19- mavzu. Mеhnаt vа unga hаq to’lashning dastlabki hisobi Reja


to‘g‘ri ishbay, ishbay-mukofot, akkord, ishbay-progressiv



Yüklə 77 Kb.
səhifə4/4
tarix31.03.2023
ölçüsü77 Kb.
#91822
1   2   3   4
19-mavzu

to‘g‘ri ishbay, ishbay-mukofot, akkord, ishbay-progressiv,.
Ishchiga ish haqini, mehnatga haq to‘lashning to‘g‘ri ishbay shaklida hisoblash.
To‘g‘ri ishbay shaklida, ish haqi, o‘rnatilgan ishbay narxlar bo‘yicha haqiqatda bajarilgan ish (tayyorlangan mahsulot)ga muvofiq aniqlanadi.
Masalan: Tikuvchi bir oyda 120 ishchi xalatini tikdi va har birining bahosi - 6250 so‘mni tashkil etdi.
Mehnatga haq to‘lashning to‘g‘ri ishbay shaklida, ish haqi, o‘rnatilgan ishbay baholar bo‘yicha haqiqatda bajarilgan ish (tayyorlangan mahsulot)ga muvofiq aniqlanadi.
Bundan kelib chiqqan holda tikuvchining oylik ish haqi 750000 so‘mni tashkil etdi (120 x 6250).
Ishchiga ish haqini, mehnatga haq to‘lashning ishbay-mukofot shaklida hisoblash.
Mehnatga haq to‘lashning ishbay-mukofot shakli, mehnatga ishbay asosida haq to‘lashning nisbatan ko‘p tarqalgan tizimidir. Ishbay-mukofot shaklida, to‘g‘ri ishbay baholardagi ish haqidan tashqari, Qo‘shimcha ravishda o‘rnatilgan ko‘rsatkichlarni (ish sifati, shoshilinchliligi, mijozlar tomonidan asoslangan shikoyatlarning yo‘qligi va hokazo) bajarganligi yoki oshirib bajarganligi uchun mukofot hisoblanadi. Mukofotlar ishbay ish haqi bo‘yicha haqiqatda ishlab berilgan vaqt uchun hisoblanadi.
Misol: CHilangar bir oyda 120 ta, har birinung bahosi - 6550 so‘mlik buyum ishlab chiqardi. Buyumni tayyorlashga 1,7 kishi/soat sarflanadi. Ishlab chiqarish meyorlarini bajarganlik uchun ishbay ish haqidan 5% miqdorida, meyordan oshirib bajargan har bir foiz uchun ishbay ish haqining 1% miqdorida mukofot to‘lananishi ko‘zda tutilgan. CHilangar tomonidan 24 smena 8 soatdan ishlab berilgan.
CHilangar 120 ta buyumni qayta ishladi, shunga ko‘ra uning to‘g‘ri ishbay ish haqi 786000 so‘mni tashkil etadi (120 x 6550).
Buyumlarni qayta ishlashga ketgan vaqt 192 soatni tashkil etdi (24 smena 8 soatdan). 1 dona buyumni tayyorlashga 1,7 kishi/soat sarflanadi, bundan kelib chiqib vaqt meyorini bajarish 106,3% ni ((120 x 1,7):(24 x 8) x 100) tashkil etganligi aniqlandi.
Vaqt meyorini bajarganlik uchun chilangarga ishbay ish haqidan 5% miqdorida - 39300 so‘m mukofot to‘lash lozim bo‘ladi (786000 x 5%). Bundan tashqari rejani 6,3% ga oshirib bajargan ekan, demak unga qo‘shimcha ravishda, oshirib bajarilganlik uchun mukofot - 49518 so‘m ham to‘lash lozim (786000 x 6,3%).
CHilangarning umumiy ish haqi 874818 so‘mni tashkil etadi (786000 + 39300 + 49518).
Ish haqi va mukofotning hisoblab chiqarilgan summasi ishlab chiqarilayotgan mahsulot tannarxiga kiritiladi. Ushbu summalar ijtimoiy sug‘urta bo‘yicha ajratmalar va jismoniy shaxslarning daromadlariga soliq solish ob’ekti bo‘lib hisoblanadi.
2018 yildan boshlab jamg‘arib boriladigan pensiya tizimi joriy etildi. O‘zbekiston Respublikasining 01.12.2004y. 702-II-son “Fuqarolarning jamg‘arib boriladigan pensiya taminoti to‘g‘risida”gi qonunining 10-moddasiga muvofiq fuqarolarning shaxsiy jamg‘arib boriladigan pensiya hisobvaraqlariga majburiy har oylik badallar xodimlarning hisoblangan ish haqi (daromadi)dan 1 foiz miqdorida, ushbu summaning qonun hujjatlariga muvofiq hisoblab chiqarilgan jismoniy shaxslarning daromadiga solinadigan soliqning tegishlicha kamaytirilgan summasi hisobiga amalga oshiriladi.
Mehnatga vaqtbay shaklida haq to‘langanda ish haqi hisoblash bo‘yicha asos qilib ishchining sarflagan vaqti va tarif stavkasi olinadi.
Vaqtbay ish haqi shakli ikki tizimdan iborat: mehnatga haq to‘lashning oddiy vaqtbay tizimi va vaqtbay-mukofot tizimi. Oddiy vaqtbay tizimida ish haqi bevosita ishlagan vaqt miqdoriga bog‘liq. Vaqtbay-mukofot tizimida oddiy vaqtbay tizimi bo‘yicha hisoblangan ish haqiga qo‘shimcha qilib bajarilgan ishning sifati, material, yoqilg‘ilarning, tejalishi bekor turishlarning qisqarishi, mashina va agregatlarning to‘xtovsiz ishlashi va boshqa ko‘rsatkichlarga qarab mukofot hisoblanadi.
Misol: Buxgalter - kassirga maosh oyiga 800 ming so‘m miqdorida belgilangan bo‘lib, u oydagi barcha ish kunlari ishlab berish sharti bilan to‘liq to‘lanadi. Iyun oyida xodim tomonidan 23 ish kuni, iyulda - 24 ish kunidan 10 ish kuni to‘liq ishlab berildi.
Ishlab berilgan kunlar sonini aniqlash uchun korxonada mehnat vaqti hisobi tabeli T-13 shakl yuritilishi kerak. Tabel, uni yuritish topshirilgan shaxs tomonidan bir nusxada tuzilib, korxona buxgalteriyasiga oyda ikki marotaba - oyning birinchi yarmiga (bo‘nak) to‘lov summalariga tuzatish kiritish uchun va oylik ish haqini hisoblash uchun beriladi. Agar korxonada mehnatga haq to‘lash oyda bir marotaba amalga oshirilayotgan bo‘lsa, u holda tabel ham korxona buxgalteriyasiga oyda bir marotaba yakuniy hisob uchun beriladi.
Iyun oyida buxgalter barcha ish kunlarini ishlab bergan ekan, demak unga lavozim maoshi to‘liq to‘lanadi, ya’ni 780 ming so‘m.
Buxgalterga iyul oyi uchun ish haqi, faqatgina u tomonidan haqiqatda ishlab berilgan 10 kun uchun hisoblanadi.
Ushbu summa mehnatga haq to‘lashning kunlik stavkasini uning haqiqatda ishlagan ish kuniga ko‘paytirib topiladi (10).
Iyul oyida 24 ish kuni bo‘lib, shunga muvofiq kunlik mehnatga haq to‘lash stavkasi 32500 so‘mni (780 000 so‘m/24 kun) tashkil etadi. SHulardan kelib chiqqan holda iyul oyiga hisoblangan mehnat haqi miqdori 325 000 so‘mni tashkil etadi (780 000/ 24 x 10).
Misol: Reklama bo‘yicha menejerga lavozim maoshi 950000 so‘m qilib belgilangan. 2017 yil fevral oyida u 15 ish kuni ishladi.
Mehnatga haq to‘lashning oddiy vaqtbay shaklida haqiqatda ishlab berilgan kunlarga to‘lov amalga oshiriladi. Fevral oyida 20 ish kuni bo‘lib, ulardan 15 kuni reklama bo‘yicha menejer tomonidan ishlab berilgan.
Uning ish haqini hisoblash uchun, oldin, bir ish kuni uchun to‘lanadigan ish haqi miqdorini aniqlash zarur. Maoshi 950000 so‘m bo‘lgan holatda, fevral oyidagi kunlik ish haqi 47500 so‘mga (950000 / 20) teng bo‘ladi. SHunday ekan, fevral oyi uchun menejerning ish haqi 47500 x 15 = 712500 so‘mga teng bo‘ladi.
Misol: Vaqtbay ishchi 2017 yil fevral oyida 135 soat ishladi. Tarif stavkasi 6250 so‘mni tashkil etadi.
Mehnatga haq to‘lashning soatbay shaklida xodimning ish haqi, uning tarif stavkasini ishlab berilgan soatlar soniga ko‘paytirish yo‘li bilan hisoblanadi.
Ushbu holatda, xodimning oylik ish haqi 135 x 6250 = 843750 so‘mni tashkil etadi.
Misol: Mehnatga haq to‘lashning mukofotli vaqtbay shaklida asosiy ishlab chiqarish xodimlariga ish haqi hisoblash.
Tikuvchi oy davomida 24 smena ishlab berdi. Olti soatlik ish kuniga tarif stavkasi - 62500 so‘mni tashkil etadi. Bolalar buyumlarini tikish rejasini bajarganlik uchun ish haqining 12% miqdorida, rejani oshirib bajargan har bir foiz uchun ish haqidan 0,7% miqdorida mukofot to‘lanadi. Oylik reja 105%ga bajarilgan.
Tarif stavkasi (maoshi) bo‘yicha ish haqidan tashqari qo‘shimcha ravishda, ma’lum miqdor va sifat ko‘rsatkichlariga erishgani uchun xodimlarga mukofot to‘lanadigan mehnatga haq to‘lash tizimi, mehnatga haq to‘lashning mukofotli vaqtbay shakli deb ataladi.
Rejani bajarganlik va oshirib bajarganlik uchun mukofot to‘lash to‘g‘risidagi Nizom korxonaning mehnatga haq to‘lash, mukofotlash haqidagi ichki meyoriy hujjatlarida mustahkamlangan bo‘lishi shart, masalan, xodimlarni mukofotlash to‘g‘risidagi nizomda, jamoa shartnomasida. Mukofot ishlab chiqarish hisobi bo‘yicha birlamchi hujjatlar ma’lumotlari asosida to‘lanadi.
SHunday qilib, ushbu oy uchun tikuvchining umumiy ish haqi tarif stavkasi bo‘yicha ish haqi summasi, bolalar kiyimini tikish rejasini bajarganlik uchun mukofot va rejani oshirib bajarganligi uchun mukofot summalariga teng bo‘ladi.
Bir smena uchun tarif stavkasi 62500 so‘m bo‘lganda, tikuvchining ishlab bergan 24 smenasi uchun ish haqi 1500000 so‘mni (24 x 62500) tashkil etadi.
Rejani bajarganlik uchun mukofot - ish haqidan 12% miqdorida, ya’ni 180 000 so‘m (1500000 x 12%).
Tikuvchi oylik rejani 105% ga bajardi, shunday ekan, unga mukofotlash to‘g‘risidagi nizomga muvofiq rejani oshirib bajarganligi uchun har bir oshirib barjarilgan foiz uchun ish haqidan 0,7% miqdorida mukofot to‘lanishi lozim. Mukofot 52500 so‘mni (1500000 x 0,7% x 5) tashkil etadi.
Umumiy ish haqi 1732500 so‘mni (1500000+180000+52500) tashkil etadi.
Mehnatni tashkil qilish shakliga qarab ishbay va vaqtbay shakllardagi mehnatga haq to‘lashlar yakka va umumiy bo‘lishi mumkin. Ish jarayonida kasblarni birga qo‘shib olib borish, ijrochilarning birini ikkinchisiga bog‘liqlik zarurati bo‘lsa, mehnatga haq to‘lash umumiy bo‘lishi mumkin.
Korxonalarda u yoki bu dastlabki hujjatlar shaklini qo‘llash ishlab chiqarishning xarakteri, mehnatni tashkil etish va unga haq to‘lash tizimiga, shuningdek mahsulot sifatini nazorat qilish usuliga bog‘liq. Tasdiqlangan qonunga binoan sanoatda quyidagi dastlabki hujjatlar qo‘llaniladi: ishbay ish naryadi, marshrut varaqasi, tayyorlangan mahsulot to‘g‘risida raport, tayyorlangan mahsulotni hisobga olish qaydnomasi, bajarilgan ishlarni qabul qilish dalolatnomasi, vaqtbay ishlovchilarga berilgan normalashtirilgan topshiriq va boshqalar. Ishlangan mahsulot va bajarilgan ishlar hisobi bo‘yicha dastlabki hujjatlar miqdorini anchaga kamaytirish uchun yiriklashtirilgan, kompleks me’yor va baholarni qo‘llash, shuningdek bir yo‘la tuziladigan bir kunlik hujjatlar o‘rniga ko‘p kunlik (yig‘ma hujjatlar) haftada ishbay ishlarning bajarilishi (T-28-shakl) ga o‘xshagan hujjatlarni qo‘llash tavsiya qilinadi.
Ish haqini to‘g‘ri hisoblash uchun barcha hujjatlarda quyidagi ma’lumotlar keltirilishi kerak: ish joyi (sex, uchastka, bo‘lim); hisoblash davri (sana); familiyasi, ismi, otasining ismi; tabel raqami va ishchining razryadi; ish birligiga belgilangan vaqt normasi va baho, ish haqi summasi; bajarilgan ish bo‘yicha norma-soat miqdori
Texnologik karta, sex, uchastka ishlab chiqarish dasturiga binoan tuzilgan, amaldagi norma va baholari, ishlar grafigi ko‘rsatilgan bu hujjatlar ish boshlanishidan oldin ishchiga yoki brigadaga topshiriladi. Ish bajarilgandan so‘ng texnik nazorat bo‘limi (OTK) haqiqiy ishlab chiqarilgan va qabul qilingan yaroqli mahsulotlar miqdori va yaroqsiz mahsulot miqdorini ko‘rsatadi.
YAkka, takrorlanmaydigan mahsulot ishlab chiqarishlarida ishbay ish bo‘yicha asosiy hujjat bo‘lib bir yo‘la tuziluvchi, yig‘ib boruvchi, shuningdek yakka va brigada bo‘yicha tuziladigan naryad hisoblanadi. Bir yo‘la naryad smena yoki oy davomida bir buyurtma yoki ishlab chiqarish xarajatlari turiga tegishli ish turlari bo‘yicha tuziladi. Agar ish bir ishchi tomonidan bajarilsa, yakka naryad deyiladi, agar brigada tomonidan bajarilsa – brigada (umumiy) naryadi deyiladi. Naryadning orqa tomonida brigada tarkibi, ishlangan vaqt, bajarilgan ish, brigada a’zolarining malakasi to‘g‘risida qo‘shimcha ma’lumotlar keltiriladi.
Naryadlar bo‘yicha bajarilgan ish hajmi va ishlar harakatini texnologik zanjiri tartibida nazorat qilish mumkin emas, chunki ular bir ishchi (yoki brigada, smenaga), biri ikkinchisi bilan bog‘lanmagan bir yoki bir necha operatsiyalarga yoziladi. SHuning uchun bir texnologik jarayonda bir vaqtning o‘zida seriya (guruh) bir xildagi mahsulot tayyorlaydigan seriyali ishlab chiqarishlarda tayyorlangan mahsulot va ish haqini hisoblash uchun marshrut varaqalari qo‘llaniladi. Marshrut varaqasi bo‘yicha har bir ishchi ish bajarishi mumkin. Marshrut varaqasi barcha texnologik jarayon operatsiyalariga va ma’lum partiya detal va mahsulotlarga oldindan yoziladi. Bunda ishning bir operatsiyadan ikkinchisiga o‘tkazilishi ketma-ketlikda ko‘rsatilgan bo‘lib, ishlab chiqarishdagi yo‘qotishlar va yaroqsiz mahsulotlar nazorat qilinadi. Marshrut varaqasi bo‘yicha ish turlari bir qancha ishchilar tomonidan bajarilganligi uchun, har birining ish haqisi maxsus hujjatda – 15 kunda yoki bir oyda bir marta tuziladigan ishlab chiqarish raportida yig‘ib boriladi.
Ko‘plab ishlab chiqarish xarakteridagi korxonalarda ishchilar odatda o‘zlariga berkitilgan bir xil texnologik operatsiyalarni bajaradi. Bunda ishlab chiqilgan mahsulot va ish haqining hisobi smena yoki oy bo‘yicha tuziladigan yig‘ma qaydnomalarda yuritiladi.

1 www.Lex.uz

2 2017yil 1 dekabrdan boshlab eng kam ish haqi miqdori 172240 so‘m miqdorida belgilangan (O’zR Prezidentining 17.08.2017 yildagi "Ish haqi, pnsiyalar, stipendiyalar va ijtimoiy nafaqalar miqdorini oshirish to‘g‘risidagi Farmoni).



Yüklə 77 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin