Harajatlar
Tovarlar miqdori
DOIMIY HARAJATLAR
O”ZGARUVCHI HARAJATLAR
UMUMIY HARAJATLAR
Doimiy, O’zgaruvchi va Umumiy harajatlar
III. Xarajatlarning namoyon bo‘lish sohasiga ko‘ra turkumlanishi
Ishlab chiqarish xarajatlari – faqat tovarni ishlab chiqarish bilan bog‘liq xarajatlarni o‘z ichiga oladi.
Muomala xarajatlari – tovarlarni ishlab chiqaruvchidan iste’molchiga yetkazilguncha ketadigan sarflarga aytiladi.
Umumiy xarajatlarning turkumlanish klasteri
Qisqa muddatli va uzoq muddatli davrlarda ishlab chiqarish xarajatlarining o‘zgarishi
Qisqa muddatli davr – bu korxonaning faqat o‘zgaruvchi xarajatlari miqdorini o‘zgartirish uchun taqozo etiladigan davrdir
Uzoq muddatli davr – bu korxonaning ishlab chiqarish quvvatlarini va barcha band bo‘lgan resurslari miqdorini o‘zgartirish uchun yetarli bo‘lgan davrdir
O’rtacha xarajatlar va ularni aniqlash usullari
Mahsulot (yoki xizmat) birligini ishlab chiqarishga sarflangan xarajatlar o‘rtacha xarajatlar deb ataladi.
O’rtacha umumiy xarajatlar (ATC) - umumiy yoki yalpi xarajatlarning (TC) ishlab chiqarilgan tovarlar (Q) miqdoriga nisbati, ya’ni:
ATC = TC / Q
O’rtacha doimiy xarajatlar (AFC) - doimiy xarajatlarning (FC) ishlab chiqarilgan tovarlar (Q) miqdoriga nisbati, ya’ni:
AFC = FC / Q
O’rtacha o‘zgaruvchi xarajatlar (AVC) - o’zgaruvchi xarajatlarning (VC) ishlab chiqarilgan tovarlar (Q) miqdoriga nisbati, ya’ni: AVC = VC / Q
O’rtacha umumiy xarajatlar (ATC) o‘rtacha doimiy xarajatlar bilan (AFC) o‘rtacha o‘zgaruvchi xarajatlar (AVC) yig‘indisiga teng. ATC = AFC + AVC
Me’yoriy xarajatlar – (MC) qo‘shimcha bir birlik mahsulot ishlab chiqarish uchun sarflangan xarajatlardir.
Uni n miqdordagi mahsulot ishlab chiqarish uchun sarflangan umumiy xarajatlardan n-1 uchun sarflangan xarajatlarni ayirib topiladi, ya’ni quyidagicha hisoblanadi: