17-mavzu. Moliyaviy natijalar ko‘rsatkichlarining mohiyati, ahamiyati


Moliyaviy faoliyat daromadlarinihisobga oluvchi hisobvaraqlar



Yüklə 0,65 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/16
tarix10.02.2023
ölçüsü0,65 Mb.
#83707
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   16
BH m 17-mol nat-his

 
Moliyaviy faoliyat daromadlarinihisobga oluvchi hisobvaraqlar.
Moliyaviy faoliyat daromadlari to‘g‘risidagi axborotlarni umumlashtirish 
quyidagi hisobvaraqlarda amalga oshiriladi:
9510 “Royalti ko‘rinishidagi daromadlar”;
9520 “Dividendlar ko‘rinishidagi daromadlar”;
9530 “Foizlar ko‘rinishidagi daromadlar”;
9540 “Valyutalar kurslari farqidan daromadlar”;
9550 “Moliyaviy ijaradan daromadlar”;
9560 “Qimmatli qog‘ozlarni qayta baholashdan daromadlar”; 9590 
“Moliyaviy faoliyatning boshqa daromadlari”.
Royalti ko‘rinishida olingan daromadlar 9510 “Royalti ko‘rinishidagi 
daromadlar”hisobvarag‘ining kreditida 4850 “Olinadigan royalti” yoki pul 
mablag‘larini hisobga oluvchi hisobvaraqlar bilan bog‘langan holda aks ettiriladi.
O‘zbekiston Respublikasi hududida va undan tashqarida boshqa korxonalar 
faoliyatida ulush bilan ishtirok etishdan olingan daromadlar, korxonaga tegishli 
bo‘lgan aksiyalar bo‘yicha dividendlar 9520 “Dividendlar ko‘rinishidagi 
daromadlar”hisobvarag‘ining 
kreditida 
4840 
“Olinadigan 
dividendlar”hisobvarag‘i bilan bog‘langan holda aks ettiriladi.
Uzoq muddatli va joriy investitsiyalar bo‘yicha foizlar ko‘rinishidagi daromadlar 
9530 “Foizlar ko‘rinishidagi daromadlar”hisobvarag‘ining kreditida 4830 
“Olinadigan foizlar”hisobvarag‘i bilan bog‘langan holda aks ettiriladi.
9540 “Valyutalar kurslari farqidan daromadlar”hisobvarag‘ida balansning valyuta 
moddalari bo‘yicha ijobiy kurs farqlaridan olingan daromadlar aks ettiriladi. Chet 
el valyutasidagi operatsiyalar bo‘yicha ijobiy kurs farqi, shu jumladan
buxgalteriya balansini tuzish sanasiga qarzlarni qayta baholash farqlari 9540 
“Valyutalar kurslari farqidan daromadlar”hisobvarag‘iga o‘tkaziladi.
Mulkni moliyaviy ijaraga berishdan olingan daromadlar 9550 “Moliyaviy ijaradan 
daromadlar”hisobvarag‘ining kreditida 4830 “Olinadigan foizlar”, 6230 “Boshqa 
kechiktirilgan daromadlar”, pul mablag‘larini hisobga oluvchi hisobvaraqlar va 
boshqa tegishli hisobvaraqlar bilan bog‘langan holda aks ettiriladi.
Qimmatli qog‘ozlarni qayta baholashdan daromadlar 9560 “Qimmatli qog‘ozlarni 
qayta baholashdan daromadlar”hisobvarag‘ining kreditida qisqa muddatli 


investitsiyalarni hisobga oluvchi hisobvaraqlar bilan bog‘langan holda aks 
ettiriladi.
9590 “Moliyaviy faoliyatning boshqa daromadlari”hisobvarag‘ida moliyaviy 
faoliyatning boshqa daromadlari aks ettiriladi.
Quyida moliyaviy faoliyat daromadlarini hisobga oluvchi hisobvaraqlarning 
namunaviy xo‘jalik operatsiyalari bog‘lanishini ko‘rib chiqamiz:
1) 
Royalti bo‘yicha olinadigan summalarni hisobga olish:
D 4850 “Olinadigan royalti”
K 9510 “Royalti ko‘rinishidagi daromadlar”.
2) 
Boshqa korxonalarda ulushli qatnashishdan olingan daromadlar, korxonaga 
tegishli bo‘lgan aksiyalar bo‘yicha dividendlarni hisobga olish:
D 4840 “Olinadigan dividendlar”
K 9520 “Dividendlar ko‘rinishidagi daromadlar”.
3) 
Berilgan qarz majburiyatlari bo‘yicha olinadigan foizlarni hisobga olish:
D 4830 “Olinadigan foizlar”
K 9530 “Foizlar ko‘rinishidagi daromadlar”.
4) 
Balansning valyuta moddalarini qayta baholashdan ijobiy kurs farqlari 
paydo bo‘lishi:
D 5210 “Mamlakat ichidagi valyuta hisobvaraqlari” va boshqa pul mablag‘larini 
hisobga oluvchi hisobvaraqlar, olinadigan hisobvaraqlar,
majburiyatlarni hisobga oluvchi hisobvaraqlar va boshqalar
K 9540 “Valyutalar kurslari farqidan daromadlar”.
5) 
Moliyaviy ijara shartnomasi bo‘yicha hisoblangan foizlar summasi:
D 4830 “Olinadigan foizlar”
K 9550 “Moliyaviy ijaradan daromadlar”.
6) 
Qimmatli qog‘ozlarni qayta baholash (qiymatining oshirilishi):
D 5810 “Qimmatli qog‘ozlar”
K 9560 “Qimmatli qog‘ozlarni qayta baholashdan daromadlar”.
7) 
Hisobot davri oxirida moliyaviy faoliyat daromadlarini hisobga oluvchi 
hisobvaraqlarning yopilishi:
D 9510 “Royalti ko‘rinishidagi daromadlar”
D 9520 “Dividendlar ko‘rinishidagi daromadlar”
D 9530 “Foizlar ko‘rinishidagi daromadlar”
D 9540 “Valyutalar kurslari farqidan daromadlar”
D 9550 “Moliyaviy ijaradan daromadlar”
D 9560 “Qimmatli qog‘ozlarni qayta baholashdan daromadlar”
D 9590 “Moliyaviy faoliyatning boshqa daromadlari” K 9910 
“Yakuniy moliyaviy natija”.

Yüklə 0,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin