18-ma’ruza. Php dasturlash tilida ma`lumotlar bazasi bilan ishla
MySQL tizimida ishlash uchun ma'lumotlar bazasini tanlash. MySQL tizimiga muvaffaqiyatli bogianib boigandan so'ng, tizimda mavjud so'rovlar olib boriladigan ma'lumotlar bazasi tanlanadi. Bizning ma'lumotlar db_gurux ma'lumotlar bazasida saqlanmoqda. MySQL ma'lumotlar bazasidan foydalanish uchun avval db_gurux ma'lumotlar bazasi tanlanadi (aktivlashtiriladi).
PHP da buning uchun mysql_select_db funksiyasi ishlatiladi.
mysql_select_db() funksiyasi
Sintaksisi:
int mysql_select_db (string ma'lumotlar_bazasi_nomi [, int bog'lanish_identifikatori])
ma'lumotlar_bazasi_nomi parametrida tanlanishi lozim bo'lgan ma'lumotlar bazasi ko'rsatiladi, bog'lanish identifikatori parametrida esa bir nechta ochiq bog'lanishlardan ma'lumotlar_bazasi_nomi nomli bazaning bog'lanish identifikatori ko'rsatiladi.
Bu funksiya ma'lumotlar bazasini muvaffaqiyatli tanlaganda TRUE ni, aks holda FALSE ni qaytaradi.
11.6-misol. db_gurux ma'lumotlar bazasini tanlaymiz:
@mysql_connect(“localhost”, “goyipov”, “12345”)
or die (“Bog'lanish o'rnatilmadi”);
echo "Bog'lanish ocrnatildi
";
@mysqi_select_db(“db_gurux”)
or die (“db_gurux ma'lumotlar bazasi tanlanmadi!”);
?>
Ma'lumotlar bazasiga bog'lana olmaganda yoki ma'lumotlar bazasini tanlamaganda brauzerda quyidagicha xabarlar chiqaziladi.
Natija: Bog'lanish o'rnatildi
db_gurux ma'lumotlar bazasi tanlanmadi!
Agar dasturda faqatgina bitta ma'lumotlar bazasi tanlanayotgan bo'lsa, uning identifikatorini saqlash shart emas. Lekin bir nechta ma'lumotlar bazasini tanlashda ularning qaytaradigan identifikator-lari saqlanishi kerak. Chunki, keyinchalik kerakli bazaga so'rovlarni qayta ishlash uchun jo'natish imkoniyati mavjud bo'lsin. Agar identifikator ko'rsatilmagan bo'lsa, oxirgi tanlangan ma'lumotlar bazasi ishlatiladi.