Menejerlar korxonadagi muloqot tizimini, o‘zaro bilim almashinuv jarayonini yaxshilash maqsadida onlayn hamkorlik hamda ijtimoiy tarmoq dasturiy ta’minotlarini o‘zlashtiradilar.
Google Apps, Google Sites, Microsoft Windows SharePoint Services hamda IBM Lotus Connections dasturlari 1700 milliondan ortiq biznes professional xodimlari tomonidan o‘zlarining bloglarini saqlash, loyiha boshqarish, onlayn uchrashuvlar o‘tkazish, shaxsiy profillarni, ijtimoiy sahifalarni hamda ijtimoiy jamoalarni ochish maqsadida butun jahon miqyosida foydalanilib kelinmoqda.
Biznes uchun foydalaniladigan ilovalar
Ma’lumotlarni nisbatan kuchli tahlil qilish va interfaol uskunalar panelini ta’minlovchi real vaqt (tezkor) ma’lumotlarni yetkazib beruvchi ilovalar menejerlar uchun tegishli qarorlarni qabul qilishda qo‘llaniladi.
Virtual uchrashuvlar
Menejerlarning yo‘l xarajatlari hamda ketadigan vaqtini tejash uchun, shuningdek hamkorlikni mustahkamlash va qaror qabul qilish jarayonini yaxshilash maqsadida telefoniya vositalari orqali videoaloqa hamda Veb majlis o‘tkazish (konferensiya) texnologiyalaridan foydalanishadi
Tashkilotlar
Ijtimoiy biznes
Korxonalar o‘zlarining xodimlari, mijozlari va islab cyiqaruvchilari bilan muloqotni tezlashtirish maqsadida Facebook, Twitter kabi ijtimoiy tarmoq platformalari hamda ichki korporativ ijtimoiy vositalardan foydalanishadi. Xodimlar bloglar, viki, elektron pochta matnlari hamda SMS xabarlaridan foydalanib onlayn jamiyatda muloqotni tezlashtirishlari mumkin.
Masofadan ishlash ish joyidagi jarayonni tezlashtiradi.
Internet, simsiz noutbuklar, smartfonlar va kompyuter planshetlari son jihatdan o‘sib borayotgan ishchilarga ish joyidan turib uzoqda ishlash imkonini yaratadi. Ellik besh foiz Amerika korxonalarida o‘ziga xos masofadan bajariladigan ish dasturlari mavjud.
Biznes qiymatni hamkorlikda yaratish
Korxonalarda qiymat manbai ichki ishlab chiqaruvchilar va iste’molchilar bo‘lib, yetkazib berish tizimlari hamda yangi mahsulotni ishlab chiqarish kundan kunga global hamkorlikda amalga oshirilib borilmoqda, mijozlarning o‘zaro hamkorligi korxonalarga yangi mahsulot va xizmatlarni aniqlash imkonini yaratib bermoqda.