19-Variant.
1-Topshiriq.
1.Tarbiya metodlari haqida tushuncha.
Tarbiya metodi (yunoncha “metodos” yо‘l) tarbiya maqsadiga erishishning yо‘li,
tarbiyalanuvchilarning ongi, irodasi,
tuyg‘ulari va xulqiga ta’sir etish usullari. Maqsad , mazmun, shakl
kategoriyalari tarbiya jaroyonining mohiyatini ochib beradi. Biroq, tarbiya
mohiyatini yoritishda qandav qilib tarbiyalash savoli bilan aloqador tana bir
muhim kategoriya ham mavjud .Bu tarbiya metodi tushinchasidir.
• Tarbiya metodlarining maqsadi va mazmuni. Maqsad nafaqat
metodlarni oqlaydi, balki ularni aniqlab beradi. Maqsad qanday bo‘lsa,
unga erishish metodlari unga muvofiq bo‘lishi zarur.
• Metodning ijobiy va salbiysi bo‘lmaydi, tarbiya jarayonida ma’lum yo‘lni
yuqori darajadagi samarali va samarasiz deya baholash mumkin emas.
Metodning samaradorligini u qo‘llanilayotgan sharoit nuqtai nazaridan
baholash mumkin.
• Tarbiya metodlarini maqsadga muvofiq tanlash bir qator omillarga
bog‘liq. Xalq pedagogikasida qo‘llanilgan xilma-xil tarbiya metodlarini
quyidagi tarzda umumlashtirish mumkin.
• Tushuntirish (hikoya qilish, o‘rgatish).
• Mashqlantirish (odatlantirish, mashq qildirish).
• Namuna (maslahat berish, uzr so‘rash, yaxshiliklar haqida so‘rash,
o‘rnak bo‘lish).
• Nasihat qilish, o‘git (undash, ko‘ndirish, iltimos qilish, yolvorish, tilak-
istak bildirish, ma'qullash, rahmat aytish, duo qilish, oq yo‘l tilash va
hokazolar).
• qoralash va jazo (ta'kidlash, ta'na, gina, tanbeh berish, majbur qilish,
koyish, ayblash, uyaltirish, qo‘rqitish, nafratlanish, ont-qasam ichirish,
urish, kaltaklash va hokazolar).
Tarbiyaning umumiy metodlari
• Ongni shakllantirishga hizmat qiluvchi metodlar.
• Odatlantirish va faoloyatda mashqlantirish metodlari odatlantirish va
faoliyatda mashq orqali eshitish metodlari.
• Tarbiya rag’batlantirish va jazolash metodlari.
• Rag’batlantirish (Maqullash, ko’ngil ko’tarish va dalda berish, ishonch
bildirish, qayd qilish, og’zaki yoki yozma tashakkur bildirish mukofotlar)
jazolash (tanbex berish, koyish, uyaltirish va boshqalar).
• Pedagogik talab, o’rgatish, mashq qilish, tarbiyalovchi vaziyatlar, musobaqa,
jamoatchilik fikri.
• Hikoya, Tushuntirish, O’qitish, Ma’ruza Axloqoy, (Ma’naviy) Suhbat, Baxs,
Namuna ko’rsatish, Ko’rsatma.
Dostları ilə paylaş: |