18-ma’ruza. Php dasturlash tilida ma`lumotlar bazasi bilan ishla
misol. Barcha ma'lumotlar bazalarini ko'rsatish:
mysql>SHOW databases;
misol. talaba ma'lumotlar bazasini joriy etish (aktivlashtirish):
mysql>use talaba;
misol. Joriy (aktiv) bazadagi barcha jadvallarini ko'rsatish:
mysql>show tables;
MySQL ma'lumotlar bazasidagi jadvallar ro'yxatini chiqazadi:
Tables in talaba student exam_marks subject lecturer subjject univercity 6 rows in set (0.07 sec)
MySQL so’rovlari bilan ishlovchi PHP buyruqlari bilan tanishish. mysql_connect va mysql_db_select operatorlari bilan ishlash. PHP sahifasi orqali ma’lumotlar bazasiga so’rovlarni tashkil etish. mysql_query operatori imkoniyatlari. MySQL ma'lumotlar bazasiga WEB orqali PHP texnologiyasi yordamida so'rovlarni jo'natish algoritmi:
Foydalanuvchi tomonidan kiritilgan ma'lumotlarni filtrlash va tekshirish.
MySQL tizimi bilan bog'lanishni o'rnatish. Agar urinish muvaffaqiyatsiz yakunlansa, mos xabar chiqaziladi va jarayon yakunlanadi.
MySQL tizimida ishlash uchun ma'lumotlar bazasini tanlash. Agar tanlash urinishi muvaffaqiyatsiz yakunlansa, mos xabar chiqaziladi va jarayon yakunlanadi. So'rovlarni qayta ishlash uchun bir vaqtning o'zida bir nechta ma'lumotlar bazasini ochishga ruxsat beriladi.
Tanlangan bazada so'rovlarni qayta ishlash (ma'lumotlarni qo'shish uchun interfeys yaratish, ma'lumotlar bazasiga ma'lumotlarni yozish, ma'lumotlar bazasida saqlanayotgan ma'lumotlarni foydalanuvchiga taqdim etish).
So'rovlarni qayta ishlash tugatilgandan so'ng ma'lumotlar bazasi tizimi bilan bog'lanishni yopish yoki tugatish.
1. Foydalanuvchi tomonidan kiritilgan ma'lumotlarni filtrlash va tekshirish. Avval foydalanuvchi tomonidan kiritilgan ma'lumot atrofidagi tasodifan yozilgan barcha ortiqcha bo'sh belgilarni (probellarni) o'chirish zarur. Buning uchun trim() funksiyasini qo'llanadi.
misol. trim($city); Keyingi bosqich — foydalanuvchi barcha maydonlarni to'ldirganligini tekshirish. trim() funksiyasi yordamida o'zgaruvchilar tarkibidagi qiymatlar tahrirlangandan so'ng o'zgaruvchilarni qiymatiari mavjud yoki mavjud emasligi tekshiriladi:
Foydalanuvchi ma'lumotlarini MySQL ma'lumotlar bazasiga yozishdan avval addslashes() va stripslashes() funksiyalari yordamida tahrirlab olish mumkin.
htmlspecialchars() funksiyasi ma'lumotlarda uchraydigan ((&) ampersand, (<) kichik, (>) katta, (") ikkitalik qo'shtirnoq) belgilarini HTML kodirovkasiga o'tkazish uchun ishlatiladi.
2. MySQL tizimi bilan bog'lanishni o'rnatish.