baholardan chegirmalar to‘g‘risidagi axborotlarni umumlashtirish quyidagi
hisobvaraqlarda amalga oshiriladi:
9010 “Tayyor mahsulotlarni sotishdan daromadlar”;
9020 “Tovarlarni sotishdan daromadlar”;
9030 “Ishlar bajarish va xizmatlar ko‘rsatishdan daromadlar”;
9040 “Sotilgan tovarlarning qaytishi”;
9050 “Xaridorlar va buyurtmachilarga berilgan chegirmalar”.
9010 “Tayyor mahsulotlarni sotishdan daromadlar”, 9020 “Tovarlarni sotishdan
daromadlar”,
9030
“Ishlar
bajarish
va
xizmatlar
ko‘rsatishdan
daromadlar”hisobvaraqlarining kreditida korxonaning asosiy faoliyati (tayyor
mahsulotlar, tovarlarni sotish, ishlar bajarish, xizmatlar ko‘rsatish)dan daromadlar
olinadigan hisobvaraqlar va pul mablag‘larini hisobga oluvchi hisobvaraqlar bilan
bog‘langan holda aks ettiriladi, biroq, oldingi hisobot davrlarida olingan, ammo
joriy hisobot davriga tegishli bo‘lgan daromad summalari 6230 “Boshqa
kechiktirilgan daromadlar”hisobvarag‘i bilan bog‘langan holda aks ettiriladi.
Mahsulot, tovar, ish, xizmatlarni sotishda 9010 “Tayyor mahsulotlarni sotishdan
daromadlar”, 9020 “Tovarlarni sotishdan daromadlar”, 9030 “Ishlar
bajarish va
xizmatlar ko‘rsatishdan daromadlar”hisobvaraqlarida sotishdan tushgan sof
tushum summasi aks ettiriladi.
Hisobot davrining oxirida 9010 “Tayyor mahsulotlarni sotishdan daromadlar”,
9020 “Tovarlarni sotishdan daromadlar”, 9030 “Ishlar bajarish va xizmatlar
ko‘rsatishdan
daromadlar”hisobvaraqlari
9910
“Yakuniy
moliyaviy
natija”hisobvarag‘i bilan yopiladi.
9040 “Sotilgan tovarlarning qaytishi”hisobvarag‘i sotilgan mahsulot va
tovarlarning qaytishini hisobga olish uchun mo‘ljallangan.
Bu hisobvaraq asosiy
(operatsion) faoliyatning daromadlarini hisobga oluvchi hisobvaraqlar (9000)
guruhiga kontr-passiv hisobvaraq hisoblanadi va uning debet aylanmasi
mahsulotlar va tovarlar sotishdan daromadni kamaytiradi. 9040 “Sotilgan
tovarlarning qaytishi”hisobvarag‘ining debetida qaytarilgan tovarlar qiymati,
tegishli: pul mablag‘larini hisobga oluvchi hisobvaraqlar bilan - xaridorlar va
buyurtmachilar
tomonidan
qaytarilgan
tovarlarning
qiymati;
olinadigan
hisobvaraqlar bilan - qaytarilgan tovarlar bo‘yicha
bekor qilingan debitorlik
qarzlari summasi; to‘lanadigan hisobvaraqlar bilan - mazkur tovarlar uchun
xaridorlar va buyurtmachilardan olingan to‘lovlar va bo‘naklar bo‘yicha vujudga
kelgan qarz summasi aks ettiriladi. Bunda ilgari hisoblangan qo‘shilgan qiymat
solig‘i, aksiz solig‘i bo‘yicha budjetga to‘lovlar bo‘yicha
qarzlarni hisobga
oluvchi tegishli hisobvaraqlarning debeti va pul mablag‘larini
hisobga oluvchi
hisobvaraqlar, olinadigan hisobvaraqlarning kreditida yozuv amalga oshiriladi.
Qaytarilgan mahsulotlar va tovarlarning tannarxi TMZlarni hisobga oluvchi
tegishli hisobvaraqlarning debetida va sotilgan mahsulotlar va tovarlarning
tannarxini hisobga oluvchi tegishli hisobvaraqlarning kreditida aks ettiriladi.
9050 “Xaridorlar va buyurtmachilarga berilgan chegirmalar”hisobvarag‘i
shartnoma shartlariga muvofiq
berilgan sotuv chegirmalari, shuningdek sotilgan
mahsulot (tovar, ish, xizmat)larda aniqlangan yaroqsizliklar va hokazolar
natijasida berilgan narx chegirmalarni hisobga olish uchun mo‘ljallangan. Ushbu
hisobvaraq asosiy (operatsion) faoliyatning daromadlarini hisobga oluvchi
hisobvaraqlar (9000) guruhiga kontr-passiv hisobvaraq hisoblanadi va uning debet
aylanmasi mahsulotlar va tovarlarni sotishdan, ish bajarishdan va xizmat
ko‘rsatishdan daromadlarni kamaytiradi. 9050 “Xaridorlar va buyurtmachilarga
berilgan chegirmalar”hisobvarag‘ining debetida sotish
va narxlardan berilgan
chegirmalarning summasi tegishli olinadigan hisobvaraqlar bilan bog‘langan
holda aks ettiriladi.
Asosiy (operatsion) faoliyatning daromadlarini hisobga oluvchi hisobvaraqlar
(9000) bo‘yicha analitik hisob sotilgan mahsulotlar (tovarlar), bajarilgan ishlar va
ko‘rsatilgan xizmatlarning har bir turi bo‘yicha alohida yuritiladi. Bundan
tashqari, analitik hisobni sotuvning geografik segmentlari (hududlar) va korxonani
boshqarish uchun zarur bo‘lgan boshqa segmentlar bo‘yicha yuritish mumkin.
Quyida asosiy (operatsion) faoliyatning daromadlari harakati to‘g‘risida hisobga
oluvchi hisobvaraqlarning namunaviy xo‘jalik operatsiyalar bog‘lanishini ko‘rib
chiqamiz:
1)
Jo‘natilgan mahsulotlar, tovarlar, bajarilgan ishlar va ko‘rsatilgan xizmatlar
(QQS, aksizlardan tashqari) uchun xaridorlarga
taqdim etilgan hisob-kitob
hujjatlaridagi summaga:
D 4010 “Xaridorlar va buyurtmachilardan olinadigan hisobvaraqlar” yoki
D 4020 “Olingan veksellar”
K 9010 “Tayyor mahsulotlarni sotishdan daromadlar” yoki
K 9020 “Tovarlarni sotishdan daromadlar” yoki
K 9030 “Ishlar bajarish va xizmatlar ko‘rsatishdan daromadlar”.
2)
Mahsulotlar, tovarlar, ishlar va xizmatlarni naqd pulga sotish:
D 5010 “Milliy valyutadagi pul mablag‘lari” yoki
D 5020 “Chet el valyutasidagi pul mablag‘lari”
K 9010 “Tayyor mahsulotlarni sotishdan daromadlar” yoki
K 9020 “Tovarlarni sotishdan daromadlar” yoki
K 9030 “Ishlar bajarish va xizmatlar ko‘rsatishdan daromadlar”.
3)
Korxona xodimiga mahsulot, tovarlar, ishlar va xizmatlar (jumladan maxsus
kiyimlar) sotildi:
D 4790 “Xodimlarning boshqa qarzlari”
K 9010 “Tayyor mahsulotlarni sotishdan daromadlar” yoki
D 9030 “Ishlar bajarish va xizmatlar ko‘rsatishdan daromadlar” K 9050
“Xaridorlar va buyurtmachilarga berilgan chegirmalar”.
12)
Asosiy
(operatsion)
faoliyatning
daromadlarini
hisobga
oluvchi
hisobvaraqlarning yopilishi:
D 9010 “Tayyor mahsulotlarni sotishdan daromadlar” yoki
D 9020 “Tovarlarni sotishdan daromadlar” yoki
D 9030 “Ishlar bajarish va xizmatlar ko‘rsatishdan daromadlar” K 9910
“Yakuniy moliyaviy natija”.
Dostları ilə paylaş: