Moliyaviy natijalarning hisobi.
Hisobvaraqlar rejasining V qismi “Moliyaviy natijalarning
shakllanishi va
ishlatilishi” va shu qismga taaluqli bo‘lgan IX bo‘lim “Daromadlar va
xarajatlar”ninghisobvaraqlari hisobot davridagi
korxona faoliyati moliyaviy
natijalarining shakllanishi va ishlatilishi to‘g‘risidagi axborotlarni umumlashtirish
uchun mo‘ljallangan.
Moliyaviy natijalarning shakllanishi va ishlatilish tartibi O‘zR VMning 1999 yil 5
fevraldagi 54-son qarori bilan tasdiqlangan “Mahsulot (ishlar, xizmatlar)ni ishlab
chiqarish va sotish xarajatlarining tarkibi
hamda moliyaviy natijalarni
shakllantirish tartibi to‘g‘risida”gi Nizom va O‘zR BHMS bilan tartibga solinadi.
9 bo‘limda quyidagi hisobvaraqlarning hisob tartibi yoritiladi:
9000 –“Asosiy (operatsion) faoliyatning daromadlarini
hisobga oluvchi
hisobvaraqlar”;
9100 –“Sotilgan mahsulot (tovar, ish, xizmat)larning
tannarxini hisobga oluvchi
hisobvaraqlar”;
9200 –“Asosiy vositalar va boshqa aktivlarning chiqib
ketishini hisobga oluvchi
hisobvaraqlar”;
9300 –“Asosiy faoliyatning boshqa daromadlarini hisobga oluvchi hisobvaraqlar”;
9400 –“Davr xarajatlarini hisobga oluvchi hisobvaraqlar”;
9500 –“Moliyaviy faoliyat daromadlarini hisobga oluvchi hisob-
varaqlar”;
9600 –“Moliyaviy faoliyat bo‘yicha xarajatlarni hisobga oluvchi hisobvaraqlar”;
9700
–“Favquloddagi
foyda
(zarar)larni
hisobga
oluvchi
hisobvaraqlar”;
9800 –“Soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni to‘lash
uchun foydaning
ishlatilishini hisobga oluvchi hisobvaraqlar”;
9900 –“Yakuniy moliyaviy natijani hisobga oluvchi hisobvaraqlar”.
Moliyaviy natijalarni shakllantirish uchun alohida daromadlarni hisobga oluvchi
hisobvaraqlar va alohida xarajatlarni hisobga oluvchi hisobvaraqlar ishlatiladi.
Mahsulot (tovar, ish, xizmat)larni sotishdagi qo‘shilgan qiymat solig‘i,
aksiz va
boshqa to‘lovlar olinadigan hisobvaraqlar yoki pul mablag‘larini hisobga oluvchi
hisobvaraqlarning debetida va budjetga to‘lovlar bo‘yicha
qarzlarni hisobga
oluvchi hisobvaraqlarning (6400) kreditida aks ettiriladi.
Dostları ilə paylaş: