18.5 - rasm. Foydalanish qudug’idagi ishlamayotgan qatlamlarni NGM - NNMT metodlar majmuasi ma’lumotlari asosida aniqlash. Shartli belgilar 16.2-rasmda berilgan
Quduq tanasining suv-neftga ajraluvchi qismi rezistivimetr bilan yetarlicha yaxshi aniqlanadi. Rezistivimetr asbobi quduq tanasi bo’ylab harakatlanganda suyuqlikning qarshiligining keskin (sakrab-sakrab) kamayishini qayd etadi.
Qatlamlarning ishlatilishi to’g’risidagi ishonchli ma’lumotlarni quduqlarni radiometrik metodlar NGK, NNK majmuasi bilan tadqiq qilish asosida olish mumkin. Agar quduq ichida qatlam suvlari ustuni bilan yoki to’xtatilganda minerallashgan suvlar bilan to’lib, qatlamning teshilgan qismini berkitib qo’ygan bo’lsa, u holda qayd qilingan metodlar majmuasi orqali ishlamayotgan qatlamlarni aniqlash oson bo’ladi. Radiometrik tadqiqotlar metodi «Kon geofizikasi» kursida mukammal bayon etilgan.
Qatlamlarning ishlatishni samarali nazorat qilish uchun turli metodlar majmuasidan foydalaniladi. Shuningdek, ishlatish obyektining o’ziga xos xususiyatlari va tuzilishi, quduqlarni va uyumlarni ishlatish hamda qatlamlar va quduqlarni tadqiq qilish bo’yicha olingan barcha materiallardan ham foydalanish kerak bo’ladi.
Ishlamaydigan qatlamlarni ajratishda qatlamlarda kollektorlarning tarqalish xaritalari yaxshi yordam beradi. Buning uchun xaritalarda jinslarning fatsial turlari hamda ba’zi bir sabablarga ko’ra ularning haydash quduqlari bilan aloqada bo’laolmay qolgan zonalari ko’rsatiladi. Bunday hollarda ushbu qatlamda joylashgan haydash quduqlari bilan gidrodinamik aloqada bo’lmagan zonalardagi qatlamlar ishlay olmaydix).
Demak, uyumning ishlatishni nazorat qilishning asosiy vazifasi, bitta ishlatish obyektiga birlashtirilgan qatlam va qatchalardagi neft qanday darajada va sur’atda chiqarib olinganligini aniqlash hamda ishlab chiqilgan tadbirlar asosida uyumni ishlatishni jadallashtirish va qatlamlarning neft beraolishligini ko’paytirishdan iborat.