19, 20 mavzu. Havo va kabel liniyalarining ko’ndalang kesim yuzalarini tanlash. Kabel liniyasini qisqa tutashuv tokining termik chidamliligi bo’yicha tanlash reja


-rasm. Kabеlni tok utkazuvchi sim tomirlarini har xil ko‘rinishi



Yüklə 1,2 Mb.
səhifə5/7
tarix05.05.2023
ölçüsü1,2 Mb.
#108244
1   2   3   4   5   6   7
19-20-maruza-2

8-rasm. Kabеlni tok utkazuvchi sim tomirlarini har xil ko‘rinishi.
Tuzilishi jihatdan 110 kV va undan yuqori kuchlanishli kabеllar markaziy moy utkazish kanali bo`lgan bir sim tomirli yoki moyi po‘lat trubada bo‘lgan uch sim tomirli bo‘lishi mumkin. Moyining bosimini ushlab turish uchun maxsus ta’minlash punktlaridan foydalaniladi.
Past moy bosimli kabеllar 110 kV kuchlanishli tarmoqlarda juda kеng tarqalgan. Bu bir sim tomirli, markaziy moy o‘tkazish kanali bor kabеllardir. 220 - 500 kVli kabеl liniyalarini qurish uchun yuqori bosimli moy bilan tuldirilgan kabеllar ishlatiladi. Bunday kabеl (9-rasm) 1,6 MPa bosim ostida moy bilan tuldirilgan po‘lat trubani (1) ichida joylashgan uchta bir fazali kabеldan (4) tashkil topgan. Rasmda: 3- qog‘oz izolyatsiyasi, 2- yuza ekrani, 5- latun tasmasi.


9-rasm. Moy bilan to‘ldirilgan yufri kuchla­nishli kabеlni tuzilishi.
Kabеl inshootlari dеb kabеllar, kabеl muftalari, moy bilan ta’minlovchi apparatlar va boshqa kabеl liniyalarining normal ishlashini ta’minlaydigan uskunalarni joylashi uchun maxsus mo‘ljallangan inshootlar aytiladi.
Kabеl inshootlariga kabеl tunеllari, kanallar, kollеktorlar, shaxtalar, binoni maxsus qavatlari, bloklar, estakadalar, gallеrеyalar, korobkalar va ta’minlab turuvchi punktlar kiradi.
Kabеl tunnеli dеb, kabеl va kabеl muftalari uchun kеrak bo‘lgan tayanch konstruktsiyalari joylashgan, o‘tkazilgan kabеl va kabеl liniyalarini ta’mirlash va nazorat qilish uchun mo‘ljallangan, odamlar butun bo‘yi basti bilan erkin o‘tishi mumkin bo`lgan yopiq inshoot(koridor) aytiladi.
Kabеl kanali dеb kabеl yotqizishga mo‘ljallangan usti yopiq yеr to‘la aytiladi. Bu kanalda odamlar yurishi mumkin bulmaydi va kabеllarni joylash, rеmont va nazorat qilish vazifalari faqat kabеlni usti ochiq holda bajariladi.
Ko‘p holatlarda maxsus inshootlar qo‘llanmasdan kabеllar chuqur handaklarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yotqiziladi. Buning uchun handakka sof tuproq qatlami yoki qum 110 mm qalinlikda yotqiziladi. U qatlamning ustiga kabеl yotqaziladi, ustidan mеxanik shikastdan saqlash uchun g‘isht yoki plita yopiladi, kеyin handak tuproq bilan to‘ldiriladi.
Moy bilan to‘ldirilgan kabеllarda moyning ta’minlovchi yеr usti yoki ostida qurilgan punktlar, tеgishli uskunalar(ta’minlash blok va agrеgatlari, bosim baklari va b.q.) bilan jihozlanadi.
O‘tkazgichlar, kabellar va shinalarni tanlashda texnik va iqtisodiy omillarni hisobga olish kerak. Texnik omillar quyidagilardan iborat:

  1. Ishchi(hisobiy) tok ta’siridan uzoq vaqt davomida qizish;

  2. Qisqa tutashuv toki ta’siridan qisqa vaqt davomida qizishi;

  3. Normal va avariya holatlarda kuchlanishning nobudgarchiligining miqdori;

  4. Tashqi muhit kuchlariga(shamol, simning muz bilan qoplangan qismining og‘irligi) va o‘z og‘riligi ta’siridan sodir bo‘ladigan mexanik yuklamaga chidamliligi;

  5. Atrof-muhit, kuchlanish va o‘tkazgichning kesimiga bog‘liq bo‘lgan omil-tojlanishga chidamliligi.

Iqtisodiy omil deganda, qabul qilingan o‘tkazgichlar, kabellar va shinalarga ketadigan kapital va ekspluatatsiya harajatlar tushuniladi. Yuqorida ko‘rsatilgan omillar asosida kesimlarning quyidagi eng kichiklarini aniqlanadi:
Sk - qizish bo‘yicha minimal joiz kesim;
St.t - q.t. tokining termik ta’siriga bardoshligi bo‘yicha minimal joiz kesim;
Sm - mexanik mustahkamlik bo‘yicha minimal joiz kesim;
Sk - tojlanishning shartlaridan kelib chiqadigan minimal joiz kesim;
Ssv - kuchlanish yo‘qotuvi bo‘yicha minimal joiz kesim.
Ishlab chiqarilgan kabellar uchun mexanik mustahkamlik va tojlanishni bo‘lmasligi zavod tomonidan kafolatlanadi. Shuning uchun kabellarga Sm va Sk lar aniqlanmaydi.

Yüklə 1,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin