19- mavzu. Mеhnаt vа unga hаq to’lashning dastlabki hisobi Reja


Ish haqi to‘lash razryadi



Yüklə 77 Kb.
səhifə3/4
tarix31.03.2023
ölçüsü77 Kb.
#91822
1   2   3   4
19-mavzu

Ish haqi
to‘lash razryadi

Ta’rif koeffitsenti

Ish haqi
to‘lash razryadi

Ta’rif koeffitsenti

0

1

12

6,115




1

2,476

13

6,503




2

2,725

14

6,893




3

2,998

15

7,292




4

3,297

16

7,697




5

3,612

17

8,106




6

3,941

18

8,522




7

4,284

19

8,943




8

4,640

20

9,371




9

4,997

21

9,804




10
11

5,362

22

10,240




5.733







Ishchining ish haqi yoki oklad summasini aniqlash uchun nolinchi razryadning mehnatiga to‘lanadigan summani mazkur ishchiga belgilangan razradning koeffitsentiga ko‘paytirish kerak. YUqorida keltirilgan yagona tarif setkasini budjetdan moliyalashtiriladigan muassasalar, tashkilot va korxonalar qo‘llashga majbur.
O‘zining moliyaviy faoliyatini xo‘jalik hisobi asosida yurituvchi barcha davlat, aksioner korxonalari va tashkilotlari mehnatga haq to‘lashning yagona tarif setkasi asosida xodimlarning tarif-malakaviy razradlarini belgilashlari zarur. Boshqa mulk shaklidagi korxona,tashkilot va muassasalarga yagona tarif setkasi asosida xodimlarning tarif-malakaviy setkasini belgilab olish tavsiya qilinadi.
Tarif stavkalar va okladlar tizimini asosi bo‘lgan nolinchi razryadning minimal ish haqi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. Xususan nolinchi razryadning minimal ish haqisiga va qonunchilik bilan belgilangan o‘rtacha oy ish kunlarining uzunligiga (ish vaqtining o‘rtacha oy fondi) qarab 1-razryadning soatlar tarif stavkalarining minimal o‘lchami aniqlanadi. CHunonchi, nolinchi razradning minimal ish haqisi 172240 so‘m va (40 soatlik ish haftasida) ish vaqtining o‘rtacha oylik fondi 169,2 soat bo‘lgan taqdirda soatlik tarif stavkasining o‘lchami 1017,97 so‘m bo‘ladi (172240 : 169,2).
1-razrad stavkalarini mehnatga haq to‘lash shakllari (ishbay ishchilar va vaqtbay ishchilar), shuningdek kasb guruhlari va ish turlari (uch guruh stavkalar) bo‘yicha tabaqalashtirib korxona mehnatga haq to‘lash bo‘yicha tarif setkasini ishlab chiqishi mumkin. Har Bir korxona moliyaviy imkoniyatlari va boshqa ishlab chiqarish ko‘rsatkichlariga qarab o‘zining tarif koeffitsientlarini ishlab chiqadi.
Hozirgi vaqtda byudjetdan moliyalashtiriladigan muassasasalar, tashkilotlar va korxonalarda xodimlar mehnatiga haq to‘lash O‘zR VMning 21 iyul 2009 yildagi №206 qarori bilan tasdiqlangan YAgona tarif setkasi (YATS)ga asosan olib boriladi. U o‘z ichiga 22 tarif razryadini oladi va tarif koeffitsentlari orqali turli xil razryaddagi ish va ishchilar (malaka) o‘rtasidagi mehnatga haq to‘lash nisbatini namoyon etadi.
SHundan kelib chiqqan holda, 1-razryad xodimning tarif maoshi, nolinchi razryad tarif stavkasini uning razryadiga mos bo‘lgan koeffitsentga ko‘paytirish yordamida hisoblanadi. SHunday qilib, xodimning oylik ish haqi quyidagiga teng:
172240 x 2,476= 426466,24 so‘m,
bu erda:
1722402 - nolinchi razryad tarif stavkasi miqdori, qaysiki qonunchilik bilan belgilangan eng kam ish haqi miqdoridan kam bo‘lishi mumkin emas.
2,476 - YATSga asosan 1-razryad uchun tarif koeffitsienti.
Mehnatga haq to‘lashni tashkil etishning asosiy elementi bo‘lib, mahsulot birligini ishlab chiqarishga yoki ma’lum tashkiliy-texnik sharoitlarida berilgan ish hajmini bajarishga sarflanadigan mehnat o‘lchamini belgilovchi, mehnatni normalashtirish hisoblanadi.
Mehnatni normalash, mehnatni ilmiy asosda tashkil qilishning asosiy tarkibiy qismi sifatida, ishlab chiqarish normasini va vaqt normasini o‘z ichiga oladi. Normal ish sharoitida belgilangan vaqt (soat, smena, oy) birligida ishlab chiqarsa bo‘ladigan normalashtiriluvchi mahsulot birligi (dona, metr, tonna)ning miqdori ishlab chiqarish normasi bilan belgilanadi. Vaqt normasi esa ma’lum tashkiliy-texnikaviy sharoitlarda ish bajarish uchun zarur bo‘ladigan vaqtni (min., soat) nazarda tutadi.
Korxonalarga mehnatga haq to‘lash shakl va tizimlarini mustaqil belgilash huquqi berilgan. Mehnatga haq to‘lashning ikkita shakli mavjud: ishbay va vaqtbay. Mehnatga ishbay shaklida haq to‘langanda ish haqi, mahsulotning sifati, murakkabligi va ish sharoitini hisobga olgan holda, ishlab chiqarilgan mahsulot birligining miqdoriga bog‘liq. Vaqtbay shaklida ish haqi, xodimlar malakasi va ish sharoitini hisobga olgan holda, sarflangan (haqiqiy ishlagan) vaqtning miqdoriga bog‘liq.
Ishbay ish haqi shakli ishchilarni, ilg‘or tajribalardan foydalangan holda, mehnat unumdorligini oshirishga moddiy jihatdan qiziqtiradi. Mehnatga haq to‘lashning bu shaklida ishlab chiqarilgan mahsulot sifatini qat’iy tekshirish zarur. Mehnatga haq to‘lashning ishbay shakli quyidagi mehnatga haq to‘lash tizimlariga bo‘linadi:
Yüklə 77 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin