18 – MAVZU: ISO 9000 SERIYASIDAGI XALQARO
STANDARTLAR BO’YICHA ISHLARNI TASHKIL ETISH.
Reja:
1.
Sifat tushunchasi va sifatni shakllantirish.
2.
ISO 9000 seriyali xalqaro standartlar to’g’risida ma’lumotlar.
3.
ISO 9001 xalqaro standari talablariga muvofiq sifat menejmenti tizimini
ishlab chiqish va joriy etish.
Birinchi standartlashtirish milliy tashkiloti - Britaniya Assotsiatsiyasi
/Britich Enginezing Standards Accociation/ 1901 yilda tashkil etilgan bo’lib, biroz
keyinroq, birinchi jahon urushi davrida Daniya byurosi, Germaniya qo’mitasi
(1918 y.), Amerika qo’mitasi (1918 y.) va boshqalar tashkil topdi.
Standartlashtirish sohasidagi ishlar xalqaro markaz kerakligini taqazo qildi.
SHu maqsadda 1926 yili standartlashtirish bo’yicha milliy tashkilotlarning Xalqaro
Assotsiatsiyasi (ISA) paydo bo’ldi. ISA ning tarkibiga 20 mamlakat vakillari kirdi.
1938 yili Berlin shahrida standartlashtirish bo’yicha Xalqaro s’ezd ochildi.
Uning tarkibi turli texnika sohalari bo’yicha 32 ta qo’mita va kichik qo’mitalardan
tashkil topdi. 1939 yili boshlangan ikkinchi jahon urushi ISA ning faoliyatini
to’xtatib qo’ydi.
Hozirgi Xalqaro standartlashtirish tashkiloti (International Standards
Organization) 1946-1947 yillari tashkil topdi, uni qisqacha ISO deb yuritiladi. Bu
nufuzli tashkilot Birlashgan Millatlar Bosh Assambleyasi tarkibida faoliyat
ko’rsatib, rivoj topmoqda.
ISO ning tuzilishidan ko’zda tutilgan asosiy maqsad - xalqaro miqyosdagi
mol almashinuvida va o’zaro yordamni engillashtirish uchun dunyo ko’lamida
standartlashtirishni rivojlantirishga ko’maklashish hamda aqliy, ilmiy, texnikaviy
va iqtisodiy faoliyatlar sohasida hamdo’stlikni rivojlantirishdir.
Bu maqsadlarni amalga oshirish uchun:
dunyo ko’lamida standartlarni va ular bilan bog’liq bo’lgan sohalarda
uyg’unlashtirishni engillashtirish uchun choralar ko’rish;
xalqaro standartlarni ishlab chiqish va chop etish (agar har bir standart
uchun uning faol tashkiliy va kichik qo’mitalarining ikkidan uch qismi ma’qullab
ovoz bersa va umumiy ovoz beruvchilarning to’rtdan uch qismi yoqlab chiqsa,
standart ma’qullanishi mumkin);
o’z qo’mita a’zolarining va texnikaviy qo’mitalarning ishlari haqida
axborotlar almashinuvini tashkil qilish;
sohaviy masalalar bo’yicha manfaatdor bo’lgan boshqa xalqaro
tashkilotlar bilan hamkorlik qilish ko’zda tutiladi.
ISO rahbar va ishchi qo’mita idoralaridan tashkil topgan. Rahbar idoralari
tarkibiga Kengashning yuqori idorasi - Bosh Assambleya, Kengash, ijroiya
byurosi, texnikaviy byuro, kengashning texnikaviy qo’mitalari va markaziy
sekretariati kiradi.
ISO da prezident, vitse-prezident, g’azinachi va bosh sekretar lavozimlari
mavjud. Bosh Assambleya - ISO ning Oliy Rahbari bo’lib, ISO ning yig’ilishi uch
yilda bir marta bo’ladi. Uning sessiyasida prezident uch yil muddat bilan saylanadi.
Bosh Assambleya o’tkazish vaqtida sanoat sohasida etakchi mutaxassislar
ishtirokida xalqaro standartlashtirishning muhim muammolari va yo’nalishlari
muhokama qilinadi.
ISO kengashi yiliga bir marta o’tkazilib, unda tashkilotning faoliyati,
xususan, texnikaviy idoralarning tuzilishi xalqaro standartlarning chop etilishi,
kengash idoralarining a’zolarini hamda texnikaviy qo’mitalarning raislarini
tayinlaydi va boshqa masalalar ko’riladi.
ISO tarkibi ikkita tashkilot tashkil etadi, ya’ni ISA va 1944 yilda asos
solingan, BMT qoshidagi standartlarni muvofiqlashtirish qumitasi – UNSCC,
uning shtab-kvartirasi Londonda joylashgan. ISO ni yaratishdan maqsad – “...
xalqaro miqyosda sanoat standartlarini unifikatsiyalashtirish va muvofiqlashtirishni
engillashtirish...”. Hozirgi kunda 150 ta mamlakat ISO tashkilotining a’zosi
hisoblanadi.
ISO xalqaro nohukumat tashkilotidir. ISO rasmiy tili rus, ingliz va frantsuz
tillari deb tan olingan. Tashkilotning byudjeti yillik a’zolik to’lovlaridan va ISO
nashrlaridan olingan foydalardan tarkib topgan.
ISO ning qonunchilik idorasi Bosh assamleyasi bo’lib, har uch yilda bir
marotaba yig’iladi.
Bosh assambleyaning sessiyalar orasida ISO rahbariyati prezident
boshchiligida Kengash o’tkazadi. ISO Kengashini ISO ning bosh direktori
boshchiligida Ijro qumitasi va Markaziy kotibiat orqali faoliyatni amalga oshiradi.
ISO ning asosiy qumitalari bo’lib, standartlashtirish bo’yicha ilmiy-texnik
axborotlar tamoyilini o’rganish bo’yicha doimiy qumita – INFCO, Mahsulotlarni
attestatsiyalash bo’yicha qumita – SERTICO, rivojlanayotgan mamlakatlarga
yordam ko’rsatish bo’yicha qumita – DEVCO hisoblanadi.
ISO ning eng muhim idorasi bo’lib Standartlashtirish tamoyillarini ilmiy
o’rganish bo’yicha doimiy qumita (The Standing Committee for Study of
Scientific Principles of Standardization) hisoblanadi. Uni qisqartigan holda
ISO/STAKO yoki oddiygina STAKO (STACO) deb nomlanadi.
ISO ning asosiy vazifasi maxsus tashkil etilgan texnik qumitalar (ISO/TK)
va qumita osti qumitalari (ISO/TK/PK) xalqaro standartlarni ishlab chiqishni
bajaradi.
1994 yilga kelib, ISO tarkibiga 100 ta milliy tashkilotlar, jumladan, ular
qatoriga MDH mamlakatlari ham a’zo bo’ldi.
ISO ning eng muhim yo’nalishlari bo’lib sifat, axborot texnologiyalari,
xalqaro standartlar bilan ishlovchi boshqa kooperatsiyalar, atrof-muhit, ta’lim
yo’nalishlari hisoblanadi.
ISO quyidagi hujjatlarni nashr etadi:
- harfli indeksi va sonli raqami mavjud bo’lgan xalqaro standartlarini
(masalan, ISO 1000);
- guruhli mavzulari va qo’llanish sohasi bo’yicha joylashtirilgan xalqaro
standartlarning yillik katologini (ISO Catalogue);
- ISO tuzilmasi va uning har bir texnikaviy qumitasining faoliyat sohasi
haqidagi axborotlardan tarib topgan yillik ma’lumot (spravochnik) larni (ISO
Memento).
ISO a’zolari yoki muxbir-a’zolari mamlakatda standartlashtrishning
rivojlantirish darajasiga aloqadorligidan kelib chiqib, standartlashtirish bo’yicha
milliy standartlashtirish tashkiloti bo’lishi mumkin. ISO tarkibiga kirish
to’g’risidagi takliflar ISO markaziy kotibiatiga jo’natiladi (SHveytsariya, Jeneva
shahri).
1972 yilgacha standartlashtirish bo’yicha ISO hujjatlariga tavsiya sifatida
qaralgan. Hozirgi vaqtda bunday hujjatlar ISOga a’zo-mamlakatlarning barchasi
uchun xalqaro standartlar mavqiega ega.
Hozirgi paytda ISO turistik, mehmonxona, moliyaviy, sug’urtalash
xizmatlarni, xo’jalik texnikalarini ta’mirlash bo’yicha xizmatlar va kadrlarni
tayyorlash va ta’lim bo’yicha xizmatrlarni standartlashtirish bo’yicha keng
miqyosdagi ishlarni rivojlantirmoqda.
ISO 1995 yilda Internetda o’zining Welcome to ISO Online
http://www.iso.ch
. nomli sahifasini ochdi.
ISO tashkilotining tashkiliy tuzilmasi 2.1-rasmda keltirilgan. Bosh
boshыaruv organi General assambleya bo’lib hisoblanadi. General assambleya
sessilari o’rtasidagi vaqtda tashkiliy ishlarni standartlashtirish bo’yicha milliy
tashkilotlari vakillari kiruvchi ISO Kengashi boshqaradi.
ISO Kengashiga ettita STACO, PLACO, CASCO, DEVCO, COPOLCO va
REMCO qumitalari bo’y so’nadi.
STACO ISO Kengashiga xalqaro standartlarni ishlab chiqish usuli va
printsiplari bo’yicha uslubiy va axborot yordam ko’rsatadi.
U asos soluvchi standartlashtirish printsiplarini o’rganish va ushbu sohadagi
optimal natijalarga erishish bo’yicha tavsiyalarni tayyorlaydi. STACO savdoni
rivojlantirish uchun xalqaro standartlarni qo’llash bo’yicha terminologik va
seminarlarni tashkillashtirish bilan ham shug’ullanadi. PLACO tomonlarning
ishlarini tashkillashtirish va texnikaviy muvofiqlashtirish, ISOning ishlarini
rejalashtirish bo’yicha tavsiyalarni tayyorlaydi.
CASCO mahsulotlar, xizmatlar, jarayonlar va sifat tizimi standartlari
talablariga muvofiqlikni tasdiqlash, sinov laboratoriyalarini layoqatliligi va
sertifikatlashtirish idorlariga tegishli masallar bilan shug’ullanadi. CASCOning
eng muhim ishi – milliy va hududiy sertifiatlashtirishlarni qabul qilish va o’zaro
tan olish, hamda muvofiqlikni tasdiqlash va sinash sohalarida xalqaro
standartlardan foydalanishga ko’makashadi.
Dostları ilə paylaş: |