Shu paytdan foydalanib Jodugar Qorboboning qopini yashirib qo`yadi.
Qorbobo:
Yashang bolalarim, endi men sizlarga sovg`alarimdan beraman deb (qopini
qidiradi). – Voy qopim qani?
Qorqiz:
Hozir shu yerda turgan ediku.
Qorbobo:
Ha bu yana Jodugarning ishi bo`lsa kerak. Qani bolalarim u yoq, bu yoqni
ko`zgan kechiringlar-chi. Qorbobo(tomoshabin bobolardan so`raydi). Sizlar
ko`rmadingizmi?
Bolalar:
Ha qopni Jodugar oldi. Shu payt sahnaga Malika bilan Rustam qop ko`tarib kirib
keladilar.
Malika:
Bobojon, bobojon mana biz topdik qopingizni, biz topdik. (xalloslagancha aytadi).
Qorbobo:
Ho`sh u qayerda ekan?
Rustam:
Anavi yerda turgan ekan, u yerga bekitishibdi. Bu Jodugarning ishi. Buni Jodugar
yashirgan.
Qorbobo:
Mayli bolalarim, muhimi qop topildi. Jodugarning yomonligi yana amalga
oshmadi. Endi biz uni kechirmaymiz.
Jodugar:
(aybdor ohangda): – Qorbobo, men bugundan boshlab yolg`on gapirishni,
yomonlikni tashladim. Chin so`zim.
Qorbobo:
– Eh, seni qara-yu. Hech aqling kirmadi-kirmadi-da.
Jodugar:
Ho`p endi meni kechiraqolinglar.
Qorbobo:
Mayli, bo`pti biz endi kulgini davom ettirsak. Yana navbatni qo`shiqqa bersak.
Boshlovchi:
Endi men sizlarga o‘z qo`shig`imni aytib beraman...
Xush kelibsan Yangi yilim.
Yildan-yilga Yaxshi yilim.
Maktabimda O’z safimda
Quvnab-quvnab Oldim bilim.
Bayram to’ying Qo’shiq kuying,
Ochar doim Bahri dilim.
Yangi yilim -Yaxshi yilim.
Yangi yil bayramimiz o‘z nihoyasiga yetdi. E‘tiboringiz
uchun rahmat!!!
Dostları ilə paylaş: |