X
ALQARO ELEKTROTEXNIKA KOMISSIYASI
–
ISO/IEC
Elektrotexnika sohasida xalqaro hamkorlik bo’yicha ishlar 1881 – yilda
boshlangan. Bunda Elektr bo’yicha birinchi xalqaro kongress tuzildi. 1904 – yilda
Sent-Luisda (AQSH) hukumat vakillarining Elektr bo’yicha xalqaro kongressi
majlisida elektr mashinalar atamalarini va parametrlarini standartlashtirish
masalalari bilan shug’ullanuvchi maxsus idora tuzish zarurligi to’g’risida qaror
qabul qilindi.
Bunday idora – Xalqaro elektrotexnik komissiya (MEK) rasmiy ravishda
1906 – yilda Londonda 13 mamlakat vakillarining konferentsiyasida tuzildi.
1946 – yilda ISO tuzildi va unga MEK o’zining moliyaviy va tashkiliy
masalalarda mustaqilligini saqlagan holda alohida huquqlar bilan qo’shildi.
Bu tashkilotlarning sekretariatlari hududiy jihatdan bir binoda Jenevada
joylashgan.
ISO va MEK ning faoliyat sohalari aniq chegaralangan – MEK
elektrotexnika, elektronika, radioaloqa, priborsozlik sohasida, ISO esa qolgan
barcha sohalarda standartlashtirish bilan shug’ullanadi.
Mamlakatlar o’zlarining milliy qo’mitalari bilan MEK da qatnashadi. Milliy
qo’mitalar sanoatning barcha sohalari manfaatlarini ifodalaydi. Ko’pchilik
mamlakatlarda bunday milliy tashkilotlar qatnashadi. Bu bilan bir qatorda ba’zi
mamlakatlarning MEK da qatnashuvchi milliy qo’mitalar standartlashtirish
bo’yicha milliy tashkilotlardan mustaqil ravishda faoliyat yuritadi (masalan,
bunday mamlakatlarga Frantsiya, GFR, Italiya, Belgiya va b. kiradi).
Xozirgi vaqtda 41 milliy qo’mita MEK a’zosidir. Bu mamlakatlarda
jahonda ishlab chiqariladigan elektr energiyaning 95 % ni iste’mol qiluvchi er
sharining 80 % aholisi yashaydi. Bular asosan sanoati rivojlangan mamlakatlar.
SHuningdek sanoat tarmoqlariga ega bo’lgan rivojlanib kelayotgan qator
mamlakatlardan iborat. MEK ning rasmiy tili – inglizcha, frantsuzcha va ruscha.
MEK ning asosiy vazifasi yuqorida nomi kelitirilgan sohalarda Xalqaro
standartlarni yaratishdan iborat.
MEK ning oliy rahbar idorasi Kengash bo’lib, bunda mamlakatlarning
barcha milliy qo’mitalari qatnashadi. Saylanuvchi lavozimli shaxslarga prezident
uch yillik muhlatga saylanadi, vitseprezident, haznachi va bosh sekretar kiradi.
MEK texnik idoralarining tuzilmasi ISO dagi kabi: texnik qo’mitalar (TQ),
kichik qo’mitalar (KQ) va ishchi guruhlar (IG) dan iborat. Umuman, MEK da 80
dan ortiq TQ bor bo’lib, bularning bir qismi xalqaro umumtexnik va tarmoqlararo
xarakterdagi standartlarni (masalan, atamalar bo’yicha, grafik tasvirlar, standart
kuchlanishlar va chastotalar, iqlim sinovlari va b.), boshqa qismi esa, mahsulotning
muayyan turlari uchun (tarnsformatorlar, elektron texnika buyumlari, maishiy
radioelektron apparatlari va b.) standartlarni ishlab chiqadi.
MEK standartlarini yaratish protsedurasi uning Ustavi, Protsedura qoidalari
va texnik ishlar bo’yicha Umumiy direktivalar tomonidan belgilanadi. Har 1-1,5
yilda TQ (KQ) majlislarda o’z ishlarining dasturlarini tuzadi (yoki to’g’rilaydi).
Har yili MEK dasturiga 500 gacha va bundan ham ortiq yangi, xalqaro
standartlarni yaratishni ko’zda tutuvchi mavzular kiritiladi. MEK/ISO ishlab
chiqqan va 1990 yil 1 fevraldan amalga kiritilgan Direktivalarga muvofiq amaldagi
standartni qayta ko’rib chiqish yangi mavzuni ishlab chiqish kabi qaraladi.
ISO kabi, 1972 yilda MEK o’z tavsiyanomalarini xalqaro standartlar deb
nomladi.
Xozirgi vaqtda 2 mingdan ortiq xalqaro MEK standartlari yaratilgan, bunda
MEK standartlari o’zlarida mahsulotga va mahsulotni sinash metodlariga texnik
talablarning mavjudligi nuqtai nazardan ISO standartlariga nisbatan ancha to’liq
tuzilgan bo’ladi. Buni, bir tomondan, MEK ning faoliyat sohasiga kirgan
mhsulotga talablarda xavfsizlikka oid talablar asosiy hisoblanishi bilan tushuntirish
mumkin, boshqa tomondan esa, ko’p o’n yilliklar davomida to’plangan ish tajribasi
standartlashtirish masalalarini ancha to’liq hal qilishga imkon beradi.
Dostları ilə paylaş: |