19, 20 mavzu. Havo va kabel liniyalarining ko’ndalang kesim yuzalarini tanlash. Kabel liniyasini qisqa tutashuv tokining termik chidamliligi bo’yicha tanlash reja


Hisobiy tok ta’siridan uzoq vaqt davomida qizish sharti. Tokning iqtisodiy zichligi sharti



Yüklə 1,2 Mb.
səhifə6/7
tarix05.05.2023
ölçüsü1,2 Mb.
#108244
1   2   3   4   5   6   7
19-20-maruza-2

Hisobiy tok ta’siridan uzoq vaqt davomida qizish sharti. Tokning iqtisodiy zichligi sharti.
O‘tkazgichlar, kabellarni o‘tish tokidan qizishini hisobga olib tanlashda quyidagi ikki munosabatdan foydalaniladi:


Bu yerda, Ij - o‘tkazgichning joiz davomli toki;
Iish - ishchi (hisobiy) tok;
Ihim. - himoyalovchi apparatining nominal toki;
KT - o‘tkazgichlar, kabellarni o‘tkazish sharoitini hisobga oluvchi to‘g‘irlash koeffitsienti;
Khim. - himoyaning koeffitsiyenti.
O‘tkazgichlar va kabelarning har xil kesimlari uchun tokning joiz davomli qiymatlari “Elektr qurilmalarining tuzilish qoidalari”(ETK) jadvallarida keltilgan. Bu jadvallar quyidagi sharoitlarga tuzilgan:

  1. Atrof-muhitning harorati - 25C;

  2. Tuproqning kabel yotqiziladigan chuqurligidagi(0,7 m) harorati- 15C;

  3. Transheyaga bitta kabel yetkaziladi.

Ushbu sharoitlar bajarilmasi KT - to‘g‘irlash koeffitsiyenti kiritiladi. To‘g‘irlash koeffitsiyentlarining miqdori ham ETK jadvallarida keltirilgan.
Normal sharoitlar uchun munosabatlar quyidagi ko‘rinishda yoziladi:


Ishchi tok bo‘yicha qabul qilingan kesim(6.4) munosabat yordamida himoyalovchi apparatning ishlash tokini (Ihim.) aniqlash uchun liniyada qanday himoyalar (eruvchan saqlagichlar, avtomatik o‘zgichlar, magnit ishlatgichlarning issiqlik relesi) qo‘llanilganligini bilish kerak. Agar bu o‘rinda saqlagichlar ishlatilsa eruvchan kiritmaning nominal toki himoyalash toki hisoblanadi. Yakka asinxron matori uchun himoyalash tokining miqdorini tanlash quyidagi munosabatlar asosida aniqlanadi:


Yakka asinxron matorni yengil ishga tushirilganda (ishga tushish vaqti 2,5 sekundgacha) =2,5;
Yakka asinxron matorni og‘ir rejimda ishga tushirilganida (ishga tushish vaqti 2,5 sekunddan ortiq) =1,6.
Imax. - matorning ishga tushirish toki.
Agar saqlagich bir nechta matorlar ulangan liniyani himoyalasa,

Bu yerda, Itush. - eng katta quvvatli motorning ishga tushurish toki, A;
Iish(n-1). - qolgan barcha matorlarning ishchi (hisobiy) toklarining yig‘indisi, A;
Quyidagi jadvalda saqlagichlarning ayrim turlariga tegishli nominal toklar keltirilgan.
3-jadval

Saqlagichning
turi

Nominal tok, A

Saqlagich uchun

Saqlagichning eruvchan kiritmasi uchun

N – 20
N – 60
PR – 60
PR – 100
NPN – 15
NPN – 60

20
60
60
00
15
60

6; 10; 15; 20
10; 15; 20; 25; 35; 60
15; 20; 25; 35; 60
60; 80; 100
6; 10; 15
15; 20; 25; 35; 45; 60

Elektr tarmoqlari himoyalanishiga qarab ikkiga bo‘linadi:



  1. O‘ta yuklanish va q.t. tokidan himoyalanuvchi tarmoqlar;

  2. Faqat q.t. tokidan himoyalanuvchi tarmoqlar.

Birinchi holda himoyaning koeffitsiyenti Khim=1,25, ya’ni

Qog‘oz izolyatsiyali kabellar ishlatilganda Khim=1, ya’ni

Liniya faqat qisqa tutashuv tokidan himoyalansa Khim=0,33
Hozirgi vaqtda sexlarning tarmoqlarida himoyalash apparatlari vazifasini avtomatlar bajarmoqda. Har qanday avtomat uchun
Inom  Iish
Bu yerda, Inom - elektromagnit releli(расцепитель) uchun nominal tok, Iish. - liniyaning ishchi(hisobiy) toki. Elektromagnitli yoki qo‘shma (elektromagnitli va qizuvchi elementli) elementli o‘zgichlar uchun ishga tushirish toki va liniyani qisqa muddatli maksimal toklari solishtirib quriladi:
Iit  1,25 Im
Bu yerda, Iit. - ishga tushish toki(ток срабатывания).
Yakka mator uchun Im vazifasini ishga tushirish toki o‘tadi. Liniya avtomat orqali himoya qilinganda ham IjKhim ·Ihim shartni bajarish kerak. Bu yerda, Ihim=Inom - o‘zgichning nominal toki.
1-misol. 380/220 Voltli magistral liniya elektr matorlar guruhini energiya bilan ta’minlaydi. Uch fazali, qog‘oz izolyatsiyali alyumin simli kabel bino ichkarisiga yotqizilgan, atorf-muhit harorat +25C, liniyaning hisobiy ishchi toki Iish=100 A, motorlar engil ishga tushiriladi, qisqa muddatli ishga tushirish toki Im=500 A. Kabelning kesimini quyidagi sharoitlar uchun aniqlansin:
a) Liniya o‘ta yuklanishdan saqlagich bilan himoyalanadi. Xona yongindan xavfli emas;
b) Liniya o‘ta yuklanishdan saqlangich bilan himoyalanadi. Xona yong‘indan xafli;
v) Liniya faqat q.t. tokidan himoyalanadi;
g) Liniya avtomat bilan himoyalangan. Xonada me’yoriy sharoit.
Yechish. a). ETK jadvalidan qog‘oz izolyatsiyali alyumin simli, uch fazali kabelni tanlaymiz. Xona harorati me’yoriy bo‘lganligi uchun Kt=1. U holda(6.3) ni hisobga olinsa kabelning joiz toki Ij>100 A bo‘lishi kerak. Ikkinchi shart bo‘yicha tekshirish uchun saqlagichni tanlashimiz kerak.(6.7); (6. 6)munosabatlarni hisobga olsak,

ETK jadvalida PN 2-250 tipdagi saqlagichning eruvchi kiritmasining nominal toki 200 A me’yoriy sharoitda Khim=1, u holda
IjIhim=200 A
Ikkinchi shart bo‘yicha joiz tokning miqdori katta bo‘lganligi uchun ETK jadvalida Ij=200A, kesimi 120 mm2 bo‘lgan kabelni qabul qilamiz.
b) Xona yong‘indan xavfli bo‘lganligi uchun Khim=1,25. U holda Ij1,25·Ihim.=1,25·200=250. Jadvaldan Ij=255 A, kesimi 150 mm2 bo‘lgan kabelni qabul qilamiz.
v) Liniya faqat qisqa tutashuvdan tokidan himoyalansa, Khim.=0,33. U holda Ij0,33·Ihim.=0,33·200=66 A va jadvaldan kesimi 50 mm2 va Ij=120 A bo‘lgan kabelni olamiz.
g) Uzgichning nominal toki 100A 6·10 shartga binoan InomIish. Bizning holda Inom=Iish.=100 A.
Qisqa muddatli ishga tushish vaqtida avtomatni ishlamasligini tekshirib ko‘ramiz.
Isht.=1,25Im.=1,25·500=625 A, ya’ni 625<1000 A.
Bu yerda, 1000 A - avtomatning bir onda ishlash toki.
Liniyaning kesimini tanlash uchun hisobiy tok Iish=100 A bo‘lgani uchun kesimi 50 mm2, Ij=120 A bo‘lgan kabelni tanlaymiz (Ij>Iish) Kabel normal sharoitda ishlatilishi va A3700 seriyadagi avtomatlarda o‘rnatma (уставка) toki boshqarilmasligi hisobga olsak Khim=1. U holda(3.36) dan IjIhim shart bajariladi, ya’ni 120>100 A.

Yüklə 1,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin