Pedagogik nazokat - oqituvchi axloqining ijodiy korinishi. Mutaxassisning pedagogik odobi. Mutaxassisning pedagogik odobi - yuksak madaniyati va manaviyatida bilinadi. Ochiq kongil, qatiylik, turli vaziyatlarda ozini tuta bilishi, talabalarga nisbatan talabchan va mehribon, tamoyilli va gamhor, ota-onalar, talabalar, kasbdoshlar bilan ijobiy muloqotda bola oladigan, fikrlovchi va dunyoqarashi keng bolishi lozim.
Kasb odobining tarkibi-axloqiy bilim, axloqiy his-tuygu, axloqiy etiqod, axloqiy idealdan iborat.
Axloqiy bilimlar - insonning xulqini tartibga soluvchi xulq-atvor togrisidagi tushunchalar, qoidalar, talablar, tamoyillardir.
Xulq-atvor tushunchalari: yaxshilik, adolat, masuliyat, burch, vatanparvarlik, mehnatsevarlik, kasbga sodiqlik.
Axloqiy qoidalar - umuminsoniy va axloqiy qadriyatlar, diniy, dunyoviy axloqiy bilimlarga ega bolishlik.
Axloqiy his-tuygu - oz kasbidan faxrlanish, zavqlanish, gururlanish, oz qadr-qimmatini anglash, masuliyatni, javobgarlikni his qilish.
Axloqiy etiqod - jamiyatga, oz kasbiga, talabalar, kasbdoshlari, ota-onalar oldidagi vazifasini bajarishini his qilish, axloqiy bilim qarashlariga ega bolishdir.
Bir adib oz vaqtida Biz pedagoglarga unday qiling yoki bunday qiling demaymiz. Biz ularga ozingiz boshqarmoqchi bolgan psihik hodisalarning qonunlarini organing va shu qonunlarni hamda ularni qollamoqchi bolgan muhitlarni nazarda tutib, ish koring deymiz. Faqat mana shu muhitlarning ozigina hilma-hil emas, balki tarbiyalanuvchilarning tabiati ham bir-biriga togri kelmaydi. Tarbiya muhitining hamda tarbiyalanuvchilar shaxsining shunday ota hilma-hilligida qandaydir umumiy tarbiyaviy retseptlar berish mumkinmi? Mana shuning uchun ham biz pedagoglarga imkon boricha umuman kishini organishi, oz tarbiyalanuvchilarini va ularni orab turgan muhitni organishni, har doim ham hayolga kelavermaydigan pedagogik tadbirlar tarihini organishni, ozida tarbiyaning aniq ijobiy maqsadini tarkib toptirishni va egallagan bilimlarga hamda oz aqliga tayanib, bu maqsadga erishish sari ogishmay borishni maslahat beramiz. Pedagogik faoliyat jarayonida oqituvchi ota hilma-hil kasbiy va shaxsiy sifatlarni namoyon qiladi. Bu sifatlar bir-biri bilan uzviy boglangan va mutaxassis - murabbiyning amaliy faoliyatida bir butun sifatida yuzaga chiqadi. Shaxsiy sifatlar, mahsus bilimlar va kasbiy bilimlar murakkab va kop qirrali birikmasini pedagogik qobiliyatlar deb, atash qabul qilingan. Pedagogik qobiliyatlar murakkab strukturaga egadir.
Pedagogik qobiliyatlarning shakllanishiga oqituvchilarni tayyorlab etishtiradigan oquv yurtlaridagi talim-tarbiya jarayoni katta tasir korsatadi. Ammo har bir bolajak mutaxassis murabbiy, bilim yurtida ishlayotgan oqituvchi ozlarida pedagogik qobiliyatlarini ostirish uchun zor ishtiyoqni namoyon qilishlari kerak. Pedagogik qobiliyat pedagogik faoliyatning shartigina emas, balki natijasi hamdir. Pedagogik mahorat mutaxassis - murabbiyda pedagogik odobi(nazokati) ning mavjudligi bilan harakterlanadi.
Mutaxassis - murabbiyning umumiy manaviy tarbiyalanganligi pedagogik odobining asosidir. Pedagogik odobi - bu talabalarga nisbatan pedagogik etikaning oziga hos amalga oshirilishidir. Pedagogik odobi - bu oqituvchining yuksak insoniylik, insonga mehribonlik, ozini tuta bilishi, sabr-bardosh, har qanday vaziyatlarda ham hayrihohlik munosabatlarini ornata bilishi kabilarni qamrab oluvchi manaviy xulq-atvoridir. Pedagogik odobiga ega bolgan mutaxassis - murabbiy talabalar, ota-onalar, hamkasblari bilan boladigan oz munosabatlarini ustalik bilan boshqaradi. Pedagogik odobida avvalo insonga chuqur hurmat namoyon boladi. Murabbiy talabaning tarkib topayotgan shaxsi bilan ish koradi va uning talabalar bilan boladigan barcha munosabati: insonga mumkin qadar aql, talabchanlik va unga imkon darajasida kop hurmat tamoyili asosida korinishini amalga oshiradi.
Bir qator kasbiy malakalar pedagogik odobi bilan boglangan. Bu pedagogik vaziyatni baholash, talabalarning xususiyatlarini hisobga olish, pedagogik tasir keltirib chiqarishi mumkin bolgan samarani oldindan korish malakasidir. Pedagogik odobi yuksak pedagogik mahorat mavjudligining belgisidir. Pedagogik odobini egallash mutaxassis - murabbiydan oz ustida puhta oylab ishlashni talab qiladi. Murabbiy oz xatti - harakatini doimo nazorat qilishi, qarashi, ishorasi bilan talabalar xatti-harakatiga oz munosabatini bildira olishi kerak. Yani, pedagogik odobi oqituvchida oz tuygularini ifoda qilishning sof tashqi malakalari mavjud bolishini ham nazarda tutadi. Malakalarning bunday majmui pedagogik mahoratining tarkibiy qismi bolib, u pedagogik texnikasi deb ataladi. Pedagogik texnikasi murabbiyga talabalar va ularning ota-onalari bilan muloqotda bolishda togri muomala tarzini tanlash imkonini beradi. Muomala tarzi, talabalar bilan munosabat uslubi, diktsiya, mimika, imo-ishorani togri tanlash, bularning barchasi pedagogik texnikasi tushunchasiga kiradi. Mutaxassis - murabbiyning pedagogik mahorati, uning intellekti va madaniyatiga milliy dasturda jiddiy etibor beriladi va shu orinda mutaxassis - murabbiy oz pedagogik mahoratini, kasbga doir vazifalarini hal qilish qanchalik qolidan kelishini doimo tekshirib borishi, bola ongi hamda qalbiga eng yaxshi yollarni ahtarishi kerakligi takidlab otiladi. Milliy dasturda mutaxassis - murabbiy oz tarbiyalanuvchilarini faqat bilimlar bilan qurollantirib qolmasligi takidlanadi.
Axloqiy bilimlar - insonning xulqini tartibga soluvchi xulq-atvor togrisidagi tushunchalar, qoidalar, talablar, tamoyillardir.
Xulq-atvor tushunchalari: yaxshilik, adolat, masuliyat, burch, vatanparvarlik, mehnatsevarlik, kasbga sodiqlik.
Axloqiy qoidalar - umuminsoniy va axloqiy qadriyatlar, diniy, dunyoviy axloqiy bilimlarga ega bolishlik.
Axloqiy his-tuygu - oz kasbidan faxrlanish, zavqlanish, gururlanish, oz qadr-qimmatini anglash, masuliyatni, javobgarlikni his qilish.
Axloqiy etiqod - jamiyatga, oz kasbiga, talabalar, kasbdoshlari, ota-onalar oldidagi vazifasini bajarishini his qilish, axloqiy bilim qarashlariga ega bolishdir.