Rag’batlantirish turlari. • O’quvchining zimmasiga masuliyatli vazifa yuklash. • Esdalik sovg’a berish (badiiy kitob va o’quv qurollari). • Maxsus stipendiyalar tayinlash. • Qo’llab quvvatlash. • Safda birinchi o’rinda turishi. • Maktab devoriy gazetasi yoki radiosi orqali nomini qayd etish. • Maqtash( ota – onalar hamda o’quvchilar jamosi oldida). • Maqtov yorlig’i bilan taqdirlash. • Fotosuratini hurmat taxtasiga qo’yish. • Jamoa nomidan minnatdorlik bildirish. • Musobaqalarda bayroqlar bo’lishi. Jazolash. Shaxsning hatti -harakati, faoliyatiga salbiy baho berish. Jazolash turlari. Tanbeh berish, Uyaltirish, Ogohlantirish, Hayfsan berish.
2. Sindan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlarning maqsad va vazifalari. Sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlarning samaradorligini oshirish avvalo komil insonni shakllantirishning eng zamonaviy va qulay yo’nalishlarini topib joriy etishga bog‘liq. Ushbu konsepsiya ham huddi shu maqsadda, shaxs kamoloti bosqichlarini belgilab olishga yo‘naltirilgan. Inson shaxsining komil topishi juda murakkab va uzluksiz jarayon davomida shakllanadi. Uning tarbiyasiga ota – onasi, maktab, mahalla, do‘stlari, jamoat- tashkilotlari, atrof muhit, ommaviy axborot vositalari, san‘at, adabiyot, tabiat va hakozalar bevosita ta‘sir ko‘rsatadi.