19-asrning o’rtalarida O’rta Osiyo davlatlari hududi, aholisi, ma'muriy boshqaruvi va xo'jaligi 1-variant


-asrning ortalarida О rta Osiyo davlatlarida qishloq



Yüklə 125,09 Kb.
səhifə2/21
tarix02.01.2022
ölçüsü125,09 Kb.
#38819
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
19-asrning o’rtalarida O’rta Osiyo davlatlari hududi, aholisi, m

19-asrning ortalarida О rta Osiyo davlatlarida qishloq

xo'jaligi va hunarmandchilikning ahvoli

2-variant

1. 19-asrning o'rtalarida Xiva xonligi nechta tumanga bo'lingan?

A) 60 tumanga

B) 70 tumanga

C) 80 tumanga

D) 50 tumanga

2. 19-asr o'rtalarida Xiva xonligi chegaralari xato berilgan javobni toping.


  1. Qozoq yerlari

  2. Buxoro amirligi hududi

  3. Afg'oniston hududi

  4. Turkman qabilalari yerlari

3.19-asr o'rtalarida Xiva xonligining asosiy hududi ….. joylashgan edi.

  1. Amudaryoning yuqori oqimida

  2. Amudaryoning quyi oqimida

  3. Amudaryoning o'rta oqimida

  4. Orol dengizi bo'ylarida

4. ….. Xiva xonligini ikki qismga ajratib turgan.

A) Qizilqum

B) Orol dengizi

C) Qoraqum

D) Kopetdog'

5. 19-asr o'rtalarida Xiva xonligida xon oliy hokimiyatni ….. yordamida boshqarardi.



  1. Otaliqlar va beklar

  2. Beklar va biylar

  3. Beklar va inoqlar

  4. Inoqlar va devonbegi

6. l9-asr o'rtalarida Xiva xonligi mehtar qanday vazifani bajarar edi?

  1. Beklarning boshlig'i

  2. Valiahdning tarbiyachisi

  3. Xon xazinasi uchun mas'ul

  4. Jamoat tartibi uchun mas'ul

7. 19-asr o'rtalarida Xiva xonligida davlatda oliy amaldor kim edi?

  1. Devonbegi

  2. Otaliq

  3. Mehtar

  4. To'pchiboshi

8. 19-asr o'rtalarida Xiva xonligida otaliqning vazifasini aniqlang.

  1. Beklarning boshlig'i

  2. Valiahdning tarbiyachisi

  3. Xon xazinasi uchun mas'ul

  4. Jamoat tartibi uchun mas'ul

9. 19-asr o'rtalarida Xiva xonligida devonbegi huzurida kengash bo'lib, uning tarkibiga kirgan shaxslar xato berilgan javobni toping.

  1. Qushbegi

  2. Mehtar

  3. Shayxulislom

  4. Otaliq

10. 19-asr o'rtalarida Xiva xonligida mirshabboshi qanday vazifani bajargan?

  1. Beklarniag boshlig'i

  2. Valiahdning tarbiyachisi

  3. Xon xazinasi uchun mas'ul

  4. Jamoat tartibi uchun mas'ul

11. 19-asr o'rtalarida Xiva xonligida mamlakat va poytaxtda tartibot uchun kim mas'ul edi

  1. Devonbegi

  2. Otaliq

  3. Mirshabboshi

  4. To'pchiboshi

12. 19-asr o'rtalarida Xiva xonligida xon qo`shinlarining bosh qo`mondoni...edi.

  1. Devonbegi

  2. Otaliq

  3. Mirshabboshi

  4. To'pchiboshi

13. 19-asr o'rtalarida Xiva xonligida suv ta'minoti uchun kim mas'ul edi?

A) Mirobboshi

B) Qozikalon

C) Rais


D) Mehtar

14. 19-asr o'rtalarida Xiva xonligida shariat ahkomlari va qonunlariga rioya etilishi uchun kim mas'ul edi?



  1. Qushbegi

  2. Mehtar

  3. Shayxulislom

  4. Otaliq

15. 19-asr o'rtalarida Xiva xonligida xonlik yerining yarmi …. tegishli edi.

  1. Vaqf mulklariga

  2. Xon va uning qarindosh-urug`lariga

  3. Xususiy mulkka

  4. Harbiy amaldorlarga

16. 19-asr o'rtalarida Xiva xonligida yer solig'i nima deb atalgan?

  1. Solg'ut

  2. Zakot

  3. Jizya

  4. Adra

17. 19-asr o'rtalarida Xiva xonligida aholi asosiy soliqlardan tashqari yana ... soliq to'lagan.

  1. 15 ga yaqin C) 20 ga yaqin

  2. 15 dan ziyod D) 20 dan ziyod

18. 19-asr o'rtalarida Xiva xonligida 12 kunlik mehnat majburiyati nima deb atalgan?

  1. Zakot C) Begor

  2. Sepoya D) Axya

19. 19-asr o'rtalarida Xiva xonligida kimlar soliqlardan ozod etilgan?

  1. Oliy martabali ruhoniylar va xondan mukofot tariqasida yer olganlar

  2. Oliy martabali ruhoniylar va harbiy sarkardalar

  3. Harbiy sarkardalar va Xonning yaqin qarindoshlari

  4. Xondan mukofot tariqasida yer olganlar va chet davlat fuqarolari

20. 19-asr o'rtalarida Markaziy Osiyoda nishabligi katta va tezoqar tog' daryolari va soylarda qanday suv chiqarish tizimidan foydalanilgan.

  1. Sepoya suvko'targichlar

  2. Shox-shabbali to'g'onlar

  3. Ko'p tarmoqli suvayirg'ichlar

  4. Tuya qo'shilgan charxpalaklar

21. 19-asr o'rtalarida Markaziy Osiyoda oqimi mo'tadil daryolarda qanday suv chiqarish tizimidan foydalanilgan.

  1. Sepoya suvko'targichlar

  2. Shox-shabbali to'g'onlar

  3. Ko'p tarmoqli suvayirg'ichlar

  4. Tuya qo'shilgan charxpalaklar

22. 19-asr o'rtalarida Markaziy Osiyoda Amudaryodek chuqur va tezoqar daryolarda qanday suv chiqarish tizimidan foydalanilgan.

  1. Sepoya suvko'targichlar

  2. Shox-shabbali to'g'onlar

  3. Ko'p tarmoqli suvayirg'ichlar

  4. Tuya qo'shilgan charxpalaklar

23. 19-asr o'rtalarida Markaziy Osiyoda eng ko'p tarqalgan suv chiqarish moslamasi nima edi?

A) To'g'on

B) Chig'ir

C) Bo'gat

D) Sepoya

24. 19-asrning o'rtalarida Markaziy Osiyoda sug'orish ishlari ayniqsa .... yaxshi rivojlangan edi.



  1. Farg'ona vodiysida

  2. Xorazm vohasida

  3. Zarafshon vodiysida

  4. Toshkent vohasida

25. Quyida daryolar va ularning uzunligi xato berilgan javobni toping.

  1. Zaxariq-70 km.

  2. Bo'zsuv-60 km

  3. Shaxrixonsoy-100 km

  4. Yangiariq-90 km

26 Qaysi daryolarning qo'shilishi natijasida Sirdaryoga aylanadi.

  1. Zarafshon va Oqdaryo

  2. Norin va Qoradaryo

  3. Sangzor va Qashqadaryo

  4. Murg'ob va Chirchiq

27. 1868-1871 yillarda quyidagi qaysi kanal qazilgan?

  1. Norin

  2. Andijonsoy

  3. Xonariq

  4. Yangiariq

28. “Ba'zi ariqlar shu qadar o`lkanki, bir necha o'nlab chaqirimga obihayot eltayotgan bu qudratli oqimlarga ко'zing tushganda, beixtiyor qashshoq texnika vositalari bilan Turkistonning jazirama oftobi tig'ida butun mamlakatni sug`orish shohtomirlari bilan chirmab tashlagan xalqqa hurmating o`z-o`zidan ortib ketadi”,-ushbu so'zlarning muallifi kim?

  1. V.Bartold

  2. N.Veselovskiy

  3. A.Middendorf

  4. V.Masalskiy

29. Quyidagi qaysi kanalning ikkinchi nomi Ulug'nor edi?

  1. Norin

  2. Xonariq

  3. Andijonsoy

  4. Yangiariq

30. 19-asming ikkinchi yarmida Markaziy Osiyo iqtisodiy hayotidagi turg'unlikning asosiy sababi xato berilgan javobni toping.

  1. Tinimsiz urushlar

  2. Amaldorlar suyiste'moli

  3. Tabiiy ofatlar ko'pligi

  4. Ochko'z hukmdorlarning hokimiyat uchun kurashi

31. Qachondan boshlab O'rta Osiyo davlatlari jahon savdosiga tortila boshladi?

  1. 19-asrning boshlaridan C) 19-asrning oxirlaridan

  2. 19-asrning o'rtalaridan D) 20-asming boshlaridan

32. “O`rta Osiyolik mehnatsevar kishi chidamliligi, ishga bo`lgan mehri, o`z kuchini sidqidildan sarflashi va mehnatda toblanganligi, Ayni mahalda aql-zakovati bilan ajoyib ibrat namunasidir”,-ushbu so`zlar muallifi kim?

  1. V.Bartold C) N.Veselovskiy

  2. A.Middendorf D) V.Masalskiy

33. Buyuk Ipak yo`li qachondan boshlab o'z ahamiyatini yo`qotdi?

A) 12-asrdan B) 13-asrdan C) 14-asrdan D) 15-asrdan

34. Buyuk Ipak yo` lining inqirozga uchrash sababi xato berilgan javobni toping.


  1. Usmoniylar imperiyasining tashkil topishi

  2. O`rtayer dengizi portlarining yopilishi

  3. Buyuk geografik kashfiyotlar

  4. Sharq mollariga talabning kamayishi

35. 19-asr o'rtalarida Markaziy Osiyoga Rossiyadan qanday mahsulotlar olib kelingan?

  1. Temir buyumlar va to'qimachilik mahsulotlari

  2. Paxta, jun va ipak mahsulotlari

  3. Kartoshka, mo'yna va yog'och mahsulotlari

  4. Qurol-yarog` va o`q-dori

36. O'rta Osiyoning asriy turg'unligini yuzaga keltirgan salmoqli omillardan bin...

  1. Tashqi dunyodan uzilib qolganligidir

  2. Diniy mutaassiblikning kirib kelishidir

  3. Buyuk olimlarning yetishib chiqmaganligidir

  4. Rossiya tarkibiga qo'shilib ketganligidir


Yüklə 125,09 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin