18-mavzu: Notarial amaliyotda mediatsiya Reja


Notarial harakatlarni amalga oshirish joyi?



Yüklə 345,13 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/4
tarix10.04.2023
ölçüsü345,13 Kb.
#95668
1   2   3   4
18-MAVZU Notarial amaliyotda mediatsiya

Notarial harakatlarni amalga oshirish joyi? 
Notarial harakatlar notarial idoralarning binolarida amalga oshiriladi. 
Fuqaro kasalligi, nogironligi tufayli yoki boshqa sabablarga ko‘ra notarial idoraga 
bora olmaydigan ayrim hollarda notarial harakatlar mazkur fuqaro turgan joyda 
amalga oshirilishi mumkin. 
Qonun hujjatlarida notarial harakatlar notarial idoralarning binolaridan tashqarida 
amalga oshiriladigan boshqa hollar ham nazarda tutilishi mumkin. 
Notarial harakatlarni amalga oshirishning umumiy qoidalari 
1. O‘zbekiston Respublikasi «Notariat to‘g‘risida»gi Qonunining (bundan 
buyon matnda Qonun deb yuritiladi) 
23-moddasiga 
muvofiq notariuslar quyidagi 
notarial harakatlarni amalga oshiradi: 
bitimlarni tasdiqlaydi; 
vasiyatnomalarni tasdiqlaydi; 
er-xotinning umumiy mol-mulkidagi ulushga bo‘lgan mulk huquqi 
to‘g‘risida guvohnomalar beradi; 
merosga bo‘lgan huquq to‘g‘risida guvohnoma beradi; 
meros mol-mulkining qo‘riqlanishiga doir chora-tadbirlar ko‘radi; 
mediator vazifasini bajaradi; 
hujjatlar 
nusxalarining 
va 
hujjatlardan olingan ko‘chirmalarning 
to‘g‘riligini shahodatlaydi; 
hujjatlarning bir tildan boshqa tilga to‘g‘ri tarjima qilinganligini 
shahodatlaydi; 
hujjatlardagi imzoning haqiqiyligini shahodatlaydi; 
ko‘chmas mulk ochiq savdoda sotib olinganligi haqida guvohnoma beradi; 
fuqaroning tirik ekanligi faktini tasdiqlaydi; 
fuqaroning muayyan joyda ekanligi faktini tasdiqlaydi; 
yuridik shaxsning rahbar organi tomonidan qaror qabul qilinganligi faktini 
tasdiqlaydi; 
dalillarni ta’minlaydi; 
fuqaroning fotosuratda aks ettirilgan shaxs ekanligini tasdiqlaydi; 
hujjatlar taqdim etilgan vaqtni tasdiqlaydi; 
mualliflik va turdosh huquq ob’ekti taqdim etilgan vaqtni tasdiqlaydi; 
elektron hujjatning qog‘oz shaklidagi hujjat bilan bir xil yuridik kuchga ega 
ekanligini tasdiqlaydi; 
jismoniy va yuridik shaxslarning arizalari va (yoki) boshqa hujjatlarini 
boshqa jismoniy va yuridik shaxslarga topshiradi; 
pul summalari va qimmatli qog‘ozlarni depozitga qabul qilib oladi; 
hujjatlarni saqlash uchun qabul qilib oladi; 
pul to‘lash uchun cheklarni taqdim etadi va cheklar bo‘yicha pul 
to‘lanmaganligini tasdiqlaydi; 
ijro xatlarini yozadi; 


veksellarning protestlarini amalga oshiradi; 
dengiz protestlarini amalga oshiradi; 
notarial tasdiqlangan hujjatlarning dublikatlarini hamda reestrlardan 
ko‘chirmalarni beradi. 
Notariuslar qonunlarda nazarda tutilgan boshqa notarial harakatlarni ham 
amalga oshirishi mumkin. 
Notariuslar tomonidan notarial harakatlarni amalga oshirishda audio va 
videoyozuv vositalaridan foydalanilishi mumkin. 
Jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan taqdim qilingan bitimlarning 
loyihalari yoki notarial idorada tuziladigan bitim va arizalarning loyihalari 
qonunchilik hujjatlariga zid bo‘lmasligi lozim. 
Bitimlarning matnida (tegishliligiga qarab): 
u qanday bitim ekanligi (bitimning nomi); 
bitim imzolangan sana so‘zlar bilan qayd qilinishi; 
bitim tasdiqlangan notarial idoraning nomi va joylashgan yeri (pochta 
manzili) va notariusning ismi, familiyasi, otasining ismi; 
taraflarning familiyasi, ismi, otasining ismi, doimiy yoki vaqtincha yashash 
joyi bo‘yicha ro‘yxatga olingan manzili, pasporti (identifikatsiya ID-kartasi) yoki 
shaxsini tasdiqlovchi boshqa hujjatining raqami, qachon va kim tomonidan 
berilganligi, bitim taraflaridan biri chet el fuqarosi bo‘lsa, uning fuqaroligi; 
bitimda yuridik shaxs ishtirok etayotgan hollarda yuridik shaxsning to‘liq 
nomi, joylashgan yeri (pochta manzili), STIRi, davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi 
to‘g‘risidagi guvohnoma raqami va sanasi, davlat ro‘yxatidan o‘tkazgan organning 
nomi; 
bitim predmeti, uning tarkibi va tavsifi; 
bitim predmeti uni boshqa shaxsga o‘tkazuvchiga qaysi hujjatga asosan 
tegishli ekanligi va bu hujjatlarning kim tomonidan va qachon berilganligi yoki 
tasdiqlanganligi; 
bitim predmeti boshqa shaxsga o‘tkazilishi taqiqlanmaganligi va 
xatlanmaganligi (Tizim orqali chiqarilgan kartochka raqami); 
bitim predmetining kadastr qiymati (agar mavjud bo‘lsa) va taraflar 
tomonidan kelishilgan baho; 
bitim predmeti uchun haq to‘lashning shakli va zarur hollarda muddatlari; 
bitim predmetiga nisbatan uni oluvchida mulk huquqining vujudga kelishi; 
bitim predmetiga nisbatan majburiyatlarni oluvchiga o‘tishi yoki boshqa 
holatlar; 
taraflarning o‘zaro kelishuviga ko‘ra qonunchilik hujjatlariga zid 
kelmaydigan huquq va majburiyatlarining o‘tishi haqidagi boshqa shartlar; 


bitim predmeti uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismi bo‘lganida, 
mazkur uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismida foydalanish huquqini 
saqlab qoluvchi shaxslar ro‘yxati (oldi-sotdi shartnomalarida); 
bitim predmetiga nisbatan mulk huquqining o‘tishi munosabati bilan 
qonunchilik hujjatlari talablari tushuntirilganligi, davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi 
lozimligi (davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi lozim bo‘lgan mulklar bo‘yicha); 
bitim necha nusxada tuzilganligi; 
bitimning mazmuni, ahamiyati notarius tomonidan tushuntirilganligi, bitim 
matni bilan taraflar to‘liq tanishganligi va taraflarning asl maqsadiga muvofiq 
kelishi o‘z aksini topishi kerak. 
Ko‘chmas mulk va avtotransport vositalari bilan bog‘liq bitimlarning 
tasdiqlovchi yozuvda gerbli (maxsus) blankaning (blankalarning) seriyasi, tartib 
raqami va hududiy kodi ko‘rsatilishi lozim. 
Bitimning barcha nusxalarini taraflar (ularning qonuniy vakili, vasiy yoki 
homiysi) familiyasi, ismi va otasining ismini to‘liq yozib shaxsan imzolaydilar. 
Bitimning barcha nusxalariga notarius tegishli tasdiqlovchi yozuvni yozib, 
Tizimga qayd qilingan tartib raqamini, undirilgan to‘lovlar (davlat boji, gerb 
yig‘imi hamda huquqiy va texnik tusdagi qo‘shimcha harakatlar amalga 
oshirilganligi uchun haq) miqdorini ko‘rsatib imzolaydi va muhrini qo‘yadi. 
25. Bitim vakil tomonidan tuzilgan taqdirda, uning vakolati tekshiriladi. 
Vakilning vakolati uning nomiga berilgan ishonchnoma va (yoki) 
vakolatini tasdiqlovchi boshqa hujjatlar (qaror, umumiy majlis bayonnomasi, 
kuzatuv kengashining qarori, buyruq va hokazo) bilan tasdiqlanadi. 
Notarius ta’sis hujjati bo‘yicha bitimlar tuzish huquqiga ega bo‘lgan 
yuridik shaxslarning rahbarlaridan bitimlar va boshqa harakatlarni bajarish uchun 
ishonchnoma talab qilmaydi. Bunday hollarda ularning mansab mavqeini 
tasdiqlovchi hujjat talab qilinadi. 
Vakil tomonidan taqdim etilgan ishonchnoma shubha tug‘dirgan taqdirda, 
notarius uni tasdiqlagan tegishli mansabdor shaxs (tashkilot) orqali tegishli 
ravishda tekshirishi lozim. Notarial tasdiqlangan ishonchnomaning bekor bo‘lgan 
yoki bo‘lmaganligi haqidagi ma’lumot Tizim orqali tekshiriladi. 
26. O‘n to‘rt yoshga to‘lmagan voyaga yetmaganlar (kichik yoshdagi 
bolalar) uchun bitimlarni O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi 29-
moddasining 
ikkinchi qismida 
ko‘rsatilganlardan tashqari, ularning nomidan faqat 
ota-onasi, farzandlikka oluvchilari yoki vasiylari tuzishi mumkin. 
Vasiylik sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan shaxslarga 
nisbatan ham belgilanadi. Muomalaga layoqatsiz deb topilgan fuqaro nomidan 
bitimlarni uning vasiysi amalga oshiradi. 


Vasiylikdagi shaxs nomidan hadya shartnomasi tuzishga yo‘l qo‘yilmaydi. 
Bu qoidalar ota-onalar (farzandlikka oluvchilar) tomonidan o‘zlarining voyaga 
yetmagan bolalariga vasiylik, homiylik qiluvchilar sifatida tuziladigan bitimlarga 
ham tegishlidir. 
O‘n to‘rt yoshdan o‘n sakkiz yoshgacha bo‘lgan voyaga yetmaganlar, 
O‘zbekiston 
Respublikasi 
Fuqarolik 
kodeksi 
27-moddasining 
ikkinchi 
qismida 
sanab o‘tilganlardan tashqari, bitimlarni o‘z ota-onalari, farzandlikka 
oluvchilari yoki homiylarining yozma roziligi bilan tuzadilar. Bunday bitimlarni 
tuzishda ota-onaning har ikkisining roziligi talab qilinadi. 
Homiylik sud tomonidan muomala layoqati cheklangan deb topilgan 
shaxslarga nisbatan ham belgilanadi. Muomalaga layoqati cheklangan deb topilgan 
fuqaro bitimlarni homiyning roziligi bilangina amalga oshiradi. 
Vasiy va homiy, ularning eri (xotini) va yaqin qarindoshlari vasiylik va 
homiylikdagi shaxs bilan bitimlar tuzishga, shuningdek vasiylikdagi yoki 
homiylikdagi shaxs bilan vasiy yoki homiyning eri (xotini) va yaqin qarindoshlari 
o‘rtasidagi sud ishlarini yuritishda vasiylik yoki homiylikdagi shaxsning vakili 
bo‘lishga haqli emas. 
Ota-onalar, farzandlikka oluvchilar, homiylik va vasiylik qiluvchilar 
qandaydir sabablarga ko‘ra (xizmat safarida bo‘lish, boshqa joyda yashashi va 
hokazo) bitimni tasdiqlashga rozilik bera olmasalar, bitim vasiylik va homiylik 
organi vakilining ishtirokida tasdiqlanishi mumkin. Bu holda O‘zbekiston 
Respublikasi 
«Vasiylik 
va 
homiylik 
to‘g‘risida»gi 
Qonunining 
37-
moddasi 
talablariga rioya etiladi. 
Ota-ona vafot etganda, ota-onalik huquqidan mahrum etilganda, ularning 
ota-onalik huquqi cheklanganda, ular muomalaga layoqatsiz deb topilganda, kasal 
bo‘lganda, uzoq muddat bo‘lmaganda, ota-ona bolalarni tarbiyalash yoki ularning 
huquq va manfaatlarini himoya qilishdan bo‘yin tovlaganda, shu jumladan ota-ona 
tarbiya, davolash, aholini ijtimoiy himoyalash muassasalari va shunga o‘xshash 
boshqa muassasalardagi bolasini olishdan bosh tortganda, shuningdek ota-ona 
qaramog‘idan mahrum bo‘lgan boshqa hollarda bolalarning huquq va manfaatlarini 
himoya qilish vasiylik va homiylik organlari zimmasiga yuklatiladi. 
Vasiylar vasiylik va homiylik organlarining ruxsati bilan vasiylikdagi shaxs 
nomidan notarial tartibda tasdiqlanishi lozim bo‘lgan bitimlar tuzishga haqli. 
27. Davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi lozim bo‘lgan mol-mulk bilan bog‘liq 
bitimlarni (mol-mulkni ijaraga berish va undan tekin foydalanish shartnomalarini 
bekor qilish haqidagi bitimlar, ko‘chmas mulkdan foydalanish va uni tasarruf etish 
haqidagi hamda transport vositasidan foydalanish va uni boshqarish haqidagi 
ishonchnomalar bundan mustasno) tasdiqlashda mol-mulkni boshqa shaxsga 
o‘tkazish taqiqlanmaganligi va (yoki) xatlanmaganligi Tizim orqali tekshiriladi. 
Bunda, mulkni boshqa shaxsga o‘tkazish taqiqlanmaganligi yoki xatlanmaganligi 
haqidagi ma’lumotnoma chop etiladi va tegishli hujjatlar yig‘majildi bilan birga 
tikiladi. 


Jismoniy va yuridik shaxsning talabiga ko‘ra unga tegishli mulkni boshqa 
shaxsga o‘tkazish taqiqlanmaganligi yoki xatlanmaganligi haqida ma’lumotnoma 
belgilangan miqdordagi to‘lov undirilgandan so‘ng beriladi. 
Ko‘chmas mulk va avtotransport vositalari bilan bog‘liq bitimlarni 
tasdiqlash O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro 
byurosi ma’lumotlar bazasi orqali jismoniy va yuridik shaxslarning ijro hujjatlari 
bo‘yicha, shuningdek ko‘chmas mulk bilan bog‘liq bitimlarni tasdiqlash 
kommunal tashkilotlar axborot tizimlari orqali elektr energiyasi, tabiiy gaz 
yetkazib berish, suv ta’minoti va suv chiqarish xizmatlaridan qarzdorligi 
mavjudligi onlayn rejimda tekshirilganidan keyin amalga oshiriladi. Bunda 
tekshirish o‘tkazilgan sana va vaqti ko‘rsatilgan hamda maxsus QR-kodga ega 
bo‘lgan tekshirish natijalari to‘g‘risidagi ko‘chirma chop etiladi va tegishli 
hujjatlar yig‘majildi bilan birga tikiladi. Elektron tizimlarda texnik nosozliklar 
bo‘lganda, ushbu tashkilotlar bilan axborot almashuvi kurerlik xizmati orqali 
amalga oshiriladi. 
Tadbirkorlik sub’ektlari — yuridik shaxslar o‘rtasidagi ko‘chmas mulk 
oldi-sotdi 
shartnomalarini 
tasdiqlash O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar 
Mahkamasining 2020 yil 18 noyabrdagi 726-son qarori bilan tasdiqlangan 
Notariuslar tomonidan ko‘chmas mulklarni boshqa shaxsga o‘tkazish haqidagi 
bitimlarni tasdiqlashning 
ma’muriy reglamentiga
 muvofiq amalga oshiriladi. 
28. Ko‘chmas mulk yoki avtomototransport vositasi taraflar o‘rtasidagi 
to‘lov majburiyatlarini keyinchalik, ya’ni bitimda ko‘rsatilgan ma’lum muddatda 
amalga oshirish sharti bilan boshqa shaxsga o‘tkazilganda, notarius tomonidan 
taraflar o‘rtasidagi to‘lov va boshqa majburiyatlar amalga oshirilgunga qadar 
bitimda ko‘rsatilgan muddatga ko‘chmas mulk yoki avtomototransport vositasini 
boshqa shaxsga o‘tkazishga taqiq qo‘yiladi. 
29. Er (xotin)ning umumiy birgalikdagi mulki bo‘lgan ko‘chmas mulk va 
avtomototransport vositasini boshqa shaxsga o‘tkazish bo‘yicha bitim tuzish uchun 
xotinning (erning) notarius, Qonunning 
26-moddasida 
sanab o‘tilgan mansabdor 
shaxslar yoki O‘zbekiston Respublikasi konsullik muassasalarining konsullari 
tomonidan shahodatlantirilgan yozma roziligi olinishi lozim. 
Avtomototransport vositasini boshqa shaxsga o‘tkazish bo‘yicha bitim 
tasdiqlashda er yoki xotin imzosining haqiqiyligini shahodatlash er yoki xotinning 
notarial idoraga shaxsan o‘zi kelgan hollarda talab etilmaydi. Bunda, notarius er 
yoki xotinning shaxsini aniqlaydi, imzoning haqiqiyligini tekshiradi, bu haqda 
arizaga belgi va shaxsini tasdiqlovchi hujjatning nomini, uning raqamini, qachon 
va kim tomonidan berilganligini hamda tug‘ilgan yilini ko‘rsatadi. 
Ko‘chmas mulk va avtomototransport vositasini boshqa shaxsga 
o‘tkazayotgan fuqaro eri yoki xotini yo‘qligi (beva ekanligi yoki bo‘ydoq) haqida 
yozma ariza taqdim etganda, notarius bitimning ikkinchi tarafini ariza bilan 
tanishtiradi va huquqiy oqibatini tushuntiradi. Ikkinchi taraf arizaga familiyasi, 
ismi, otasining ismini to‘liq yozib, imzo qo‘yadi. Ushbu holatni aniqlashda 


notariusga tegishli ravishda quyidagi hujjatlar asos bo‘ladi: fuqaroning pasporti, 
(identifikatsiya ID-kartasi) nikohdan ajralganlik haqidagi guvohnoma yoki o‘lim 
haqidagi guvohnoma va nikoh tuzilganligi haqidagi guvohnoma yoxud 
dalolatnoma yozuvlaridan ko‘chirmalar. Ushbu ariza ko‘chmas mulk va 
avtomototransport vositasini boshqa shaxsga o‘tkazayotgan fuqaroning shaxsan 
o‘zi tomonidan beriladi, bitim vakil orqali tuzilgan taqdirda esa u tomonidan 
ishonchnoma beruvchining eri yoki xotini yo‘qligini tasdiqlovchi hujjatlar taqdim 
etilgan holda vakildan bunday ariza olinadi. 
Er yoki xotindan biri vafot etganda ularning nikohi davomida orttirilgan 
umumiy birgalikdagi mol-mulkiga nisbatan vorislik qoidalari qo‘llaniladi. 
Er (xotin)ni bedarak yo‘qolgan deb topish to‘g‘risida sud hujjati mavjud 
bo‘lgan hollarda notarius bitimni tasdiqlashi mumkin. Bu holda notarius 
O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 
35-moddasi 
mazmunini bitim 
matnida ko‘rsatib o‘tishi va taraflarga tushuntirishi lozim. 
Nikoh qayd etilgunga qadar sotib olingan, meros tariqasida yoki hadya 
shartnomasi bo‘yicha olingan, shuningdek nikoh davomida sotib olingan ko‘chmas 
mulk va avtomototransport vositasi nikoh shartnomasiga asosan taqsimlab olingan 
bo‘lsa yoki er-xotin o‘rtasidagi mulkni bo‘lish to‘g‘risidagi sud hujjati yoxud 
notarial tartibda rasmiylashtirilgan kelishuv mavjud bo‘lsa, ko‘chmas mulk va 
avtomototransport vositasini boshqa shaxsga o‘tkazish bo‘yicha bitimni tasdiqlash 
uchun er yoki xotinning roziligi talab qilinmaydi. 
30. Agar umumiy ulushli mulk ishtirokchilaridan biri o‘z ulushini boshqa 
shaxsga sotayotgan yoki boshqacha tarzda haq evaziga boshqa shaxsga berayotgan 
bo‘lsa, notarius sotuvchining yoki boshqa shaxsga boshqacha tarzda haq evaziga 
beruvchi ushbu niyati haqida boshqa qolgan mulkdorlarni o‘z ulushini boshqa 
shaxsga haq evaziga o‘tkazayotganligi to‘g‘risida, ulushning narxini va sotishning 
(to‘lov majburiyatini kechiktirish, bo‘lib-bo‘lib to‘lash va boshqa) shartlari 
to‘g‘risida yozma ravishda xabardor qilganligiga ishonch hosil qilmog‘i zarur. 
Agar qolgan mulkdorlar imtiyozli sotib olish huquqidan voz kechsalar yoki 
bu huquqni xabar qilingan kundan e’tiboran bir oy davomida amalga oshirmasalar, 
sotuvchi o‘z ulushini har qanday shaxsga sotishga haqli bo‘ladi. 
31. Umumiy ulushli mulk ishtirokchilarining imtiyozli sotib olish 
huquqidan voz kechish to‘g‘risidagi arizalari umumiy ulushli mulkning boshqa 
mulkdorlari xabardor qilinganining isboti bo‘la oladi. 
Umumiy ulushli mulk ishtirokchilari imtiyozli sotib olish huquqidan voz 
kechish to‘g‘risidagi arizalaridagi imzolarining haqiqiyligi notariuslar, 
Qonunning 
26-moddasida 
sanab o‘tilgan mansabdor shaxslar yoki O‘zbekiston 
Respublikasi konsullik muassasalarining konsullari tomonidan shahodatlantiriladi. 
Umumiy ulushli mulk ishtirokchilarining umumiy ulushli mulkdagi 
sotilayotgan ulushni imtiyozli sotib olish huquqidan voz kechish haqidagi arizasi 
mazmunida ulush sotilayotgani, ulushning narxi va boshqa shartlaridan xabardor 


ekanliklari ko‘rsatilishi shart. Umumiy ulushli mulkning qolgan mulkdorlari 
umumiy ulushli mulkdagi ulushni oldi-sotdi shartnomasi tasdiqlanayotgan notarial 
idoraga shaxsan o‘zlari kelib imtiyozli sotib olish huquqidan voz kechish arizasini 
bergan hollarda ushbu arizadagi umumiy ulushli mulk ishtirokchilari imzosining 
haqiqiyligini shahodatlash talab etilmaydi. Ushbu holda notarius uning shaxsini 
aniqlaydi, imzosining haqiqiyligini tekshiradi, bu haqda arizaga belgi va shaxsini 
tasdiqlovchi hujjatning nomini, uning raqamini, qachon va kim tomonidan 
berilganligini hamda tug‘ilgan yilini ko‘rsatadi. 
Agar sotuvchining arizasi uning iltimosiga ko‘ra Qonunning 
73-
moddasiga 
asosan bitimni tasdiqlaydigan notarius tomonidan umumiy ulushli mulk 
ishtirokchisiga topshirilgan bo‘lsa, uning bir nusxasi oldi-sotdi shartnomasining 
notariusda qoladigan nusxasiga tikib qo‘yiladi. 
Umumiy ulushli mulk ishtirokchisidan javob olingan taqdirda, bu javob 
ham shartnomaning notariusda saqlanadigan nusxasiga tikib qo‘yiladi. Umumiy 
ulushli mulk uning ishtirokchilaridan biriga sotilsa, umumiy ulushli mulkning 
qolgan ishtirokchilarini bu haqda xabardor qilish talab etilmaydi. 
32. Umumiy ulushli mulkning qolgan ishtirokchilari mulkni imtiyozli sotib 
olish huquqidan voz kechgan yoki sotib olish niyati va shartlari to‘g‘risida xabar 
qilingan kundan boshlab bir oy davomida bu huquqni amalga oshirmasalar, 
notarius tegishli ulushini sotish bo‘yicha oldi-sotdi shartnomasini tasdiqlaydi. 
Uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismidagi ulushni boshqa 
shaxsga o‘tkazishda oldi-sotdi shartnomasi umumiy ulushli mulkning imtiyozli 
sotib olish huquqiga ega boshqa ishtirokchilarining yashash manzili noma’lum 
bo‘lgan hollarda ham tasdiqlanadi. Mazkur holda sotuvchi ichki ishlar 
organlarining 
Manzil-ma’lumotlar 
byurosi tomonidan berilgan tegishli 
ma’lumotnomani notariusga taqdim etishi kerak. 
Agar umumiy ulushli mulk mulkdorlaridan biri vafot etgan bo‘lsa, notarius 
sotuvchidan uning o‘lim haqidagi guvohnomasini talab qiladi. Notarius Tizim 
orqali umumiy ulushli mulk mulkdoriga nisbatan meros ishi ochilgan yoki 
ochilmaganligini tekshiradi. Meros ishi ochilib, merosxo‘rlar tarkibi aniqlangan 
taqdirda, ular notarial idoraga taklif qilinib, O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik 
kodeksining 
224-moddasiga 
ko‘ra umumiy ulushli mulk mulkdori bo‘lishligi va 
kelajakda imtiyozli huquqdan foydalanishligi to‘g‘risida tushuntiriladi va ularning 
arizalari olinadi yoki notarius tomonidan sotuvchining arizasi uning iltimosiga 
ko‘ra Qonunning 
73-moddasiga 
muvofiq imtiyozli sotib olish huquqiga ega 
bo‘lgan merosxo‘rlarga topshiriladi. 
Bunda meros ishi ochilganligi to‘g‘risida Tizimda ma’lumot bo‘lmagan 
taqdirda notarius tegishli ulushini sotish bo‘yicha oldi-sotdi shartnomasini 
tasdiqlaydi. 
33. Umumiy ulushli mulk ishtirokchilaridan bir nechasi sotilayotgan 
ulushni sotib olish istagini bildirsalar, sotib oluvchini tanlash huquqi sotuvchiga 
beriladi. Sotilayotgan ulush boshqa shaxsga o‘tkazilganligi to‘g‘risida mulkka 


bo‘lgan huquqni tasdiqlovchi asosiy hujjatga tegishli belgi kiritilib, unga 
notariusning imzosi va muhri qo‘yiladi. 
34. Umumiy ulushli mulkdagi mol-mulk ishtirokchilari o‘rtasida umumiy 
ulushli mulk taqsimlangan va undan ulush ajratilgan holatda ulushni boshqa 
shaxsga o‘tkazish bo‘yicha bitim matnida mulkning aniq qismlari bilan bir qatorda 
uning arifmetik ulushlari ham ko‘rsatiladi. 
35. O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 
218 
va 
224-
moddalariga
 asosan, umumiy ulushli mulk ishtirokchisi o‘zining ulushini boshqa 
mulkka ayirboshlaganida yoki uni boshqacha tarzda haq evaziga o‘zga shaxsga 
berganida, mazkur Yo‘riqnomaning 
30 — 34-bandlari
 hamda O‘zbekiston 
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 18 noyabrdagi 726-son qarori bilan 
tasdiqlangan Notariuslar tomonidan ko‘chmas mulklarni boshqa shaxsga o‘tkazish 
haqidagi bitimlarni tasdiqlashning 
ma’muriy reglamenti
 qoidalari qo‘llaniladi. 
36. Notarial tasdiqlangan bitimni bekor qilish alohida kelishuv tuzish yo‘li 
bilan amalga oshiriladi. Agar bitimda bir taraf yoki ikkala taraf yuridik shaxs 
bo‘lsa, bitimni bekor qilish vaqtida yuridik shaxsning tashkiliy-huquqiy shakliga 
qarab bitimni bekor qilish haqidagi qarori (umumiy majlis bayonnomasi, kuzatuv 
kengashining qarori, buyrug‘i va hokazo) olinadi. Bitimning barcha nusxalariga 
bitim bekor qilinganligi haqida yozib qo‘yiladi hamda unga notariusning imzosi va 
muhri qo‘yiladi hamda Tizimga bu haqida ma’lumot kiritiladi. Bitimning taraflarga 
berilgan nusxalarini taqdim etish imkoni bo‘lmagan (yo‘qolgan yoki boshqa) 
hollarda bu haqida ariza olinadi. 
Mol-mulkni boshqa shaxsga o‘tkazish bilan bog‘liq bitimni bekor qilishda 
bitim predmeti ko‘chmas mulk bo‘lib davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan taqdirda, 
Tizim orqali Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri yer 
tuzish va ko‘chmas mulk kadastri davlat korxonasining tegishli tuman (shahar)dagi 
filialining bino va inshootlarning tarkibi va tegishliligi to‘g‘risidagi belgilangan 
namunadagi ma’lumotnomasi (bundan buyon matnda kadastr ma’lumotnomasi deb 
yuritiladi) olinadi hamda ko‘chmas mulkni boshqa shaxsga o‘tkazish 
taqiqlanmaganligi yoki xatlanmaganligi tekshiriladi. 
Mol-mulkni boshqa shaxsga o‘tkazish bilan bog‘liq bitimni bekor qilishda, 
agar mulk er-xotinning birgalikdagi mulki bo‘lsa, notarius ulardan ikkinchisining 
(mulk oluvchining) bitimni bekor qilishga rozi ekanligi to‘g‘risidagi notarius, 
Qonunning 
26-moddasida 
sanab o‘tilgan mansabdor shaxslar yoki O‘zbekiston 
Respublikasi konsullik muassasalarining konsullari tomonidan shahodatlantirilgan 
arizasini talab qiladi. 
Notarius bitimni haqiqiy emas deb topganligi to‘g‘risidagi sudning qonuniy 
kuchga kirgan hal qiluv qarori, ajrimi (bundan buyon matnda sud hujjati deb 
yuritiladi)ni olgan taqdirda, bu haqda bitimning notarial idora yig‘majildlarida 
saqlanadigan asl nusxasiga tegishli yozuv kiritadi, o‘z imzosi va muhrini qo‘yadi 
va Tizimga ma’lumot kiritadi. 


Bitim sud tomonidan haqiqiy emas deb topilganda yoki taraflarning 
kelishuviga ko‘ra bekor qilinganda notarial idorada saqlanayotgan bitim 
predmetiga oid mulk huquqini tasdiqlovchi hujjatning kseronusxasini qoldirib, asl 
nusxasini mulkdorga yoki uning merosxo‘rlariga yoxud vakillariga qaytarib beradi. 
Notarial idorada qolgan bitimning kseronusxasiga uning qaytarilganligi haqida 
hujjatni olgan shaxs imzo qo‘yadi. Bitimning asl nusxasi merosxo‘rlarga berilgan 
taqdirda, ularning merosxo‘r ekanligini tasdiqlovchi tegishli hujjatlar tekshiriladi 
va ularning kseronusxalari notarial idorada qoldiriladi. 
Bitimlar bekor qilingan vaqtda to‘langan davlat boji, gerb yig‘imi hamda 
huquqiy va texnik tusdagi qo‘shimcha harakatlar amalga oshirilganligi uchun 
to‘lovlar qaytarilmaydi. 
37. Diplomatik vakolatxonani va vakolatxona boshlig‘i qarorgohini 
joylashtirish uchun ko‘chmas mulkni sotib olish yoki ijaraga olish haqidagi 
bitimlarni tasdiqlashda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001 
yil 8 maydagi 207-son qarori bilan tasdiqlangan Xorijiy davlatlarning O‘zbekiston 
Respublikasidagi 
diplomatik 
vakolatxonalari 
va 
konsullik 
muassasalari 
to‘g‘risidagi 
nizomga 
muvofiq bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar 
vazirligini oldindan xabardor qilganligini tasdiqlovchi hujjat taqdim etadi. 

Yüklə 345,13 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin