5. Yangi mavzu materialini o’zlashtirish.
1-masala: To’g’ri to’rtburchak shaklidagi yer maydonining yuzi 140 ga bo’lib, uning bir tomoni ikkinchisidan 400 m ga katta bo’lsa, uning tomonlarini toping.
Yechish: х m – yer maydonining bir tomoni, ikkinchi tomoni esa x+300 m. Tenglama tuzamiz: х(х+400)=1400 000.
Javob: D=5760000, х1=1000 m, х2=1400 m .
Xulosa: Bunda kvadrat tenglama ildizlarini topish formulasidan foydalanildi.
2-Masala. Agar to’p yuqoriga qarab 40 m/s boshlang’ich tezlik bilan otilgan bo’lsa, u necha sekunddan keyin 60 m balandlikda bo’ladi?
Yechish: Fizika kursidan ma’lumki, H = v0t – gt2/2, bunda H – balandlik, v0 – boshlang’ich tezlik, t – vaqt, g =10 m/s. Tenglama 60 = 40t – 5t2 (Javob: t1= 2, t2 = 6).
3-Masala. Shaxtaga tosh tashlandi va uning shaxta tubiga tekkan ovozi 9 sekunddan keyin eshitildi. Tovush tezligini 320 m/s, og’irlik kuchining tezlanishini esa g=10 m/s2 deb hisoblab, shaxtaning chuqurligini aniqlang.
Yechish: Shaxtaning chuqurligi topish uchun toshning shaxta tubiga tushish vaqti t ni aniqlash yetarli, chunki shaxtaning chuqurligi tushish qonuniga ko’ra gt2/2 m ga teng.
Shart bo’yicha g=10 m/s2. Shuning uchun shaxtaning chuqurligi 5t2 metrga teng.
Ikkinchi tomondan, shaxtaning chqurligini tovush tezligi 320 m/s ni toshning shaxta tubiga borib tekkan ondan to zarba ovozi eshirilguncha o’tgan vaqtga, ya’ni (9-t) sekundga ko’paytirib topish mumkin. Demak, shaxtaning chuqurligi 320(9-t) metrga teng.
Shaxtaning chuqurligi uchun topilgan ikki ifodani tenglashtirib, 5t2=320(9-t) tenglamani hosil qilamiz. Bu tenglamani yechamiz:
Hosil qilingan kvadrat tenglamaning ildizlarini topamiz:
Toshning tushush vaqti musbat bo’lgani uchun t=8 s bo’ladi.
Demak, shaxtaning chuqurligi quyidagiga teng: 5t2=5 (m).
Dostları ilə paylaş: |