Oqituvchi nazokatida dilkashlik va pedagogik takt
Pedagogikada axloq va odobning muhim xususiyatlaridan biri bol-mish dilkashlik insonning atrofdagi odamlar bilan barqaror, yaqin muno-sabatda bolishga intilishi deb tariflanadi. Bu intilish oqituvchining oquvchilar va atrofidagi kishilar bilan tez aloqa ornata olishi va belgi-langan maqsadga erishishini taminlaydi. Albatta bu jarayon birdaniga sodir bolmaydi, ayniqsa yosh oqituvchilardan psixologik bilim, kishilar bilan muloqotda xushmuomalalik, ehtiyotkorlik talab qilinadi. Psixo-loglar oqituvchilarning dilkashlik xususiyati ikki toifadagi odamlar xarakterida mujassamlashgan deb takidlaydilar:
Birinchisi, ekstravert shaxslar: Ular barcha ishlarda faol, jiddiy va vazmin, osoyishtalikka va tashqi tasirchanlikka moyil kishilardir.
Ikkinchisi, introvert shaxslar: Ular faqat oz ichki olamiga beriluv-chan, atrofidagi odamlarga aralashmaydigan, oz-ozini nazorat qilishga, doimo ichki xavotirga moyil kishilardir.
Pedagog olimlar oqituvchining dilkashligi ekstravert yoki introvert xususiyatlarga ega bolgan shaxslar xarakterining birlashuvida paydo bolishini takidlaydilar. Biroq, kopincha, pedagogikada ekstravert tipdagi shaxslar dilkash insonlar sifatida etirof etilganlar. Oqituvchida ushbu hislatlarning mavjudligi, uning pedagogik nazokat qoidalariga rioya qilib dilkashlik xususiyatlarini rivojlantirishi pedagogik mahorat sirlarini takomillashtirish zamini va shartidir.
Dilkashlik munosabatini doimiy ravishda oz kasbiy faoliyatida mujassamlashtirgan oqituvchi quyidagilarni unutmasligi kerak:
sinf jamoasiga nisbatan bir qolipdagi fikrlarning muayyan tizimiga ega bo‘lishi;
o‘quvchilar bilan doimo erkin muloqot qila olishi, har bir o‘quv-chiga individual shaxs sifatida yondashishi;
birorta ham o‘quvchisining yomon bo‘lishiga, ularning hurmat e’tiborini qozonmasligi mumkin emasligiga ishonch hosil qilishi;
biror o‘quvchiga nisbatan ishonchsizlik, salbiy munosabat sinf ja-moasi bilan o‘zaro yaxshi munosabatni yo‘lga qo‘yilishiga xalaqit qili-shini bilishi;
o‘quvchilar bilan muloqotda haddan tashqari masofani (subardi-natsiya) saqlash mumkin emasligi;
sinf jamoasida sodir bo‘ladigan kulgili vaziyatlarda o‘qituvchining o‘ta jiddiy va qat’iy bo‘lishi jamoadagi qaltis ahvolni murakkablashtirib yuborishini unutmasligi;
har bir o‘quvchiga beriladigan xolisona va adolatli baho (ijobiy yoki salbiy) oqituvchi va oquvchi orasidagi munosabatni mustahkam-laydigan koprik ekanligini unutmaslik.
Oqituvchining kasbiy pedagogik faoliyatida dilkashlik fazilati oquvchilar jamoasi bilan qizgin, muvaffaqiyatli muloqotga kirishib ketishida namoyon boladi. Avvalo, oqituvchi ozining kasbiy-pedago-gik dilkashlik fazilati haqida va uning nima ekanligini va tarkibiy qism-lari nimalardan iboratligi togrisida aniq malumotga ega bolishi lozim. Shu bilan birga, oqituvchi ozining kasbiga xos bolgan shaxsiy fazi-latlari nuqtai nazaridan etibor berib, dilkashlikning qanday jihatlarini ozida shakllantirish lozimligini aniqlashi va oz-ozida kommunikativ hislatlarni tarbiyalashning shaxsiy rejasini tuzishi kerak.
Pedagogik kommunikatsiyaning oqituvchi kasbiy faoliyatidagi ahamiyati shundan iboratki, unda oqituvchining yuksak kommunikativ madaniyati qay darajada ekanligi namoyon boladi. Oqituvchining kommunikativ madaniyati oz navbatida turli pedagogik vaziyatlarda paydo boladigan oddiy insoniy dilkashlik xususiyatiga tayanadi. Har birimizda, oz shaxsiy muloqotimizning va ozgalarning biz bilan olib boradigan shirin xushmuomalali muloqotidan koplab ajoyib taassurotlar xotiramizda saqlanadi. Ozaro muomalada dilkashlik fazilatlarini namoyish etadigan koplab pedagog ustozlarni bilamiz. Ular har qanday vaziyatlarda kishilar bilan bemalol muloqotga kirishib keta oladilar. Biroq, muloqotda butun suhbat jarayonini faqat oziga qaratib, kommu-nikatsiyaning qoq markazida faoliyat korsatishni istovchi oqituvchilar ham bor. Hayotda yana shunday oqituvchilar uchraydiki, ular muloqotda kamgap, suhbatda istar-istamas ishtirok etishadi, mutlaqo faol kommu-nikativ rolni bajarishmaydi. Faqat kommunikativ xulqi bilan suhbat-doshini qollab turadi. Bazan hech kim bilan umuman muloqotga kirisha olmaydigan tund toifali oqituvchilar ham uchraydi. Ammo, pedagogik faoliyatda muloqotdagi xushmuomalalilik nafaqat insoniy fazilat sifatida, balki oqituvchilik kasbini tanlagan har bir kishining kasbidagi yuksak shaxsiy fazilati sifatida namoyon boladi. Xushmuomalalilik, Sharq mutafakkirlari ijodida yuksak odob namunasi sifatida tasvirlangan. Dilkashlik, oqituvchi uchun ajoyib bezak hisoblanadi va muosharat odobi sifatida talqin qilinib, oquvchilar ongiga singdirilgan.
Oqituvchining xushmuomalaligi va dilkashligi ozida butun bir glo-bal insonparvarlik jarayonini qamrab oluvchi, koplab tarkibiy qism-lardan iborat bolgan ajoyib fazilatlaridan biridir. Oz pedagogik kas-bidan voz kechgan sobiq oqituvchilar bilan suhbat jarayonida shu narsa malum boldiki, ularning kopchiligi qopol, muloqotda nazokatsiz kishilar. Odamlar bilan muloqotga kirishish, ular uchun qiziqarli emas. Shu sababli oqituvchi sifatida kasbiy hislatlari ham shakllanmagan. Muloqot jarayoni doimiy, uzoq vaqt davomida shakllanuvchi, keng qamrovli jarayon. Zero, shuning uchun pedagogik faoliyat muomalada qopol, nazokatsiz oqituvchilarni charchatadi, ish jarayoni uning ga-shiga va asabiga tegadi, talim muassasasidagi faoliyatiga putur etkazadi.
Xushmuomalalilik va dilkashlik shaxsning insoniy fazilati sifatida oqituvchilarning ham kasbiy faoliyatidagi yuksak fazilatlaridan biriga aylanib, oqituvchining pedagogik muloqoti unumdorligini taminlaydi. Pedagogika oliy talim muassasalarida bolajak oqituvchilarni kasbga yonaltirishda, xushmuomalalilik va dilkashlikni shakllantirish uchun maxsus tayyorgarlikdan otishni taqozo etadi. Oqituvchining dilkashligi uchta tarkibiy qismni birlashtiruvchi jarayondir:
muloqotda zaruriyatning mavjudligi;
muloqotdan keyin, muloqot paytida, muloqotgacha yaxshi kay-fiyat;
kommunikativ ko‘nikma va malakalarga ega bo‘lish.
Ushbu ta’rifda muloqotning o‘qituvchi kasbiy faoliyatidagi ijodiy jihatlari korsatilgan. Biroq, muloqot uchun zaruriyat hamisha mavjudligi umuminsoniy xususiyat bolib, u barcha kasb egalariga taalluqlidir.
Rus olimi A.V.Mudrik oz ilmiy tadqiqotlarida oqituvchining xush-muomalalilik bilan muloqotga kirishishi va unga konikma hosil qilishga nisbatan qobiliyatini aniqlaydigan quyidagi mezonlarni ajratib korsatadi:
inson tafakkurining o‘ziga xos xususiyatlarga muvofiqligi;
notiqlik san’atini mukammal egallaganlik yoki nutqda erkinlik;
xushmuomalalilik va shirinsuxanlik;
empatiya va o‘z-o‘zidan paydo bo‘ladigan o‘tkir zehnga ega bo‘lish;
ma’lum bir maqsadga qaratilgan aniq ijtimoiy munosabat (masa-lan, muloqot jarayonining natijalariga emas, balki o‘ziga nisbatan qizi-quvchanlik);
kommunikativ mahoratda – vaqtni, suhbatdosh ichki dunyosini, munosabatni, vaziyatni aniq mo‘ljalga olish.
Ushbu nuqtai nazardan ta’kidlash joizki, o‘qituvchining kasbiy faoli-yatida mavjud bo‘lgan pedagogik dilkashlik ham o‘ziga xos mazmunga ega va uning quyidagi tarkibiy qismlarini ajratib ko‘rsatish mumkin:
ta’lim va tarbiyaning turli sharoitlarida o‘quvchilar bilan doimiy muloqotda bo‘lish uchun barqaror zaruriyatning mavjudligi;
o‘qituvchining shaxsiy va kasbiy jihatdan dilkashlik va xushmu-omalalik fazilatlarini namoyon qilishda uzviylikning doimiyligi;
dilkashlik va xushmuomalalikning barcha bosqichlarida ruhiy xo-tirjamlikni his etish;
muloqotning samaradorligi va pedagogik faoliyatning turli tarkibiy qismlariga ijobiy ta’sir etishi;
pedagogik kommunikatsiya jarayonini amalga oshirishda qobi-liyatning mavjudligi;
o‘qituvchining pedagogik kommunikativ konikma va malakalarni doimiy egallab borishi.
Hozirgi kunda talim-tarbiyaning insonparvar, demokratik xarak-terda ekanligi, oquvchilarni erkin, mustaqil fikr yuritishga va ongli intizomga orgatish, intellektual va manaviy-axloqiy jihatdan tarbiya-lash, oqituvchidan chuqur bilimga, kasbiy malaka va konikmalarga, yuksak axloqiy fazilatlarga ega bolishni talab qiladi. Shu jihatdan oqituvchining oquvchilar bilan munosabatida Pedagogik takt muhim pedagogik qobiliyat sifatida etirof etiladi.
Takt sozi azaldan pedagogikada tarbiyaviy tasir etish manosini bildiradi va oquvchilar bilan ozaro munosabatni boshqarishga yordam beruvchi axloqiy kategoriya sifatida tariflanadi. Oquvchilar bilan mulo-qot jarayonida roy beradigan eng ogir vaziyatlarda ham pedagogik takt oqituvchidan mutlaqo bosiqlikni, suhbatdoshiga nisbatan hurmat va ehtiromni talab qiladi.
Pedagogik takt oqituvchi kasbiy mahoratining asosi bolib, oquv-chilarga barcha demokratik talablar asosida pedagogik tasir otkazish, muloqotni insonparvarlik tuygulari asosida ornatish olchovi, oquv-chilarda mustaqil fikr yuritishni hamda ongli intizomni tarkib toptirish konikmalarini hosil qilish shaklidir. Pedagogikada oqituvchining oquvchilar bilan munosabati ularning yosh xususiyatlariga qarab belgi-lanishi va bu qonuniyatga amal qilinishi qatiy talab qilinadi. Shunday ekan, oqituvchi talimtarbiya jarayonida hali toliq shakllanmagan, tasirlarga va ruhiy kechinmalarga tez beriluvchi, otaonasining sevimli farzandi bolgan murgak qalb egalari bilan muloqot qilayotganligini aslo unutmasligi kerak.
Oquvchilar bilan muloqotda pedagogik taktga zid bolgan qopollik, adolatsizlik, qorqitish, haqorat, mensimaslik, pedagogikaga zid bolgan jazolash usullarini qollash va boshqa ular shaxsiga salbiy tasir qiladigan turli jargon sozlar ishlatish oquvchilar qalbini umuman tuzalmaydigan darajada jarohatlab qoyishi, yoki oqituvchining obrosiga putur etka-zishi mumkin. Oqituvchi va oquvchi ortasidagi bunday qarama-qarshi-liklar, kopincha, dars va darsdan tashqari jarayonlarda sodir boladi. Bunda ayniqsa yosh oqituvchilarning pedagogik takt sirlarini bilmasligi, tajribasizligi pand beradi.
Oqituvchining taktik mahorati birdaniga shakllanib qolmaydi, u yillar davomida pedagogik faoliyatda, ustozlar tajribasini organishda, dars jarayonida, sinfdan tashqari faoliyatda va tarbiyaviy soatlarda oquvchilar bilan muloqotda takomillashib boradi. Dars jarayonida peda-gogik mahoratning asosi bolmish pedagogik taktga ega bolish oqi-tuvchi uchun juda zarurdir. 153
Dostları ilə paylaş: |