17-mavzu. Moliyaviy natijalar ko‘rsatkichlarining mohiyati, ahamiyati


 Kapital, fondlar va moliyaviy natijalarlarni hisobga olishning soliqqa oid



Yüklə 0,65 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/16
tarix10.02.2023
ölçüsü0,65 Mb.
#83707
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
BH m 17-mol nat-his

10.9. Kapital, fondlar va moliyaviy natijalarlarni hisobga olishning soliqqa oid 
jihatlari  
Maqsadli moliyalashtirish manbalari vositalari hisobiga sotib olingan mol-mulk va 
boshqa moddiy qiymatliklar QQS bilan birga to‘lanadi,ular xaridordan chegirish 
uchun qabul qilinmaydi.
Davlat subsidiyalarining maqsadli mablag‘lar sifatida tan olinishi hisoblash 
usuliga ko‘ra amalga oshiriladi.
Davlat subsidiyalari moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobotlarda ular bilan 
bog‘liq chiqimlar (xarajatlar) nisbatini belgilash uchun zarur bo‘lgan hisobot davri 
mobaynida daromad deb e’tirof etiladi.
Amortizatsiya qilinadigan aktivlar bilan bog‘liq subsidiyalar odatda ana shu 
aktivlar bo‘yicha amortizatsiya hisoblanadigan hisobot davrlari mobaynida va 
nisbatlarda daromad deb hisoblanadi.
Muayyan shartlar va majburiyatlar bilan berilgan amortizatsiya qilinmaydigan 
aktivlar bilan bog‘liq subsidiyalar mazkur majburiyatlarni bajarish bilan bog‘liq 
xarajatlar amalga oshiriladigan davrlar mobaynida daromad deb e’tirof etiladi.
Qilingan xarajatlar yoki ko‘rilgan zararlar uchun kompensatsiya sifatida olinishi 
lozim bo‘lgan yoki xo‘jalik sub’ektiga, kelgusida u bilan hech qanday xarajatlarga 
bormagan holda, darhol moliyaviy yordam ko‘rsatish maqsadida ajratiladigan 
davlat subsidiyasi u olinishi kerak bo‘lgan davrda daromad sifatida, shuningdek 
favqulodda modda sifatida e’tirof etiladi.
Davlat subsidiyasi xo‘jalik sub’ekti tomonidan avvalgi davrda qilingan xarajatlar 
yoki ko‘rilgan zararlar uchun kompensatsiya sifatida olinishi mumkin. Bunday 
subsidiya u olinishi kerak bo‘lgan davrda daromad sifatida, keyinchalik uning 
ta’sirini belgilash uchun ochish bilan favqulodda modda sifatida e’tirof etiladi.


Aktivlarga kiritiladigan davlat subsidiyalari, shu jumladan nolikvid subsidiyalar 
maqsadli tushumlar deb aks ettiriladi va ular aktivning foydali xizmat muddati 
davomida daromad sifatida muntazam asosda e’tirof etiladi.
Boshqa usullarga ko‘ra davlat subsidiyasi tushgan aktivning balans qiymatini 
kamaytiradi va hisoblanadigan yoyilishni qisqartirish yo‘li bilan amortizatsiya 
qilinadigan aktivning foydali xizmat qilishi muddati davomida moliyaviy natijalar 
to‘g‘risidagi hisobotlarda aks ettiriladi.

Yüklə 0,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin