quvnoqlar va topqirlar to'garagi, sayr, sinf va maktab muzeylari, bolalar ishlarining ko'rgazmalari va hokazolar.
To‘garak shakllari: • Maktabdagi har bir to‘garak o‘zining doimiy ish kunilari va soatlariga ega bo‘lishi lozim. • To'garakda qat’iy intizom bo‘lishi. • To'garak a’zolari mashg'ulotlariga kechikmasdan kelishlari, • To'garak topshiriqlarini batartib bajarishlari, • To‘garakning moddiy boyliklarini ehtiyot qilishlari kerak. Sinfdan tashqari individual shakllar: Har bir o‘quvchi mayl va qobiliyatlarining rivojlanishiga yordam beradi. Bu ishda sinfdan tashqari o'qish katta ahamiyatga ega. Maktabda har bir sinf uchun sinfdan tashqari o‘qish dasturi bor. 0‘quvchining nima o‘qiyotgani va o‘qigan narsalarini qanday idrok qilayotganini o‘qituvchi bilishi juda muhim. Shuning uchun o‘qituvchining sinfdan tashqari o‘qishga rahbarligi eng yaxshi kitoblarni targ‘ib qilish va o‘quvchilarda o'qilgan darsliklardan to ‘g‘ri, chuqur idrok etishni rivojlantirishdan iborat. Maktabdan tashqari ishlar. Maktabdan tashqari ishlar bolalarning yoshi va qiziqishlarini hisobga olgan holda, ixtiyoriy ravishda, faol va mustaqil qatnashishlari sharoitida tashkil qilinadi. • Maktabdan tashqari ta’lim o‘quvchilarga, xohishlariga asoslangan holda darsdan bo‘sh vaqtlarda o‘quv tarbiya jarayonini to‘ldiradi va quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha to‘garak qatnashchilariga talablar qo‘yilishi kerak: 1. Vatanga muhabbat, komil inson tarbiyasi;