Bobojon endi sinfimizning a`lochi, tartibli o`quvchi sizga she`r aytib berishadi.
Azamat, Sarvinoz, Lobar, Nasiba, Mahliyo she`r aytishdi.
Buncha ham chiroylisan,
Yam-yashilsan har qachon!
Yangi yilning ko‘rkisan,
Sevimlisan, archajon.
Qish boboning uyida,
Aziz mehmon — ko‘klamsan.
Bugun uning to‘yida
Ayniqsa soz — ko‘rkamsan.
Ko‘ylagingga juda ko‘p,
Zar tugmalar taqilgan.
Shoxlaringda qizil, ko‘k…
Lampochkalar yoqilgan.
Qorbobo:
Barakalla bolalarim, meni xursand qildingizlar.
Boshlovchi:
Qorbobojon bizning bolalar qo`shiqlar ham biladilar, ularni eshiting.
Shukrona:
qo`shig`ini aytadi.
Archalar shoxida turar tillo zar,
Yashil chiroqlarda bezandi shahar.
Munglig‘ darchalardan boqdingiz sahar,
Yangi yil muborak bo‘lsin, onajon.
Yog‘yotgan qor kabi ko‘nglingiz oqda,
Bu yerda hammasi yolg‘onu soxta.
Chakkangiz chetida ochilgan paxta,
Yangi yil muborak bo‘lsin, onajon.
Qorbobo:
Barakalla, bolalarim meni juda hursand qildilaring.
Boshlovchi:
Aziz mehmonlar, qadrli bolalar. Yangi 2023-yilingiz qutlug` bo`lsin! Men
sizlarga uzoq-umr, sihat-salomatlik, o`qishlaringizda ulkan yutuqlar tilayman.
Yana qo`shiqqa navbat beriladi.
Sinf o`quvchilari “Archa” qo`shog`ini kuylashadi. Hamma raqsga tushadi.
Dostları ilə paylaş: |