YAlpi milliy daromad ko’rsatkichi makroiqtisodiy statistikaning asosiy ko’rsatkichlaridan biri bo’lib hisoblanadi.Uning hajmini ikki xil usulda hisoblash mumkin: yalpi va sof usullarda yoki asosiy istemolini qo’shish va qo’shmasdan.Milliy daromad shu mamlakat rezidentlari tamonidan u yoki bu davrda olingan bozor bahosida hisoblagan birlamchi daromadlar yig’indisi sifatida yuzaga keladi.
YAlpi milliy daromad (YAMD) bu barcha rezidentlarning birlamchi daromadlari va jamg’armalarining yig’indisidir. U ishlab chiqaruvchi va xizmat ko’rsatuvchilarning barcha daromadlari o’rinishida bo’ladi.YAMD miqdoran YAIM ga yaqin turadi. Ammo,”daromad” so’zi bu ko’rsatkichning ishlab chiqarish bosqichida qo’shilgan qiymat ko’rinishida emas, balki aynan taqsimot bosqichida shakllanishini ifodalaydi.
Masalan,mamlakat bo’yicha berilgan ma’lumotlar asosida yalpi milliy daromad va yalpi milliy mavjud daromadni hisoblaymiz(mln AQSH dollari)
1.YAlpi ichki mahsulot – 320
2.Rezidentlarning xorijdan olgan daromadlari;
A) mulkdan olingan daromadlari –16
B) mehnat haqi –6;
V) ishlab chiqarishga soliqlar––2.
3.Ushbu mamlakat yalpi iki mahsulotidan olinadigan norezidentlarning daromadlari;
A) mulkdan olingan daromadlar––10;
B) mehnat haqi––8;
V)ishlab chiqarishga soliqlar–4.
4.Xorijiy mamlakatlar bilan bog’liq bo’lgan joriy transfertlar qoldig’i:
A) ijtimoiy yordam ––4;
B) sovg’a salomlar– 2.
U holda
1) YAlpi milliy daromad:
Dostları ilə paylaş: |