Notariuslar amalga oshiradigan notarial harakatlar? “Notariat to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 23 -moddasiga
asosan,notariuslar quyidagi notarial harakatlarni amalga oshiradi:
1) bitimlarni tasdiqlaydi;
2) vasiyatnomalarni tasdiqlaydi;
3) er-xotinning umumiy mol-mulkidagi ulushga mulk huquqi to‘g‘risida
guvohnomalar beradi;
4) mol-mulkni o‘zga shaxsga o‘tkazishni taqiqlab qo‘yadi va taqiqni bekor qiladi;
5) merosga bo‘lgan huquq to‘g‘risida guvohnoma beradi;
6) meros mol-mulkning qo‘riqlanishiga doir chora-tadbirlar ko‘radi;
7) hujjatlar nusxalarining va hujjatlardan olingan ko‘chirmalarning to‘g‘riligini
shahodatlaydi;
8) hujjatlarning bir tildan boshqa tilga to‘g‘ri tarjima qilinganligini shahodatlaydi;
9) hujjatlardagi imzoning haqiqiyligini shahodatlaydi;
10) ko‘chmas mulk ochiq savdoda sotib olinganligi haqida guvohnoma beradi;
11) fuqaroning tirik ekanligi faktini tasdiqlaydi;
12) fuqaroning muayyan joyda ekanligi faktini tasdiqlaydi;
13) fuqaroning fotosuratda aks ettirilgan shaxs ekanligini tasdiqlaydi;
14) hujjatlar taqdim etilgan vaqtni tasdiqlaydi;
15) jismoniy va yuridik shaxslarning arizalarini boshqa jismoniy va yuridik
shaxslarga topshiradi;
16) pul summalari va qimmatli qog‘ozlarni depozitga qabul qilib oladi;
17) hujjatlarni saqlash uchun qabul qilib oladi;
18) pul to‘lash uchun cheklarni taqdim etadi va cheklar bo‘yicha pul
to‘lanmaganligini tasdiqlaydi;
19) ijro xatlarini yozadi;
20) veksellarning protestlarini amalga oshiradi;
21) dengiz protestlarini amalga oshiradi;
22) notarial tasdiqlangan hujjatlarning dublikatlarini hamda reestrlardan
ko‘chirmalarni beradi.
Notariuslar qonunlarda nazarda tutilgan boshqa notarial harakatlarni ham amalga
oshirishi mumkin.