19-mavzu: Avtotransport korxonasida harakatlanuvchi tarkibga texnik xizmat ko'rsatishni va joriy ta'mirlashni tashkil etish, ehtiyot qismlariga bo‘ladigan talabni xarajatlarni xisoblash. Reja


Tekshiruv-nazorat va sozlash ishlarining TXK va JT mehnat hajmidagi ulushi, % hisobida



Yüklə 0,64 Mb.
səhifə2/4
tarix18.08.2022
ölçüsü0,64 Mb.
#63177
1   2   3   4
19-mavzu Avtotransport korxonasida harakatlanuvchi tarkibga tex

Tekshiruv-nazorat va sozlash ishlarining TXK va JT mehnat hajmidagi ulushi, % hisobida

Ishlar

1-TXK

2-TXK

JT (postdagi)

Tekshirnv-nazorat

5-16

5-12

1,5-2,5

Sozlash

9-12

7-14

1-4,5

Sozlash ishlari diagnoz qo‘yish jarayonining oxirgi bosqichi hisoblanadi. Ular tizim va birikmalarning tarkibiy qismlarini almashtirmasdan ishlay bilish qobiliyatini tiklashga yo‘naltirilgan. Avtomobilning maxsus sozlovchi birikmalariga (tormoz barabanlaridagi ekssentriklar, tasmalarni tortish moslamalari, uzgichtaqsimlagichni burish birikmasi va h.k.) me’yoriy ko‘rsatkichlar to‘g‘rilanadi.
Avtomobilning juda muhim ko‘rsatkichlari (yonilg‘i sarfi, quvvat, shina yedirilishi, tormoz yo‘li) ko‘pgina hollarda diagnostikalash va sozlash ishlarini o ‘z vaqtida bajarish bilan bog‘liq bo‘ladi.
Mahkamlash ishlari
Mahkamlash ishlari rezbali birikmalarning me’yoriy holatini ta’minlash (qotirish) uchun yo‘naltirilgan. TXK va harakatdagi qism turiga qarab, bu ishlar TXK hajmidagi ishlarning 30 % ini tashkil qiladi. Masalan, «KaMA3» avtomobillarida rezbali birikmalar soni 3,5 mingdan ortiq bo‘lib, 1-TXKda o‘nlab birikmalarni tekshirish va mahkamlashga to ‘g‘ri keladi. 2-TXKda esa, ular soni yana ortadi. JTda ajratish-yig‘ish va o‘rnatish-yechish operatsiyalari mahkamlash ishlari bilan chambarchas bog‘langan. Shuning uchun rezbali birikmalarga TXK ishlari usullarini to ‘g‘ri qo‘llash, avtomobilning ekspluatatsiya xususiyatlarini oshiradi, ishchilar mehnatini yengillashtiradi va ish hajmini kamaytiradi.
Mahkamlash ishlarida, asosan, gayka kalitlari to‘plami qo‘llaniladi. Qo‘lda qotirish og‘ir va ko‘p hajmli bo‘lib, ba’zi hollarda jarohat keltiruvchi bo‘lishi ham mumkin. Masalan, «KaMA3-740» dvigateli karterini yechish uchun 22 ta boltni va 6 ta gaykani yechish uchun 15 minut sarflab, 300 marta kalitni aylantirish zarur. Ba’zi bir ishlar, masalan, ressor sirg‘alaridagi gaykalarni yechish juda katta kuch talab qiladi.
Mahkamlash ishlarida qo‘l asbobi sifatida gidravlik, elektrik yoki pnevmatik gaykaburagichlar ishlatiladi, ular ish hajmini sezilarli darajada kamaytirishga imkon beradi. Katta burovchi moment talab qiladigan gaykalar (g‘ildirak, ressor sirg‘asi gaykalari) uchun pol ustida harakatlanuvchi gaykaburagichlar qo‘llaniladi.
Ajratish-yig'ish ishlari
Ajratish-yig‘ish ishlari avtomobillarni JTning boshlang‘ich va oxirgi operatsiyalari hisoblanadi. Ular o‘z ichiga avtomobillarning nosoz agregat, mexanizm va birikmalarni soziga almashtirishni hamda ular ichidagi nosoz detallarni yangisiga yoki ta’mirlanganiga almashtirishni, shu jumladan, ayrim detallarni ta’mirlash va o‘z joyiga joylashtirish bilan bog‘liq bo‘lgan ishlarni o‘z ichiga oladi. Dvigatellarni, ko‘priklarni, uzatmalar qutisini, radiatorlarni, ilashish muftalarini, ressorlarni hamda agregatlardagi va birikmalardagi yedirilgan detallarni almashtirish eng asosiylaridan hisoblanadi. Bu ishlar JT postlarida bajariladi. Shu jumladan, bu yerda avtomobildan yechmasdan turib, agregatlarni qisman bo‘laklarga ajratish va nosozliklarni bartaraf etish ishlari bajariladi.
Yuk avtomobillari va avtobuslardan g‘ildiraklarni yechish va ularni bo‘laklarga ajratish ishlari ko‘pgina qiyinchiliklar tug‘diradi, shuning uchun bu ishlarni bajarishda g‘ildiraklarni yechish, o‘rnatish va siljitish aravachasi hamda shinalarni ajratish va yig‘ish jihozlaridan foydalaniladi.
Chilangar-mexanik ishlari
Chilangar-mexanik ishlari mahkamlash detallarini (boltlar, gaykalar, shpilkalar, shaybalar) tayyorlashni, payvandlash va qoplashdan so‘ng mexanik ishlov berishni, tormoz barabanlarini charxlashni, podshipnik uyalarini tiklovchi vtulkalarni tayyorlash va kengaytirishni, ilashish muftasi siquvchi disklari ishchi yuzasini tekislashni va h.k.larni o‘z ichiga oladi. Yuqorida qayd qilingan ishlar ATKdagi chilangar-mexanik ustaxonasida tokar-vint qirquvchi, teshuvchi, yo‘nuvchi, tekislovchi va boshqa metallarga ishlov beruvchi dastgohlar yordam ida ham da chilangar dastgohlari yordamida bajariladi. Chilangar-mexanik ishlari umumiy joriy ta’mir mehnat hajmining 4-12 % ini tashkil qiladi.
Temirchilik ishlari
Temirchilik ishlari metallarga plastik ishlov berishni o ‘zida namoyon qiladi va JT mehnat hajmining 2—3 % ini tashkil etadi. Asosiy ish salmog‘i ressorni ta’mirlash va uning singan listlarini almashtirish hamda uni birlamchi shakliga keltirishdan iborat. Undan tashqari, har-xil turdagi stremyankalar, skobalar, xomutlar va kronshteynlar tayyorlanadi.
Tunukasozlik ishlari
Bu ishlar avtobus va yengil avtomobil kuzovlarini (JT ishlari mehnat hajmining 7—9 % ini tashkil etadi) hamda yuk avtomobillari kabinalarini (JT ishlari mehnat hajmining taxminan 2 % ini tashkil etadi) ta’mirlashdan iborat. Ko‘rsatilgan mehnat hajmlariga tunukasozlik ishlaridan kelib chiqadigan payvandlash ishlari ham kiradi.
Payvandlash ishlari
Bu ishlar yoriqlarni, uzilgan va singan yerlarni ulash (bartaraf etish) hamda turli kronshteyn, burchakcha va h.k.larni mahkamlashdan iborat. ATKda elektr payvandlash va gazli payvandlash usullaridan foydalaniladi. Elektr payvandlash yo‘li bilan og‘ir detallar (rama, o‘zito‘kkich kuzovi), gaz payvandlash yo‘li bilan yupqa devorli detallar payvandlanadi. Payvandlash ishlarining hajmi yengil avtomobillar kuzovini va yuk avtomobillari kabinasini ta’mirlashni hisobga olmaganda JT mehnat hajmining 1—1,5 % ini tashkil etadi.
Miskarlik ishlari
JT mehnat hajmining taxminan 2 % ini tashkil qilib, rangli metallardan tayyorlangan detallarning germetikligini ta’minlash uchun yo‘naltirilgan. Bular radiatorni, yonilg‘i baklarini, karburator qalqovichlarini, latun trubali o‘tkazgichlarida hosil bo‘lgan teshiklar va yoriqlarni kavsharlab tuzatishdan iborat.
Moylash-to‘ldirish, tozalash-yuvish ishlari
Bu ishlar ishqalanib ishlovchi birikmalardagi qarshilik kuchlarini kamaytirishga, yedirilish jadalligini va shu bilan birga, texnik suyuqlik va moy bilan ishlovchi tizimlarning me’yoriy ishlab turishini ta’minlashga qaratilgan. Bu ishlar 1-TXK (16—20 %) va 2-TXK (9—18 %) mehnat hajmining salmoqli qismini tashkil etadi. Moylash-to‘ldirish ishlari avtomobil agregat va birikmalar katerlarini yonilg‘i va texnik suyuqliklar bilan to ‘ldirish yoki ularni almashtirishdan iborat. Bu ishlarning sifati birikmalar resursiga salmoqli ta’sir ko‘rsatadi. Masalan, yuk avtomobillari shkvoren birikmasini, talab qilinganidek, har 1-TXKda moylamasdan, oralatib moylansa, shkvorenning ish resursi 40 % dan ortiq kamayadi. Dvigateldagi moy sathini me’yoridan kamroq holda ishlatish moy bosimining pasayib ketishiga va tirsakli val vkladishlarining tez erib ketishiga olib keladi. Tormoz suyuqligi sathining pasayishi torm oz tizimiga havo kirishiga va uning ishlamay qolishiga olib keladi. Moylash ishlari tarkibini aniqlovchi asosiy texnologik hujjat ximmotologik xarita hisoblanib, unda moylash joyi va nuqtalari soni, moylash davriyligi, moy turi va uning sarfi ko‘rsatiladi.
Akkumulator ishlari
Bu ishlar akkum ulator batareyalarini tashqi nazorat qilish, zaryadlanganligini, elektrolit sathi va solishtirma zichligini tekshirish, separator va monobloklarni almashtirishlardan iborat. Plastinalarni almashtirish qayta tiklashga tegishli bo‘lib, juda kam hollarda bu ishni ATKlarda bajarish mumkin, chunki akkumulatorni qayta tiklash mehnat hajmi uni yangi tayyorlashdan 10 barobar ortiqdir. Akkumulator bankalarida elektrolit sathi kamayib ketgan hollarda distillangan suv quyish bilan m e’yoriga keltiriladi. Solishtirma zichlik kamayib ketganda esa, elektrolit almashtiriladi. Elektrolit tayyorlashda maxsus idishga avval distillangan suv quyib, so‘ngra kislota qo‘shiladi.
Shina va kameralarni yamash ishlari
Bu ishlar shikastlangan avtomobil kameralarini yamash va shinalarining mayda jarohatlarini bartaraf etish, ya’ni mahalliy ta’mirlash o‘tkazishdan iborat.
Bo‘yoqchilik ishlari
Bu ishlar avtomobil kuzovlarini himoyalovchi va estetik ko‘rinish beruvchi lak-bo‘yoqli qoplamalarni paydo qilishdan iborat bo‘lib, yuk avtomobillari uchun joriy ta’mir mehnat hajmining 5% ini, avtobus va yengil avtomobillari uchun 8% ini tashkil etadi.

Himoya estetik qoplama bir necha qatlamlardan iborat: notekisliklarni to‘ldiruvchi shpaklovka, adgeziya hosil qiluvchi gruntovka va bo‘yash qatlami. Qoplamaning estetik ko‘rinishi xususiyati tropik iqlim sharoiti uchun 3 yilgacha saqlanadi. Himoya xususiyati tropik iqlimda 3 yilgacha, me’yoriy iqlimda 5 yilgacha saqlanadi.





Yüklə 0,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin