17-mavzu. Moliyaviy natijalar ko‘rsatkichlarining mohiyati, ahamiyati


Davr xarajatlarini hisobga oluvchi hisobvaraqlar



Yüklə 0,65 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/16
tarix10.02.2023
ölçüsü0,65 Mb.
#83707
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   16
BH m 17-mol nat-his

 
Davr xarajatlarini hisobga oluvchi hisobvaraqlar.
Ishlab chiqarish jarayoni bilan bevosita bog‘liq bo‘lmagan sotish xarajatlari, 
boshqaruv xarajatlari va boshqa operatsion xarajatlar to‘g‘risidagi axborotlarni 
umumlashtirish quyidagi hisobvaraqlarda amalga oshiriladi:
9410 “Sotish xarajatlari”;
9420 “Ma’muriy xarajatlar”;
9430 “Boshqa operatsion xarajatlar”.
Davr xarajatlarining tarkibi O‘zR VMning 1999 yil 5 fevraldagi 54son qarori bilan 
tasdiqlangan “Mahsulot (ishlar, xizmat)larni ishlab chiqarish va sotish 
xarajatlarining tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi 
to‘g‘risida”gi Nizom bilan tartibga solinadi.
9410 “Sotish xarajatlari”hisobvarag‘ida mahsulotni sotish bo‘yicha xarajatlar
ya’ni, mahsulotni iste’molchiga yetkazib berish bilan bog‘liq, transport 
vositalariga ortish, marketing bilan shug‘ullanuvchi xodimlar va bo‘limlarning 
xarajatlari va boshqalar aks ettiriladi. Hisobot davrining oxirida 9410 “Sotish 
xarajatlari”hisobvarag‘i 9910 “Yakuniy moliyaviy natija”hisobvarag‘i bilan 
bog‘langan holda yopiladi.
9420 “Ma’muriy xarajatlar”hisobvarag‘ida korxonani boshqarish bo‘yicha 
xarajatlar, boshqaruv xodimlarining mehnat haqi xarajatlari, umumboshqaruv 
ahamiyatiga molik asosiy vositalarni ta’mirlash xarajatlari, umumxo‘jalik 
ahamiyatidagi binolarning ijara to‘lovlari va boshqa xarajatlar hisobga olinadi. 
Hisobot davrining oxirida 9420 “Ma’muriy xarajatlar”hisobvarag‘i 9910 
“Yakuniy moliyaviy natija”hisobvarag‘i bilan bog‘langan holda yopiladi.


9430 “Boshqa operatsion xarajatlar”hisobvarag‘ida kadrlar tayyorlash va qayta 
tayyorlash xarajatlari, axborot, auditorlik va maslahat xizmatlari uchun to‘lov 
xarajatlari, ish haqi hisoblashda hisobga olinmaydigan kompensatsiyalash va 
rag‘batlantirish ahamiyatiga molik to‘lovlar, bank va depozitariy xizmatlarining 
to‘lovlari, zararlar, jarimalar, penyalar va boshqa opersion faoliyat jaryonida 
vujudga keladigan, ishlab chiqarish jarayoni, moliyaviy faoliyat va favqulodda 
xarajatlar moddalarining belgilari bo‘lmagan boshqa xarajatlar aks ettiriladi. 
Hisobot davrining oxirida 9430 “Boshqa opersion xarajatlar”hisobvarag‘i 9910 
“Yakuniy moliyaviy natija”hisobvarag‘i bilan bog‘langan holda yopiladi.
Davr xarajatlarini hisobga oluvchi hisobvaraqlarbo‘yicha quyidagi namunaviy 
xo‘jalik operatsiyalarning bog‘lanishini ko‘rib chiqamiz:
1) 
Mahsulotlarni jo‘natish bo‘yicha transport xarajatlari hisobga olindi:
D 9410 “Sotish xarajatlari”
K 6990 “Boshqa majburiyatlar”.
2) 
Chetdan reklama va marketing xizmatlari hisobga olinishi:
D 9410 “Sotish xarajatlari”
K 6010 “Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga to‘lanadigan
hisobvaraqlar”.
3) 
Savdo jarayonida ishlatilayotgan asosiy vositalarga eskirish hisoblandi:
D 9410 “Sotish xarajatlari”
K 0200
“Asosiy
vositalarning
eskirishini
hisobga
oluvchihisobvaraqlar”.
4) 
Savdo jarayonida ishlatilayotgan nomoddiy aktivlarga eskirish hisoblandi:
D 9410 “Sotish xarajatlari”
K 0500 “Nomoddiy
aktivlar
amortizatsiyasini
hisobga
oluvchihisobvaraqlar”.
5) 
Boshqaruv xodimlarining mehnat haqi xarajatlari hisobga olinishi:
D 9420 “Ma’muriy xarajatlar”
K 6710 “Mehnat haqi bo‘yicha xodim bilan hisoblashishlar”.
6) 
Boshqaruv ahamiyatiga molik asosiy vositalarning eskirishi:
D 9420 “Ma’muriy xarajatlar”
K 0200
“Asosiy
vositalarning
eskirishini
hisobga
oluvchihisobvaraqlar”.
7) 
Boshqaruv binosining ijara to‘lovi hisobga olinishi:
D 9420 “Ma’muriy xarajatlar”
K 6910 “To‘lanadigan operativ ijara”.
8) 
Boshqaruv ehtiyojlari uchun materiallar sarflandi:
D 9420 “Ma’muriy xarajatlar”
K 1000 “Materiallarni hisobga oluvchihisobvaraqlar”.


9) 
Transport korxonalarining xizmati hisobga olindi:
D 9420 “Ma’muriy xarajatlar”
K 6010 “Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga to‘lanadigan
hisobvaraqlar”.
10) 
Xizmat safarlari va vakillik xarajatlarining hisobga olinishi:
D 9420 “Ma’muriy xarajatlar”
K 4220 “Xizmat safarlariga berilgan bo‘naklar”
K 4230 “Umumxo‘jalik xarajatlari uchun berilgan bo‘naklar”.
11) 
Yuridik shaxsning yuqori tashkiloti va birlashmalarini saqlashga ajratmalar:
D 9420 “Ma’muriy xarajatlar”
K 6120 “Sho‘ba va qaram xo‘jalik jamiyatlariga to‘lanadigan
hisobvaraqlar”.
12) 
Bank va auditorlik xizmatlari uchun to‘lovlarni hisobga olinishi:
D 9420 “Ma’muriy xarajatlar” K 6990 
“Boshqa majburiyatlar”.
13) 
Asosiy vositalar va boshqa aktivlarning chiqib ketishidan zararlar:
D 9430 “Boshqa operatsion xarajatlar”
K 9210 “Asosiy vositalarning chiqib ketishi” K 9220 “Boshqa 
aktivlarning chiqib ketishi”.
14) 
Aybdor shaxsni aniqlash imkoni bo‘lmagan holdagi kamomadlar va 
yo‘qotishlar hisobdan chiqarildi:
D 9430 “Boshqa operatsion xarajatlar”
K 5910 “Kamomadlar va
qiymatliklarning
buzilishidan
yo‘qotishlar”.
15) 
Dargumon qarzlar bo‘yicha rezerv hisoblandi:
D 9430 “Boshqa operatsion xarajatlar”
K 4910 “Dargumon qarzlar bo‘yicha rezerv”.
16) 
Soliq inspeksiyasi qaroriga ko‘ra jarima hisoblandi:
D 9430 “Boshqa operatsion xarajatlar”
K 6410 “Budjetga to‘lovlar bo‘yicha qarz (turlari bo‘yicha)”.
17) 
Xo‘jalik sub’ekti balansida bo‘lgan oliy o‘quv yurtlarini saqlash uchun 
ajratmalar:
D 9430 “Boshqa operatsion xarajatlar”
K 6110 “Ajratilgan bo‘linmalarga to‘lanadigan hisobvaraqlar”.
18) 
Xo‘jalik sub’ektlari xodimlari uchun dam olish uylari va sanatoriylarga 
yo‘llanmalar puli to‘landi:
D 9430 “Boshqa operatsion xarajatlar”
K 5110 “Hisob-kitob hisobvarag‘i” yoki
K 5210 “Mamlakat ichidagi valyuta hisobvaraqlari” yoki


K 5220 “Chet eldagi valyuta hisobvaraqlari” yoki
K 5510 “Akkreditivlar” yoki
K 5520 “Chek daftarchalari” yoki
K 5530 “Boshqa maxsus hisobvaraqlar”
19) 
Bekor qilingan buyurtmalar bo‘yicha xarajatlar hisobdan chiqarildi:
D 9430 “Boshqa operatsion xarajatlar”
K 2010 “Asosiy ishlab chiqarish”.
20) 
O‘tgan yillar muomalalaridan ko‘rilgan zararlar:
D 9430 “Boshqa operatsion xarajatlar”
K 4010
“Xaridorlar
va buyurtmachilardan
olinadigan
hisobvaraqlar” yoki boshqa olinadigan hisobvaraqlar.
21) 
Xo‘jalik shartnomalarini buzganlik uchun jarimalar hisoblandi:
D 9430 “Boshqa operatsion xarajatlar”
K 6960 “Da’volar bo‘yicha to‘lanadigan hisobvaraqlar”.
22) 
Mahalliy transportdan foydalanish uchun yo‘l hujjatlari to‘landi:
D 9430 “Boshqa operatsion xarajatlar”
K 5110 “Hisob-kitob hisobvarag‘i” yoki
K 5210 “Mamlakat ichidagi valyuta hisobvaraqlari” yoki
K 5220 “Chet eldagi valyuta hisobvaraqlari” yoki
K 5510 “Akkreditivlar” yoki
K 5520 “Chek daftarchalari” yoki
K 5530 “Boshqa maxsus hisobvaraqlar”.
23) 
TMZning sotilishi bo‘yicha bahoning kamayish natijalari hisobdan 
chiqarildi:
D 9430 “Boshqa operatsion xarajatlar”
K 3190 “Boshqa kelgusi davr xarajatlari”.
24) 
Quyidagi ishlarda foydalanilgan asosiy vositalarning eskirishi va nomoddiy 
aktivlarning amortizatsiyasi:
a) yangi turdagi mahsulot ishlab chiqarish uchun mo‘ljallangan ishga
tushirish ishlarida;
b) seriyali yoki ommaviy ishlab chiqarishga mo‘ljallanmagan yangi
texnologik jarayonlarni o‘zlashtirishga xizmat ko‘rsatishda
D 9430 “Boshqa operatsion xarajatlar”
K 0200
“Asosiy
vositalarning
eskirishini
hisobga
oluvchihisobvaraqlar” yoki
K 0500 “Nomoddiy
aktivlar
amortizatsiyasini
hisobga
oluvchihisobvaraqlar”.
25) 
Hisobot davri oxirida davr xarajatlarini hisobga oluvchi hisobvaraqlarning 
yopilishi:


D 9910 “Yakuniy moliyaviy natija” K 9410 
“Sotish xarajatlari” yoki
K 9420 “Ma’muriy xarajatlar” yoki
K 9430 “Boshqa operatsion xarajatlar”.

Yüklə 0,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin