O‘zbekiston Respublikasi Avtomobil yo‘llari davlat qo‘mitasi
O'zbekiston yangiliklari
Prezident O'zbekistonni rivojlantirish bo'yicha harakatlar
strategiyasini tasdiqladi
Prezident 2017?2021-yillarda O'zbekistonni
rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha
harakatlar strategiyasini tasdiqladi.
O'zbekiston Prezidenti 7-fevral kungi farmoni bilan
2017?2021-yillarda O'zbekistonni rivojlantirishning beshta
ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar
strategiyasini
tasdiqladi
.
Strategiya loyihasi dolzarb hamda aholi va tadbirkorlarni tashvishga solayotgan
masalalarni kompleks o'rganish, qonunchilik, huquqni muhofaza
qilish amaliyoti va xorijiy
tajribani tahlil qilish yakunlari bo'yicha ishlab chiqildi. Hujjat internetda e'lon qilinib,
ekspertlar va jamoatchilikning keng muhokamasidan o'tdi.
Harakatlar strategiyasi besh bosqichda amalga oshirilib, ularning har biri bo'yicha yil
nomlanishidan kelib chiqqan holda alohida bir yillik davlat dasturini tasdiqlashni nazarda
tutadi. Xususan, 2017-yil — Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili deb e'lon qilindi.
2017?2021-yillarda O'zbekistonni rivojlantirish harakatlar strategiyasining beshta