18-Mavzu: bank axborot tizimlari reja


Bankning boshqaruv tuzilmasi



Yüklə 0,81 Mb.
səhifə2/3
tarix24.10.2023
ölçüsü0,81 Mb.
#161188
1   2   3
Bankning boshqaruv tuzilmasi turli xil usullarda tashkil qilingan bo’lishi mumkin. Bu ko’proq bankning kattaligi, ko’rsatilayotgan xizmatlar turlari, mijozlarning va bank tomonidan bajarilayotgan operatsiyalarning soniga bog’liq. Boshqaruvning eng oddiy tuzilmasi to’g’ri chiziqlidir, bunda bank boshqaruviga bo’limlar bevosita buysunadilar. Bu boshqaruv usuli bankni samarali va to’g’ridan-to’g’ri boshqarishning muqarrar, yaqqol va ko’zga ko’rinadigan tuzilishini beradi. Bunda boshqaruv vazifalari boshqarma va bo’linmalar rahbarlari orasida taqsimlanadi.
2.Bank avtomatlashtirilgan axborot tizimlarining texnik ta’minotini
BankAATni texnik ta’minlash jarayonlarida bank tex­nologiyalari apparat vositalari arxitekturasi zamonaviy talablar asosida qurilishlari kerak. Ularga: aloqaning turli-tuman telekommunikatsion vositala­ri, ko‘p mashinali majmualar, «mijoz-server»ning arxitekturasidan foydalanish, mahalliy, mintaqaviy va global tezkor tarmoqlarni qo‘llash, apparatli yechimlarini unifikatsiyalash kiradi.
Foydalaniladigan texnik vositalarning miqdori va tarkibi axborot oqimlarining jadalligi va hajmlari, ishning usullari va bank tizimi vazifalarini amalga oshirishning xususiyatlari bilan belgilanadi. Bank xizmatlarining tarkibi va hajmlarini filiallar, mijozlar va aloqalarning sonini o‘sishi banklarning qudratliroq kampyuterlarni va rivojlanganroq texnik ta’minlanishlarni harid qilishga majbur qiladi. Tarmoqli bank texnologiyalari keng tarqalgan. Tarmoqli park borgan sari turli-tuman bo‘lib qolmoqda. Banklararo telekommunikatsiya vositalarini jadal rivojlanishini ham ta’qidlash kerak.
«Mijoz-server» arxitekturasi banklarning axbo­rot-kommunikatsiya texnologiyalarini qurilishidagi texnik yechimlarga zamonaviy yondashishning asosi bo‘ladi.
Bu texnik ta’minlanishni tashkil qilish va axborotlarni ish­lab chiqishni mijoz (ishchi stansiya) va server deb nomlangan ikkita tarkibiy qism o‘rtasida taqsimlanishini ko‘zda tutadi. Ikkala qism birlashtirilgan kompiyuterlarda bajariladi. Bunda mijoz serverga so‘rovlar yuboradi, server esa ularga xizmat ko‘rsatadi.
«Mijoz-server» texnologiyasining amalga oshirilish variantlaridan biri uning uch bosqichli arxitekturasidir. Tarmoqda kamida uchta kompyuter: mijozqismi (ishchi stansiya), qo‘llanishlar serveri va ma’lumotlar baza-sining serveri mavjud bo‘lishi kerak. Mi­joz qismida foydalanuvchi bilan o‘zarohamkorlik (foydalanish interfeys) tashkil qilinadi. Qo‘llanishlar serveri mijoz qismi uchun biznes tadbirlarni amalga oshiradi. Ma’lumotlar bazasining serveri mi­joz rolini bajaruvchi biznes tadbirlarga xizmat ko‘rsatadi. Bunday arxitekturaning egiluvchanligi mustaqil foydalanish va barcha uchta bosqichlarda hisoblash va dasturiy resurslarni almashishdadir.
Texnik yechimlarning ishonchliligi va voz kechishga barqarorligini oshirish uchun bank AATexda serverlarni guruhlarga (klasterlarga) birlashti-rish qo‘llaniladi.

Yüklə 0,81 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin