turli mamlakatlarning madaniyatlari, iqtisodiyotiga ta’sir ko‘rsatisini ta’kidlab, AQSH va Evropa mamlakatlarini misol tariqasida keltirdi. Bu globallashuv tijorat firmalariga bir qator maummolarni keltirib, iqtisodiyotning o‘sib borish darajasi ta’sir qilganligini ko’rsatdi. Yevropa va Osiyoda o‘sish darajasi, 50 foiz bolganligini aytdi.
Bozorda yutib chiqish uchun o‘quv, biznes-student jarayonidagi o‘quv sifatlarini oshirish, yuqori darajadagi ta’lim olish va ish joylarida malaka olishdan iborat bo‘lgan vazifalarni echish kerak .
Bozorda tijorat yuritishingizda hujjatlardan himoyalangan kam xarajat va ochik maydonlarda Tovar oldi sottisi bilan harakat qilishingiz lozim. Hozirgi paytda bunga juda ko‘p va ulkan imkoniyatlar mavjud.
Xitoy yakka tadbirkorlarga kompaniyalar misolida axborot tizimlaridan foydalanishborasida globallashuv sharoitiga moslashishni o‘rgatadi. Axborot tizimlari boshqaruvida globolizatsiya nimani bildiradi? Jahon iqtisodiyoti uskunalardan foydalanishda xarajatlarni pasayish tendentsiyasiga olib keldi.
Shanxaydagi zavodlarda sexlar o‘rtasidagi aloqa Panug-Citi taqsimlash markazlarida amalga oshiriladi.Endilikda johon bozorida mijoz mahsulotlarning bahosi-sifati haqida malumotlar olib turish imkoniyatlari ham mavjud. Firmalar tovarlarni ishlab chiqarish, global mashtabda xizmat qilishni amalga oshirishi va boshqaruvda qimmat bo‘lmagan, ishonchli ta’minlovchilarni topishga yordam beradi.
Internet servise firmalari, Google va eBay o‘zlarining bizness-modeli va xizmaltlarini turli mamlakatlarda belgilangan xarajatlar evaziga sotmoqdalar.
Global miqyosda tovarlar va xizmatlarni ishlab chiqaruvchi firmalar tomonidan odatdan tashqari qiymatni pasaytirish arzon ishlab chiqaruvchilarni topish boshqa mamlakatlarda ishlab chiqarishni boshqarish hisobiga erishilmoqda. Google va eBay internetning xizmat ko‘rsatish firmalari o‘zining biznes modellari va xizmatlarini takrorlab, turli xil mamlakatlarda axborot tizimlarining yuqori qiymatli infrastrukturasini qayta loyihalash zaruriyatiga ega bo’lmoqda. Qisqacha aytganda, axborot tizimlari globalizatsiya jarayonlarini qay tariqa davom etishini hal qiladi.


RAQAMLI FIRMALARNING VUJUDGA KELISHI
Yuqorida keltirilgan barcha o‘zgarishlar muhim tashkiliy modernizatsiyalash bilan birgalikda to‘laqonli raqamli firma foydasini bir necha o‘lchamlarda aniqlanishi mumkin. Raqamli firma bu aksariyat mijozlar, ta’minlovchilar va xodimlar bilan muhim ishbilarmonlik munosabatlarini raqamli shaklda yo‘lga qo‘yilgan va o‘rnatilgan ko‘rinishdir. Asosiy biznes jarayonlar turli tashkilotlarni bog‘lab olgan yoki butun tashkilotni qamrab oluvchi raqamli tarmoqlar orqali amalga oshiriladi. Biznes jarayonlar o‘zaro mantiqan bog‘langan masalalar va harakatlar to‘plamiga kirib, barcha harakatlar tashkillashtirilgan va muvofiqlashtirilgan holatda ma’lum ishbilarmonlik natijalariga va takrolanmas uslubga erishish uchun uzoq vaqt davomida tashkilotlarni rivojlantiradilar. Yangi mahsulotni ishlab chiqarish, buyurtmani ishlab chiqish va bajarish, marketing rejasining yaratilishi va xodimni ishga olinishi biznes jarayonlarning misollari bo‘lib, tashkilotlarning o‘z biznes jarayonlariga erishish usullarining raqobatbardosh kuchining manbai hisoblanadi.
Muhim korporativ aktivlar – intellektual mulk, asosiy kompetentlik, insoniy va moliyaviy aktivlar, raqamli vositalar orqali boshqariladi. Raqamli firmada har bir xabar muhim biznes qarorlar qo‘llab quvvatlanishini ixtiyoriy vaqt va joyda talab qiladi. Firmalarning raqamli mazmuni atrof muhitga an’anaviy firmalarga qaraganda bizning shiddatli davrimizda chidamli bo‘lish uchun yanada turlanadi. Raqamli firmalar boshqarish va yanada moslashuvchan global tashkillashtirishning unikal imkoniyatlarini taklif etadilar. Raqamli firmalarda vaqt va fazoda ko‘chmoq bu meyordir. Raqamli firmalarda “Ish vaqtiga” nisbatan qisqa vaqt ichida ertalab 9 dan kech soat 5 gacha emas, balki beto‘xtov, 24 soat ish olib boriladi. Fazoning siljishi ishning o‘z o‘rni borligini nafaqat ishxonalarda, balki milliy chegaralar dunyoda ma’lum ish qayerda yaxshi yutuqlarga ega bo‘lsa, o‘sha yerda amalga oshiriladi.
Cisco Systems tizimlari, 3M vai IBM kabi firmalar Internetdan foydalanishi natijasida raqamli firma bo‘lishgan. Boshqa ko‘pchilik kompaniyalar to‘liq raqamli bo‘lmasada, ta’minotchilar, mijozlar va xodimlar bilan raqamli integratsiyaga yaqinlashmoqdalar.

AXBOROT TIZIMLARINING STRATEGIK BIZNES MAQSADLARI


Bugun axborot tizimlarining zaruriyati nimada ? Nima uchun korxonalar axborot tizim va texnologiyalarga o‘z mablag‘larini kiritmoqdalar? Qo‘shma shtatlarda 217 million menedjer va 1754 million axborot sohasidagi xizmatchilar va ishchi kuchi tarkibini o‘rganuvchi sektor xodimlari biznes yuritishda axborot tizimlariga asoslanishadi. Axborot tizimlari biznesni kundan kunga rivojlantirishda Qo‘shma shtatlar va boshqa ko‘plab rivojlangan davlatlarda strategik biznes maqsadlarga erishish yo‘lida katta ishlarni amalga oshirmoqdalar.
Iqtisodiyotning barcha sohalari rivojlanish jarayonlarini axborot tizimlariga jiddiy investitsiyalarsiz tasavvur qilish qiyin. Axborot tizimlariga investitsiyalar bo’lmaganda Amazonka, eBay, Google va E*Trade elektron tijorat firmalari hattoki mavjud bo‘lmas edilar. Bugungi moliya, xizmatlar sohasi, sug‘urta, ko‘chmas mulk, maishiy xizmatlar, sayohat, sog‘liqni saqlash, ta’lim kabi sohalar axborot tizimlarisiz ishlay olmas edilar. Walmart i Sears kabi chakana savdo firmalari hamda General Motors va General Electric ishlab chiqarish firmalari axborot tizimlarini rivojlanishi evaziga gullab yashnashmoqda. Ofis telefonlari, osmono‘par binolar 20asrda biznes asosi bo‘lgan bo‘lsa, 217 asrda esa axborot axborot texnologiylarini qo‘llash va uni korporativ strategiyalarda amalga oshirish muhim bo‘lmoqda.
Texnologiya biznesning asosi bo‘lib hisoblanadi. Besh yildan so‘ng qanday biznesni istashi uning tizimlari nimalarga qodir bo‘lishiga bog‘liq bo‘ladi. Bozorda hissalarining oshishi, arzon yoki yuqori sifatli ishlab chiqaruvchi sifatida shakllanishi, yangi mahsulotlarni rivojlantirishi va xodimning unumdorligini oshishi aksariyat hollarda tashkilotning axborot tizimlari sifati va turlariga bog‘liq bo‘ladi. Siz bu munosabatlarni qanchalik yaxshi tushunganingiz sari menedjer sifatida qadrli bo‘lasiz. Ma’lumki, ishbilarmon firmalar quyidagi oltita strategik ishbilarmonlik maqsadlari, ya’ni foydalanishga oid ustunlik; yangi mahsulotlar, xizmatlar va modellar; mijoz va ta’minlovchi o‘rtasidagi yaqinlik; qaror qabul qilishning yaxshilanishi; raqobatbardosh ustunlik va chidamli bo‘lish kabilarga yetishish uchun o‘z mablag‘larini asosan axborot tizimlariga kiritadilar



Yüklə 1,41 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin