19-mavzu. Diversifikatsiyalashgan kompaniyalarninig strategik tahlili


Bozorga kirish va chiqish strategiyasi



Yüklə 43,16 Kb.
səhifə8/11
tarix25.12.2023
ölçüsü43,16 Kb.
#194563
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
19-mavzu. Diversifikatsiyalashgan kompaniyalarninig strategik ta-fayllar.org

6. Bozorga kirish va chiqish strategiyasi
Biznesning yangi soxasiga kirishning quyidagi asosiy strategiyalarini kurib chiqish mumkin:
- xarid qilish;
- yangi ichki korxona;
- xamkorlikdagi tadbirkorlik.
Xarid qilishda rivojlangan, yaxshi jixozlangan va kerakli xodimlarga eag bulgan kompaniyani xarid qilish mumkin. Yangi ichki korxona biror narsaning (binolar, asbob-uskunalar, xodimlar, taqsimot kanallarining) yuqligidan yoki boshqacha qilib aytganda «bir varaq toza qog’ozdan» boshlanadi. Biror strategiyani tanlash bir qator omillarga bog’liqdir:
- kirish tusiqlari (ular maxsulotlarning differentsiatsiya darajasiga, qiymat ustunliklariga va ishlab chiqarish kulamidan tejash imkoniyatlariga bog’liq buladi; ular qanchalik katta bulsa, xarid shunchalik foydali buladi);
- yangi biznesning kompaniyadagi mavjud bizneslar bilan bog’liqlik darajasiga (ular qanchalik katta bulsa, kirish tusiqlari shunchalik past buladi);
- kapital qo’yilmalarning uzini oqlash tezligiga (shunda xarid yanada foydaliroq bulishi mumkin).
- kirishning muayyan modeliga xos xatarga;
- tarmoqning xayot tsikli bilan bog’liq omillarga.
Umuman olganda, yangi ichki korxona quyidagi sharoitlarda eng maqbul bulishi mumkin:
- tarmoq tug’ilish yoki usish bosqichlarida bulsa;
- kirish tusiqlari past bulganda;
- yangi urta korxonalarning mavjud biznesi bilan yaqindan bog’liq bulganda;
- kompaniya investitsiyalarni qaytarish va xatarlar bilan bog’liq tashvishlarga rozi bulsa.
Xarid quyidagi xollarda maqbul buladi:
- etuklik bosqichidagi tarmoqda;
- kirish tusiqlari yuqori bulganda;
- yangi biznes mavjud urta korxonalarga bog’liq bulmaganda (kompaniya bog’liq bulmagan diversifikatsiya strategiyasiga rioya qilganda);
- kompaniyada investitsiyalarni qaytarish va yangi tadbirkorlik xatari xaqida ortiqcha tashvishlanishni istamaganda.
Portfel taxliliga oid atamalarda portfeliga «suroq belgilari» kuproq kerak bulgan kompaniyalar uchun yangi ichki korxona juda mos keladi. Kompaniyaga «rivojlangan g’oliblar» yoki «daromad ishlab chiqaruvchilar» kerak bulganda ham xaridlar maqsadga muvofiqdir (9-jadval).



Yüklə 43,16 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin