19, 20 mavzu. Havo va kabel liniyalarining ko’ndalang kesim yuzalarini tanlash. Kabel liniyasini qisqa tutashuv tokining termik chidamliligi bo’yicha tanlash reja


Past kuchlanishli kabel liniyalarini kuchlanish yo‘qotilishi sharti bo‘yicha tekshirish



Yüklə 1,2 Mb.
səhifə7/7
tarix05.05.2023
ölçüsü1,2 Mb.
#108244
1   2   3   4   5   6   7
19-20-maruza-2

Past kuchlanishli kabel liniyalarini kuchlanish yo‘qotilishi sharti bo‘yicha tekshirish.
Elektr energetika tizimi iste’molchilarini sifatli enegiya bilan ta’minlash zarur. Elektr energiyasining eng asosiy sifat ko‘rsatgichlaridan biri bu iste’molchilarga berilayotgan kuchlanishning miqdori hisoblanadi. Kuchlanishni kerakli pog‘onada ushlab turish elektrotexnikaning murakkab masalalaridan biri hisoblanadi. Kuchlanishni stabillashtirish uchun o‘tkazgichlarning kesimini joiz kuchlanish bo‘yicha qabul qilish maqsadga muvofiqdir.


10-rasm. Uch fazali tarmoqlarda kuchlanish yo‘qotuvi.

Uch fazali tarmoqlarda kuchlanish yo‘qotuvining tahminiy qiymati quyidagicha aniqlanadi:



Bu yerda, Iish. - hisobiy tok;
rl , xl - liniyaning aktiv va induktiv qarshiliklari;
cos - iste’molchining quvvat koeffitsienti.
Quyidagi rasmda aktiv va induktiv qarshilikga ega bo‘lgan liniyani induktiv xarakterli iste’molchini energiya bilan ta’minlayotgan holat uchun vektor diagrammasi ko‘rsatilgan.
Vektor 0a liniya oxiridagi kuchlanish U2 ko‘rsatadi. Yuklamaning quvvat koeffisientini hisobga olib 2 burchak ostida tok vektori I ni qo‘yamiz. Vektor av vektor I bilan bir fazada bo‘lib, liniya aktiv qarshiligidagi kuchlanishning pasayishini ko‘rsatadi. ac vektori liniyaning induktiv qarshiligidagi kuchlanishning pasayishi. ac vektor vektori liniyadagi kuchlanishni tushuvi bo‘lib, U=U1-U2, ya’ni kuchlanishning pasayishi(падение) - bu vektor miqdor ad oraliq liniyada kuchlanishning yo‘qotuvi(потери) - bu liniyaning boshi va oxirgi qismlaridagi kuchlanishlarning algebrik farqi(vektor qiymat emas).
O‘tkazgich va kabel simlarining kichik kesimlarida (25 mm2 gacha) asosiy qarshilik sifatida aktiv qarshilik olinadi. 70 mm2 dan katta bo‘lgan kesimlarda induktiv qarshilik albatta hisobga olinishi kerak.
Kesimning 25-70 mm2 oralig‘ida liniyaning induktiv qarshiligini aniq hisoblashlarda e’tiborga olinadi.
Liniyaning faqat aktiv qarshiligi hisobga olinganda.

Bu yerda, bo‘lganligi uchun
U holda,
Bu yerda,  - nisbiy o‘tkazuvchanlik, l - liniyaning uzunligi, (m).
Joiz kuchlanish yo‘qotuvining miqdori ma’lum bo‘lganligi uchun liniya kundalang kesimi oson aniqlash mumkin. Ushbu formulani taxminiy hisoblarda ishlatish mumkin bo‘lib, xatoligi 20% gacha. Sanoat korxonalarining elektr tarmoqlarini hisoblashda liniyalarni aktiv va induktiv qarshiliklarini hisobga olib formuladan foydalanilsa xatolik 1,5% dan oshmaydi. Agar liniyalarning kuchlanishi 35-200 kV, uzunligi 200 km oshsa ularning sig‘im qarshiliklarini ham hisobga olishga to‘g‘ri keladi va liniyalarni “П” obrazli almashtirish sxemalarini ishlatish zarur bo‘ladi. Bunday liniyalarni sanoat korxonalarida juda ham uchrashini e’tiborga olib, biz ularni maxsus adabiyotlardan foydalanib mustaqil o‘rganishni tavsiya etamiz.


Nazorat savollari:

  1. Havo liniyasi nima?

  2. Kabel liniyasi nima?

  3. Havo liniyasini tanlash shartlari.

  4. Kabel liniyasini tanlash shartlari.

  5. Barcha turdagi liniyalarni tanlashning barcha turdagi shartlari.

Yüklə 1,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin