17-mavzu. Moliyaviy natijalar ko‘rsatkichlarining mohiyati, ahamiyati


Asosiy faoliyatning boshqa daromadlarinihisobga oluvchi hisobvaraqlar



Yüklə 0,65 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/16
tarix10.02.2023
ölçüsü0,65 Mb.
#83707
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   16
BH m 17-mol nat-his

Asosiy faoliyatning boshqa daromadlarinihisobga oluvchi hisobvaraqlar. 
 
Asosiy faoliyatning boshqa daromadlari to‘g‘risidagi axborotlarni umumlashtirish 
quyidagi hisobvaraqlarda amalga oshiriladi:
9310 “Asosiy vositalarning chiqib ketishidan foyda”;
9320 “Boshqa aktivlarning chiqib ketishidan foyda”;
9330 “Undirilgan jarima, penya va ustamalar”;
9340 “O‘tgan yillar foydalari”;
9350 “Operativ ijaradan daromadlar”;
9360 “Kreditor va deponent qarzlarni hisobdan chiqarishdan daromadlar”;
9370 “Xizmat ko‘rsatuvchi xo‘jaliklar daromadlari”; 9380 
“Tekin qaytarilmaydigan moliyaviy yordam”; 9390 “Boshqa 
operatsion daromadlar”.
Hisobot davrining oxirida asosiy vositalarning chiqib ketishidan foyda summasi 
9310 “Asosiy vositalarning chiqib ketishidan foyda”hisobvarag‘ining kreditida 
9210 “Asosiy vositalarning chiqib ketishi”hisobvarag‘i bilan bog‘langan holda aks 
ettiriladi.
Hisobot davrining oxirida boshqa aktivlarning chiqib ketishidan foyda summasi 
9320 “Boshqa aktivlarning chiqib ketishidan foyda”hisobvarag‘ining kreditida 
9220 “Boshqa aktivlarning chiqib ketishi”hisobvarag‘i bilan bog‘langan holda aks 
ettiriladi.
Xo‘jalik shartnomalarining shartlarini buzganliklari uchun qarzdorlardan 
undirilgan jarimalar, penya, ustamalar va boshqa jarima turlari, shuningdek 
yetkazilgan zararlarni qoplash bo‘yicha daromadlar 9330 “Undirilgan jarima, 
penya va ustamalar”hisobvarag‘ining kreditida pul mablag‘larini hisobga oluvchi 
hisobvaraqlar yoki olinadigan hisobvaraqlar bilan bog‘langan holda aks ettiriladi.
Hisobot davrida aniqlangan o‘tgan yillar foydalari 9340 “O‘tgan yillar 
foydalari”hisobvarag‘ining 
kreditida 
pul 
mablag‘larini 
hisobga 
oluvchi 
hisobvaraqlar yoki tegishli olinadigan hisobvaraqlarning debeti bilan bog‘langan 
holda aks ettiriladi.
Mulkni operativ ijaraga berishdan daromadlar 9350 “Operativ ijaradan 
daromadlar”hisobvarag‘ining kreditida 4820 “Operativ ijara bo‘yicha olinadigan 
to‘lovlar”hisobvarag‘i bilan bog‘langan holda aks ettiriladi.
Da’vo muddati o‘tib ketgan kreditor va deponent qarzlarni hisobdan chiqarishdan 
daromadlar 9360 “Kreditor va deponent qarzlarni hisobdan chiqarishdan 
daromadlar”hisobvarag‘ining kreditida kreditor va deponent qarzlarni hisobga 
oluvchi hisobvaraqlar bilan bog‘langan holda aks ettiriladi.


9370 “Xizmat ko‘rsatuvchi xo‘jaliklar daromadlari”hisobvarag‘ida xizmat 
ko‘rsatuvchi xo‘jaliklarning mahsulot ishlab chiqarishi, ishlar bajarishi va 
xizmatlar ko‘rsatishi bilan bog‘liq bo‘lmagan boshqa daromadlari hisobga olinadi.
Pul mablag‘lari va pul ekvivalentlari ko‘rinishida tekinga olingan daromadlar 
9380 “Tekin qaytarilmaydigan moliyaviy yordam”hisobvarag‘ining kreditida pul 
mablag‘lari va pul ekvivalentlarini hisobga oluvchi hisobvaraqlar bilan bog‘langan 
holda aks ettiriladi.
Boshqa operatsion faoliyatdan olingan daromadlar 9390 “Boshqa operatsion 
daromadlar”hisobvarag‘ining kreditida pul mablag‘larini hisobga oluvchi 
hisobvaraqlar yoki olinadigan hisobvaraqlar bilan bog‘langan holda aks ettiriladi.
Quyida 
asosiy 
faoliyatning 
boshqa 
daromadlarini 
hisobga 
oluvchi 
hisobvaraqlaning namunaviy xo‘jalik operatsiyalari bo‘yicha bog‘lanishini ko‘rib 
chiqamiz:
1) 
Asosiy vositalarning chiqib ketishidan foyda:
D 9210 “Asosiy vositalarning chiqib ketishi”
K 9310 “Asosiy vositalarning chiqib ketishidan foyda”.
2) 
Boshqa aktivlarning chiqib ketishidan foyda:
D 9220 “Boshqa aktivlarning chiqib ketishi”
K 9310 “Boshqa aktivlarning chiqib ketishidan foyda”.
3) 
Shartnoma majburiyatlariga rioya etmaganligi uchun boshqa korxonalarga 
taqdim etilgan jarima, penya va ustamalar summasi:
D 4860 “Da’volar bo‘yicha olinadigan hisobvaraqlar” K 9330 
“Undirilgan jarima, penya va ustamalar”.
4) 
Hisobot davrida aniqlangan o‘tgan yillar foydalari:
D 4010 “Xaridorlar va buyurtmachilardan olinadigan hisobvaraqlar” K 9340 
“O‘tgan yillar foydalari”.
5) 
Operativ ijara shartnomasi bo‘yicha ijara to‘lovlari summasi:
D 4820 “Operativ ijara bo‘yicha olinadigan to‘lovlar” K 9350 
“Operativ ijaradan daromadlar”.
6) 
Da’vo muddati o‘tishi bilan kreditorlik qarzlarini hisobdan chiqarish:
D 6010 “Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga to‘lanadigan hisobvaraqlar”
K 9360 “Kreditor va deponent qarzlarni hisobdan chiqarishdan
daromadlar”.
7) 
Kreditor qarzlar va hokazolarni hisobdan chiqarishdan daromadlar:
D 6900 “Turli kreditorlarga bo‘lgan qarzlarni hisobga oluvchi hisobvaraqlar”
K 9360 “Kreditor va deponent qarzlarni hisobdan chiqarishdan
daromadlar”.
8) 
Kamomadlar bo‘yicha baholardagi farqlar moddiy javobgar shaxs hisobiga 
olib borildi:


D 4730 “Moddiy zararni qoplash bo‘yicha xodimlarning qarzi” K 9370 
“Xizmat ko‘rsatuvchi xo‘jaliklar daromadlari”.
9) 
Tekinga olingan pul mablag‘lari:
D 5110 “Hisob-kitob hisobvarag‘i” yoki
D 5210 “Mamlakat ichidagi valyuta hisobvaraqlari” yoki
D 5220 “Chet eldagi valyuta hisobvaraqlari” yoki
D 5510 “Akkreditivlar” yoki
D 5520 “Chek daftarchalari” yoki
D 5530 “Boshqa maxsus hisobvaraqlar”
K 9380 “Tekin qaytarilmaydigan moliyaviy yordam”.
10) 
Asosiy,
yordamchi ishlab
chiqarish, xizmat
ko‘rsatuvchi 
xo‘jaliklardagi, umumishlab chiqarish omborlaridagi materiallarning ortiqchalari 
kirim qilindi:
D 2010 “Asosiy ishlab chiqarish” yoki
D 2310 “Yordamchi ishlab chiqarish” yoki
D 2510 “Umumiishlab chiqarish xarajatlari” yoki
D 2710 “Xizmat ko‘rsatuvchi xo‘jaliklar” K 9390 
“Boshqa operatsion daromadlar”.
11) 
Ilgari hisobdan chiqarilgan debitorlik qarzlaridan olingan daromadlar:
D 4010 “Asosiy ishlab chiqarish” yoki boshqa olinadigan hisobvaraqlar K 9390 
“Boshqa operatsion daromadlar”.
12) 
Mulk sug‘urtasi bo‘yicha sug‘urta tashkilotlaridan kelib tushgan sug‘urta 
to‘lovlari:
D 4510 “Sug‘urtalar bo‘yicha bo‘nak to‘lovlari” K 9390 
“Boshqa operatsion daromadlar”.
13) 
Shubhali qarzlar bo‘yicha sarflanmagan zahira summasining ushbu zahira 
tashkil qilingan yildan keyingi yilning foydasiga qo‘shilishi:
D 4910 “Dargumon qarzlar bo‘yicha rezerv”
K 9390 “Boshqa operatsion daromadlar”.
14) 
Ortiqcha mahsulotlar, tovarlarning kirim qilinishi:
D 2800 “Tayyor mahsulotlarni hisobga oluvchi hisobvaraqlar” yoki
D 2900 “Tovarlarni hisobga oluvchi hisobvaraqlar” K 9390 
“Boshqa operatsion daromadlar”.
15) 
Tugallanmagan qurilishdagi ortiqchalar:
D 0810 “Tugallanmagan qurilish”
K 9390 “Boshqa operatsion daromadlar”.
16) 
Xaridorlar va buyurtmachilardan olingan talab qilinmagan bo‘nak 
summalarining hisobdan chiqarilishi:


D 6300 “Olingan bo‘naklarni hisobga oluvchi hisobvaraqlar” K 9390 
“Boshqa operatsion daromadlar”.
17) 
Hisobot davrining oxirida asosiy faoliyatning boshqa daromadlarini hisobga 
oluvchi hisobvaraqlarning yopilishi:
D 9310 "Asosiy vositalarning chiqib ketishidan foyda"
D 9320 "Boshqa aktivlarning chiqib ketishidan foyda"
D 9330 "Undirilgan jarima, penya va ustamalar"
D 9340 "O‘tgan yillar foydalari"
D 9350 "Operativ ijaradan daromadlar"
D 9360 "Kreditor va deponent qarzlarni hisobdan chiqarishdan daromadlar"
D 9370 "Xizmat ko‘rsatuvchi xo‘jaliklar daromadlari"
D 9380 "Tekin qaytarilmaydigan moliyaviy yordam"
D 9390 "Boshqa operatsion daromadlar" K 9910 
“Yakuniy moliyaviy natija”.

Yüklə 0,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin