16.3-rasm. Haydash qudug’ining suyuqlik qabul qila olishini distantsion debitomer (RGD-1-M) bilan o’lshash ma’lumotlari asosida tuzilgan kesmasi.
sarfo’lchagichi bilan haydash qudug’idagi har qaysi teshilgan qatlamga oqib kirgan suvning va ishlatish qudug’idagi teshilgan qatlam berayotgan suyuqlikning miqdori o’lchanadi (16.3-rasm).
16.3-rasmda haydash qudug’ining suvni qabul qila olishligining kesmasi ko’rsatilgan. Kesmada quyi qatlamlarning suvni qabul qilmagani ko’zga yaqqol tashlanadi.
Sarfo’lchagich va debit o’lchagichlarning ham kamchiligi bor. Chunki bular qatlamlar ishini emas, balki quvurlar birikmasining teshilgan qismining ishlashini, ya’ni quduq filtrini ko’rsatadi. Binobarin, olingan ma’lumotlar qatlamning tekshirilayotgan qismiga nisbatan quduqning texnik holatini ham anglatadi.
Shunday qilib, chuqurlik debi to’lchagichi va sarfo’lchagichlaridan olingan ma’lumotlar mahsuldor qatlamlarning ishlanganlik darajasini ishonchli nazorat qilish imkonini bersa-da, ulardan faqat neft radiometriyasi, termometriyasi va fotokalorimetriyasi metodlari bilan birgalikda foydalanilganda yaxshi natijalar olinadi. Shu sababli ishlatish va ayniqsa haydash quduqlari yordamida qatlamlar ishlatilishini nazorat qilishda termometriya metodidan muvaffaqiyatli foydalanish mumkin. Mazkur metod quduqning mustahkamlash quvurlari devori bilan tutashib turgan o’tkazuvchan jinslarning yer yuzasidagi sovuq suvlarni qatlamga haydash natijasida turli darajada sovib ketishini yoki qatlamda harakatlanayotgan qaynoq suvlar oqimining quduq tubiga oqib kirishi natijasida isib ketishini o’lchashga asoslangan (16.4-rasm).
16.4-rasmdagi termogrammada teshilgan uchta qatlamlardan faqat o’rtadagisi suv qabul qilayotgani ko’zga yaqqol tashlanadi. Ishlayotgan va ishlamayotgan qatlamlarni tavsiflashda goho fotokolorimetriya metodidan ham foydalaniladi. I.F. Glumov konni ishlatishni nazorat qilish uchun nur yutish koeffitsientidan foydalanishni (Knyu) taklif qilgan. Bu koeffitsient neft tarkibida rangli moddalarning (smola, asfaltenlar) borligini bildiradi. Mazkur koeffitsientni bexato va juda ham tez aniqlash mumkin. Buning uchun quduq og’zidan uncha katta hajmda bo’lmagan (bir necha sm3) neft namunasi olinib, laboratoriya sharoitida FEK-M tipidagi fotoelektrokolorimetr yordamida aniqlanadi.
Qatlamning ma’lum nuqtasidagi neftning nur yutish koeffitsienti Knyu miqdori birinchi navbatda u bilan suv-neft tutash yuzasigacha bo’lgan masofaga bog’liq. Strukturada qatlam qanchalik gipsometrik yuqorida joylashgan bo’lsa, undagi neftning rangi shuncha och bo’ladi. Binobarin, harqanday qatlam quduqning kesimida o’z Knyu miqdoriga ega. Bunday miqdor pastdan yuqoriga tomon qatlamdan qatlamga kamayib boradi. Masalan, Romashkin konidagi D1 gorizontining neftliligining ichki chegarasidagi yuqori qatlamlarda neftning Knyu miqdori qariyb 200-350, o’rtadagi qatlamlarda 350-450 va pastki qatlamlarda 450 birlikdan kattaligi aniqlangan.
Dostları ilə paylaş: |